Madaniyatshunoslik


Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni



Download 72,17 Kb.
bet4/7
Sana29.01.2022
Hajmi72,17 Kb.
#415331
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu madaniyat

3. Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni.
Madaniyat inson hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Ular orasida quyidagilarni aloxida ta’kidlab ko‘rsatish mumkin.
Madaniyat, avvalo, ijtimoiy vazifalarni, ya’ni shaxsni, odamni inson qilib shakllantirish va tarbiyalash vazifasini bajaradi. Madaniyat xar bir shaxsning insoniyat yaratgan bilimlarni, ma’naviy qadriyatlarni, tartib-o‘oidalarni o‘zlashtirib olish, tarbiyalash, jamiyatning to‘la huquqli a’zosi sifatida faoliyat yuritish o‘obiliyatini shakllantirish vazifasini bajaradi. Insonning tabiat hukmronligidan ajralib chiqishi madaniyatga xos ayrim elementlarning shakllanishi bilan birga sodir bo‘ladi. Aynan madaniyat orqali xar bir shaxs jamiyatda to‘plangan tajribalarni, an’analar va urf-odatlarni turmush tarzini o‘zlashtiradi, ular keyingi avlodlarga yetkaziladi.
Madaniyat borasida tadqiqotlar davom etmoqda, desak yangilishmagan bo‘lamiz.Tadqiqotchilar madaniyatning turli funktsiyalarini ko‘rsatadilar. Jumladan:
-Olamni o‘zlashtirish va qayta o‘zgartirish funktsiya; bunda u mavjud narsalarning jismoniy talablarini, shuningdek ijoddagi hayotiy talablarni qondirish zarurati bilan bog‘liq.
-Himoya-moslashuv funktsiya; jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi muvofiqlikni saqlash. Ushbu funktsiya uzoq vaqt qiyin tabiiy sharoitlarda barcha yangi himoya vositalarini ishlab chiqishda va ko‘niktirishda (olov, turar joy, kiyim, dehqonchilik va hok.) odamning omon qolishini ta’minlaydi. Keyingi vaqtlarda o‘ta jiddiy bo‘lib turgan muammo tabiatni himoya qiluvchi vositalarni yaratish, bunda ekologik mezon, ekologik tafakkurning keng qo‘lamda yoyilishini amalga oshirish zarur.
Signifikativ funktsiya; (belgilash, ro‘yxatga olish mazmunida):- mazmun, ma’no, nom, belgilar ko‘lamini ishlab chiqish vositasida dunyoning qiyofasida, voqelikni belgi tizimining yaratilishi. Sezgilar ham, tashqi idrok ham, na shuurning bevosita kechinmalar holidagi yig‘indisi ham yo‘nalishni aniqlash tizimini insonga ta’minlab bermaydi. Bu vazifani ma’lumotlarni o‘zida saqlamasdan, nazariy modellar va axborotlar bilimini to‘plashni vujudga keltirish uchun faqat material bo‘lib xizmat qiluvchi mazmun bajaradi. Axborotlarni o‘zlashtirish va yig‘ish funktsiyasi xabarlarni yig‘ish va saqlash vositasi tabiiy xotira yoki xabarlarni narsalarga yozish (qo‘lyozmalar, kartinalar, plastinkalar, kitoblar, kinotasmalar, ohonrabo yoki raqamli yozuvlar) bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda axborotlarni tashkil qilish, uning qadri va mazmuni bo‘yicha tartibga solishning ma’lum usuli va belgilar tizimi zarur. hozirgi davrda til belgilar tizimining keng qo‘llami va o‘ta ahamiyatlisi bo‘lib qolmoqda.
Kommunikativ funktsiya (aloqa almashuv)- mohiyatni aniqlashda bilimlar, fikrlar, ma’naviy kuchlarni almashlash. Ijtimoiy hayot doimiy ravishda energiya, axborot, o‘zaro amaliy hamkorlikni taqozo qiladi, negaki, faqat turli tiplprning munosabati (an’anaviy, funktsional-ahamiyatli, shaxslararo, ishlab chiqaruvchi, ma’rifiy-madaniy) jamiyatning tuzum sifatida mavjudligini va uning keyingi taraqqiyotini ta’minlashga qodir.
