Madina ergashboyevaning



Download 42,04 Kb.
bet1/3
Sana28.06.2022
Hajmi42,04 Kb.
#716082
  1   2   3
Bog'liq
Ergashboyeva Madina kurs ishi



Farg’ona davlat universtiteti filologiya fakulteti O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 17.59-gurux talabasi
MADINA ERGASHBOYEVANING
KURS ISHI
Tayyorladi: M.Ergashboyeva
Tekshirdi: S.Xo’jayev

Mavzu: Roman janri va uning tasnifi


Reja:

1.a. Kirish.


Roman janri haqida
b. Mustaqillik yillarida yaratilgan romanlar
2. a.Roman turlari
b. Jahon adabiyotida yaratilgan romanlar
3. a.Xulosa: Foydalanilgan va qo`shimcha adabiyotlar ro`yxati

Roman (frans. roman) — nasriy asar janri; muayyan shaxs yoki bir necha shaxsning shakllanish va kamol topish jarayoni badiiy makon va zamonda tasvirlangan asar. Roman oʻrta asrlarda roman tillarida yozilgan har qanday asarni anglatgan. Romanda shaxs va jamiyat hayoti bir-birini inkor etmaydigan maʼlum maʼnoda mustaqil olam sifatida tahlil va talqin etiladi. Xuddi shu narsa roman janri mundarijasining o’ziga xosligini belgilab beradi. Muayyan shaxs taqdirining oilaviy, maishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy va tarixiy muhit bilan o’zaro uzviy aloqada tasvirlanishi romanda janrining kulami va gʻoyaviybadiiy qimmatini namoyish etadi. Roman janri markazida bosh qahramon obrazi turadi. Bu bosh qahramon taqdiri uning jamiyatda tutgan mavqei bilan har doim ham mushtarak bo’lavermaydi. Aksincha, inson o’z taqdiriga nisbatan katta yoki insoniy fazilatlariga koʻra kichik boʻlishi mumkin. Binobarin, u bilan uning taqdiri yoki jamiyatdagi mavqei oʻrtasida muayyan ziddiyat boʻladi va xuddi shu ziddiyat roman janrining mundarijasini — syujet chiziqlarini harakatlantirib turadi. Bosh qahramonning shaxs sifatidagi fazilatlari ana shu jarayonda, boshqa qahramonlar bilan munosabatida, kurashida ochiladi. Bu munosabatlarning keskinligi va bosh qahramon uchun fojiali xotima bilan tugashi yoki ularning yengil va hajviy oqimda kechishi Romanning epik janr sifatidagi o’ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Har ikkala holatda ham bosh qahramon bilan jamiyat, muhit yoki urf-odat oʻrtasidagi ziddiyat va kurash oʻzida davrning ijtimoiy hamda maʼnaviy-axloqiy muammolarini qanchalik yorqin ifodalasa, Romanning badiiy qimmati va ijtimoiy ahamiyati shunchalik katta boʻladi. roman oʻz tarixining dastlabki davrida mavjud adabiy janrlarga parodiya sifatida maydonga kelgan. Keyinchalik romannavislarning muayyan uslubiy tuzilma va tasviriy vositalar tizimini siyqalashtirishga qaratilgan urinishlari ham parodiya qilingan. Bu hol Romanning avvalboshdanoq muayyan adabiy shakllarni qonunlashtirishni xush koʻrmaydigan va yozuvchi qarshisida badiiy tasvirning barcha imkoniyatlarini ochadigan janr boʻlganidan dalolat beradi.