Normativiylik funktsiya (mezon-me’yoriy)- kishilar hulqini tartibga solish, ularning kuchini bir me’yorda va jamiyatni bir butunlikda saqlash maqsadida muvofiqlashtirish. Me’yor-qoida qandaydir harakat yoki qandaydir predmetlar, narsalarni yaratish sohasida aniq ko‘rsatmadir. Ongli ravishda o‘rnatilgan yoki ko‘p asrlik an’analarga tayanuvchi majburiy, taqiqlovchi me’yorlar mavjud (huquqiy, axloqiy me’yorlar), biroq ularning mazmuni bor jamiyatni barbod qilmaslik uchun kishilar faoliyatini tartibga solish, aniq chegaralar bilan belgilash.
Ruhiy yoki «loyihaviy» mo‘’tadillik funktsiya; bayramlar, diniy marosimlar, o‘yin, tomosha jarayonlarida ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf qilish. qoniqarsiz istaklar, ro‘yobga chiqmaydigan niyatlar, amalda taqiqlanuvchi janjallar mavjudligi ruhiy zo‘riqishlar paydo bo‘lishiga olib kelib, nafaqat ma’lum bir shaxs salomatligiga zarar yetkazadi, balki, ommaviylik kasb etib, jamiyat harakatini izdan chiqarishi mumkin. Shuning uchun madaniyatda keraksiz xissiyotdan xalos bo‘lish mexanizmi ishlab chiqilgan.
Madaniyat axborotlarni o‘zlashtirish, bilish, tushunish vazifasini bajaradi. Madaniyat inson uchun dunyoni bilish, dunyo to‘g‘risida turli ma’lumotlar, axborotlar olish, ularni avloddan avlodga o‘tib borishini ta’minlaydi.
Madaniyat tartibga soluvchi vazifani xam bajaradi, ya’ni kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilangan tartib-o‘oidalar, axloqiy-xuquqiy normalar asosida tartibga solishga xizmat qiladi.
Madaniyat kishilar o‘rtasida o‘zaro fikr almashuv bilan bo²liq bo‘lgan, aloqa uchun xizmat qiladigan vazifani bajaradi. Bu borada til asosiy vosita rolini o‘ynaydi. Gap shundaki, madaniyatning bir qator soxalari – fan, san’at, texnika va boshqalarning o‘ziga xos tili bo‘lib, ularni bilmasdan turib madaniyatni to‘laligicha bilib bo‘lmaydi.
Madaniyat aksiologik vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar tomonidan moddiy, ma’naviy, estetik, axlokiy qadriyatlarni egallashga, yomondan yaxshini, be’mani, xunuk narsalardan go‘zallikni ajrata bilishga ko‘maklashadi.
Madaniyat ijodkorlikni rivojlantirish vazifasini xam bajaradi. Insonni mavjud madaniyatga tanqidiy-ijodiy qarash, isloh qilish, takomillashtirish, yangi bilimlar, qoidalar, qadriyatlar, tartib-qoidalar yaratishga undaydi.
Madaniyat kishilardagi jismoniy va ruxiy toliqishni xaydash, xordiq chiqarish, tiklanish, kayfiyatini ko‘tarish yo‘lidagi tadbirlar, o‘yinlar tashkil etuvchi vazifalarni xam bajaradi.
Madaniyat doimo taraqqiy etuvchi ko‘p qirrali jarayon, uning tarkibiga kiruvchi elementlari o‘zgarib turadi. Shu jixatdan tadqiqotchilar madaniyatni o‘ziga xos belgilari, sifatiga o‘arab bir necha turlarga bo‘ladilar. Madaniyatga sivilizatsion nutai nazardan yondashuvchi mutaxassislar insoniyat bir necha sivilizatsiyalarni bosib o‘tganligini ta’kidlaydilar.
Madaniyatni tili, dini, an’analari, qadriyatlari, iqtisodiyoti yaqinligini inobatga olib milliy, mintaqaviy, davriy jixatdan bir necha turlarga bo‘lish keng taro‘algan. Milliy madaniyatda til asosiy vosita sifatida olinsa, mintaqaviy madaniyatda diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik yao‘inlik, umumiylik nazarda tutiladi. Madaniyatni iro‘iy omilni nazarda tutgan xolda bo‘lish holatlari xam uchraydi. Fransuz faylasufi J.Gobino jamiyat, madaniyat, din, til to‘laligicha irqiy jihatlar bilan bo²liq, madaniyat mavjud tabiiy sharoit bilan bo²liq deb tushuntiradi va Yevropa madaniyatini negroid madaniyatdan eng yuo‘ori, ustun darajada deb xisoblaydi.
XX asrning ikkinchi yarmida ayrim mutaxassislar jamiyat va madaniyat