Mavzu, hajm, syujetning murakkablik darajasi, kompozitsion tuzilish va tasvir usullarida muayyan farq boʻlishiga qaramay, roman janrida baʼzi bir badiiyat unsurlarining (intriga, konflikt, yechim kabi) boʻlishi talab etiladi. Shu bilan birga romannavislar bu unsurlarga, shuningdek, badiiy tasvirning boshqa shakl va vositalariga erkin munosabatda boʻlishlari mumkin. Romanlar oʻz tarixining dastlabki davrida tuzilishiga koʻra 2 guruhga — "ochiq" va "yopiq" Romanlarga ajralgan. "Ochiq" tuzilmali Romanning yorqin namunasi M. Servantesning
"Don Kixot" romani boʻlib, unda jamiyat hayotining xilma-hil tomonlari bilan birga bosh qaxramon ishtiroki harakterining tadrijiy oʻsishi ham mufassal tasvirlangan, bosh qahramon ishtirok etgan voqea va hodisalarga esa koʻplab personajlar jalb etilgan. "Yopiq" tuzilmali Romanlarning dastlabki namunalaridan biri M.M. de Lafayetning "Malika Klevskaya" asaridir. Bu asarda yozuvchi eʼtibori faqat bir qaxramon hayoti, bir konflikt va bir vaziyat tasviriga qaratilgan. Keyinchalik, Roman janri ichki shoxobchalarga boʻlingan paytda psixologik Roman janri ana shu "yopiq" Romandan oʻsib chiqqan.
Roman antik adabiyotda paydo boʻlganida, yozuvchilar koʻpincha maishiy mavzudagi miflarning anʼanaviy syujetlaridan foydalanib, ularga emotsional olam manzaralarini olib kirganlar. Kahramonlarning ichki olami tasviri bu asarlarda voqeabandlikning soyasida qolgan. Ammo Longning "Dafnis va Xloya" ishqiybukolika R.ida qaxramonlarning sarguzashtlariga qaraganda ularning histuygʻulari tasviriga shu qadar katta oʻrin berilganki, natijada bu asar uzoq davrlar mobaynida psixologik Romanning mumtoz namunasi hisoblanib kelgan.
Roman janri ana shu tarzda boyib, badiiy tuzilmasi oʻzgarib bordi. Oʻrta asrlarda romantik tasvir usulining yetakchilik qilishi natijasida ritsar Romanlari ("Tristan va Izolda rivoyati"), Uygʻonish davrida kichik hikoyalardan iborat Romanlar (J. Bokkachchoning "Dekameron" romani), romanlashgan qissa (M. Boyardo, L. Ariosto, T. Tasso) va dramalar (V. Shekspir) maydonga keldi. Ana shu tarzda Roman tabiatida kechayotgan oʻzgarishlar insonparvarlik gʻoyalari ustuvorlik qilgan maʼrifatparvarlik davrida muayyan darajada oʻz yakuniga erishdi. A. F. Prevonpng "Manon Lesko" romani bilan adabiyotga "oʻrta" harakter deb yuritilgan qahramonlar obrazi kirib keldi va shu davr Romanlarida ruhiyat tasviri keng oʻrin egalladi.
XIX asrdan boshlab jahon adabiyotida realistik Roman janri shakllana boshladi. G. Stendal, O.Balzak, G. Flober va boshqa yozuvchilarning badiiy izlanishlari bilan Roman janrining syujet doirasi kengaydi, koʻp planlilik, epik ko’lam va syujetning shiddatli harakati janrning muhim shartlari sifatida qabul qilindi. XIX asrning soʻnggi choragida naturalizmning avj olishi natijasida romanda tabiatida turgʻunlik, hatto tanazzul holati koʻzga tashlandi. Ammo XIX asr oxiri — XX-asr boshlarida J. Golsuorsi, G. Mann, T. Mann va J. London realistik asarlarining yaratilishi bilan Roman janri oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga erishdi.
“Romantizm ijodiy metodining shakllanishida romantik tafakkur xilining roli. Romantizm ijodiy metodi juda murakkab hodisa bo'lib, u XVIII asr oxiri — XIX asr boshida Yeropa va Amerika ada- biyotlarida paydo bo'ldi va o'zidan awal adabiyot bilan estetikada hukmronlik qilgan klassitsizmga qarshi kurashda shakllandi va rivoj topdi. Romantizmning asosiy xususiyatlari, kurtak holida bo'lsa ham adabiyot va san’at tarixining awalgi bosqichlarida ro'yobga keldi va romantik ijodiy metod sifatida adabiyotda hukmron bo'lib qolgan yangi ijodiy metodga asos soldi. Awal aytilganidek, romantik badiiy tafakkur xilining bosh xususiyati yozuvchi yoki san’atkoming o'z atrofidagi voqelikdan qanoatlanmay, boshqa hayotni, real voqelikdan yuqoriroq va „tozaroq" voqelikni qo'msash, izlash va uni topolmaslik natijasida real voqelikni tasvirlashdan yuz o'girib, orzu qilingan voqelikni tasvirlashga yoki voqelikni atayin pardozlab tasvirlashga intilishdan iborat. Bunday hodisa insoniyat tarixining deyarli hamma bosqich laridagi adabiyot va san’at asarlariga u yoki bu darajada xosdir. Chunki romantizm inson ruhiga hamm a xalqlarda va hamma zamonlarda umumiy bo'lgan hodisadir. Romantik tafakkur xili san’at va adabiyotda klassitsizm, simvolizm, realizm kabi oqim va metodlardan awal paydo bo‘lgan. Romantik tafakkur unsurlari yoki an’analari antik adabiyot (qadim yunon va rim adabiyoti)da va feodal davr adabiyotida juda kuchli edi. Masalan, Esxilning ,,Prometey“, Sofoklning „Shoh Edip“ va Evripidning ,,Yelena“ tragediyalarida voqelik romantik ruhda ideallashtirib ko‘rsatilgani antik adabiyot mutaxassislari tom onidan qayd etilgan. Antik she’riyat ham romantizm ruhida bo‘lib, unda ayniqsa, xotin-qizlar obrazi juda ideallashtirib ko‘rsatilgan. Rom antik badiiy tafakkur ti pining nam unalarini Sharq xalqlarining qadimiy adabiyotida ham uchratish mumkin. Masalan, ,,Qutadg‘u bilig“ dostoni (XI asr) qahramonlari ideallashtirib tasvirlangan kishilardir. Romantik tafakkur xilining Sharqda juda erta taraqqiy topgani Gegel tomonidan uning „Estetika“sida qayd etilgandir. Bu hoi Sharqning bir qancha xalqlari (masalan, forsiy va turkiy tilda gaplashuvchi xalqlar) adabiyotida romantizm ijodiy metodining o‘rta asrlardayoq hukmron metod bo‘Iib qolishiga sabab bo‘lgan. Romantizm — ijodiy metod sifatida. R om antizm keng ma’nodagi romantizmning yuqorida qayd etilgan hamma sifatlarini qabul etib, yangi pog‘onaga k o ‘tarildi. Keng ma’nodagi romantizmdan farqli holda XVIII—XIX asrlar romantizmida mavjud voqelik (siyosat, mafkura, iqtisod va madaniyat bobida hukmronlikka erishgan buijua tartiblari) ni qoralash va ochiq rad etish izchil tus oladi. Romantizm Yevropa mamlakatlari (masalan, Fransiya)da umuminsoniy shiorlar bilan maydonga chiqib, g‘alabaga erishgan, ammo o‘sha insoniy shiorlarni amalga oshirish o‘rniga tor burjua sinfi manfaatlari doirasidan yuqori ko‘tarila olmagan buijua inqilobchilaridan norozilik va ularning cheklangan tarixiy ahamiyatini tushunish natijasida yuzaga keladi, ya’ni u muayyan tarixiy sharoit m ahsulotidir. R om antizm xalqlar m a’naviy hayotining juda muhim xususiyatiga aylanib, har mamlakatda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ldi va bir mamlakat, xalq hayotida turli paytlarda turlicha (ba’zan hatto teskari) rol o‘ynadi. Romantizm tarixi bilan shug‘ullanuvchi olimlar haligacha uning ta’rifi masalasida bir fikrga kelgan emaslar. Romantizmning ta’riflanishi tarixiy jihatdan yaxshi ishlangan, ammo uning bugungi tafakkur talablariga javob berarli ta’rifi mavjud emas; hamma xalqlar adabiyotida rom antizm ijodiy m etodining um um iy xususiyatlari bor. Bu, voqelikka (hukmron buijua tartiblariga) salbiy munosabat, ayniqsa, uning g‘ayriinsoniy mohiyatini tushunish va qoralash, voqelikdan o‘tmishga yoki tabiat bag‘ridagi erkin hayotga intilish, shaxs ozodligi uchun kurashni adabiyotning muqaddas burchi tarzida anglash, ijodda san’atkor erkinligi, mazmun va shaklga ijodiy yondashish zarurligini tasdiq etish, shu munosabat bilan klassitsizmning ijodni cheklovchi qoidalarini uloqtirishdir. Romantizmning beshigi bo'lgan Germaniyada aka-uka F. Shlegel va A. Shlegel hamda E. Gofman, Fransiyada V. Gyugo va de Stal, Angliyada Bayron va Shelli, Italiyada J.Leopardi va A.Mandzoni, Norvegiyada G. Ibsen (ilk ijodi), Polshada A. Mitskevich va Y. Slo- vatskiy, Amerika Qo'shma Shtatlarida A.F. Kuper va G.U. Longfello va boshqalarning ijodi ana shu xususiyatlarga ega. Ba’zi olimlar ta’rificha, romantizmda ikki oqim — ilg‘or va qoloq oqim bor. Qoloq fikrli rom antiklar o ‘z zamonasiga ideallashtirilgan o'tmishning tarixan eskirgan tomonlarini qarshi qo‘yadilar, ya’ni jamiyat taraqqiyotini orqaga tortishga urinadilar. Ilg'or romantizm Rossiyada dastlab Pushkin, Lermontov, Gogol va dekabrist shoirlar ijodida shakllangan. Romantiklaming feodal va buijua zulmiga qarshi muxolifatda bo'lishlari ko'p mamlakatlarda ularning mehnatkash xalqning milliy ozodlik harakatining mafkurachilari bo'lish uchun intilishlariga va xalq kurashida bevosita ishtirok etishlariga olib keldi (Angliyada Bayron, Polshada Mitskevich va boshqalar). XIX asrning 30-40 - yillarida G'arbiy Yevropada rom antizmning adabiyotdagi hukmronlik o'rnini taraqqiy topgan realizm egalladi. Romantizm realistik adabiyotning tarkibiy qismlaridan biri sifatida hozirgacha yashab kelmoqda. Rus adabiyotida "Yevgeniy Onegin" (A. S. Pushkin) sheʼriy romanining yaratilishi rus R. navisligining shakllanishiga muxim turtki berdi. N.V. Gogol, I. V. Turgenev, L. N. Tolstoy, F. M. Dostoyevskiy Romanlarining maydonga kelishi bilan realistik rus Romannavislik maktabi vujudga keldi.
Oʻzbek adabiyotida R. janrining paydo boʻlishiga Navoiy "Hamsa"sini tashkil etgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" singari dostonlar, xalq kitoblari va dostonlari muhim manba boʻlib xizmat qildi”1.
“Romantizm «kitobiy» degan ma’noni beradi. Romantizm atamasidan «kitobiy» degan ma’no anglashilar ekan, bunda o`rta asr ritsarp romanlari ko`zda tutildi. CHunki ritsarp romanlarida ishonib bo`lmaydigan g`aroyib voqea va holatlar tasvirlangan. Xuddi realizm singari, romantizm adabiyotining ham ob’ekti hayotdir. Realizm hayotni hayot Shaklida tasvirlasa, uning haqqoniy, ishonsa bo`ladigan manzaralarini yaratsa, romantizm hayotning o`zini emas, uning qanday bo`lishi kerakligini ko`rsatadi, hayot haqidagi sub’ektiv tuyg`ularni tasvirlaydi. SHunday qilib, romantizm hayotni haqqoniy tasvirlashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ymaydi, balki hayot haqidagi sub’ektiv orzularni beradi. Biroq ana shu sub’ektiv tuyg`ular romantik san’atkorning o`ziga xos «men»i bilan cheklanib qolmaydi.


______________________________________________________________________________________________________
1Izzat Sulton.Adabiyot nazariyasi.-Toshkent.: O’qituvchi, 2005.
San’atkorning sub’ektiv fikrida jamiyatdagi minglab kishilarning orzuumidlari o`z tajassumini topadi. Lekin bu sub’ektivlik ko`pincha hayotni ideallashtirishga olib keladi. Biroq bunday romantizm adabiyotda butunlay hayot tasvirlanmas ekan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Unda hayotning real holati va manzaralarini ko`ramiz. Lekin bu real menzaralar ham sub’ektiv tuyg`uga bo`ysundiriladi. Romantizm juda murakkab hodisa bo`lib, har bir san’atkor ijodida o`ziga xos namoyon bo`ladi. SHuning uchun romantizmni umumiy qoida bilan ta’riflash ancha qiyin. Lekin uning asosiy belgilarini aniqlash mumkin. Romantizmning asosiy belgilari quyidagilardir: 1. Sub’ektivlik. 2. Barcha g`ayritabiiy, favqulotda, yorqin narsalarga intilish va ularni ma’nosiz borliqqa qarshi qo`yish. 3. Xarakterlar va ular harakat qiladigan muhitning favqulotdaligi, g`ayritabiiy holatlar va vaziyatlarga intilish. Buning natijasida borliqning real belgilari ko`zga tashlanmaydi, qahramonlarning xatti-harakatlari psixologik dalillanmaydi. 4. Asar tilining emotsionalligi va bo`yoqdorligi. 5.
Obraz, voqea va xarakterlarning Shartli bo`lishi, mavhum tushunchalarni ifodalovchi tiplar yaratish. Romantizm qahramonlari o`zida jamiyatdagi real ijtimoiy-sinfiy xususiyatlarni ifodalovchi tiplar bo`lmasdan, ko`pincha yaxshilik va yomonlik kabi ham mavhum tushunchalarni ifodalovchi tiplar bo`ladi. Jamiyatdagi kurashish ham romantizm asarlarida yaxshilik bilan yomonlik kurashi sifatida talqin qilinadi. 6. Zamondan kuchli, isyonkor, qoniqmagan Shaxslar obrazini yaratish. Bu kabi irodali, kuchli Shaxslar zamon bilan murosa qila olmaydilar, yangi, yaxshi hayotni orzu qiladilar va shunga intiladilar. Romantik yozuvchilar zamon voqeligiga isyonkorona munosabatda bo`ladilar. Ko`pincha ular qahramonlarni kutilmagan holatlar, ekzotik muhitga olib borib qo`yadilar. 7. Borliqdan norozilik, idealdan najot izlash. Romantiklar o`zlari inkor etayotgan borliqqa ideal orzuni qarshi qo`yadilar. 8. Tarixiylikning nisbiyligi. 9. Fantastik moyillik”2.
Epopeya (epos va yun. — yarataman, ijod qilaman) — umumxalq muammosi tasvir etilgan yirik hajmli epik asar. Qadimgi (yoki qahramonlik) E. hamda yangi zamon E.si kabi bosqichlarga boʻlinadi. Badiiy soʻz taraqqiyotining ilk bosqichida E. xalq qahramonlik eposining koʻrinishlaridan biri hisoblangan. E.ning xalq ogʻzaki ijodi negizida yuzaga kelgan mumtoz namunalari sirasiga yunonlarning "Iliada" va "Odisseya", hindlarning "Mahabharata" va "Ramayana", fransuzlarning "Roland haqida qoʻshiq", nemislarning "Nibelunglar haqida qoʻshiq", oʻzbeklarning "Goʻroʻgʻli", "Alpomish" va boshqalar asarlari kiradi. Bu xil E.lar mazmuni murakkab va koʻp qirrali boʻlib, unda muayyan xalqning shakllanish davridagi turmushi, buyuk qahramonliklar, xalq taqdirida roʻy bergan keskin oʻzgarishlar aks etadi. E. qahramonlari qiyofasida u yoki bu xalqning orzuintilishlari, qudrati va ulugʻvorligi oʻz ifodasini topadi. Badiiy fantaziya darajasiga koʻtarilgan obrazlilik, tasvirlanayotgan hodisalarning favqulodda moʻʼjizaviyligi, bayonning batafsilligi, syujet qamrovining keng va koʻlamdorligi, badiiy tasvir vositalarining yorqin hamda taʼsirchanligi qadimiy E.ga xos badiiy-estetik belgilardir.


Download 42,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish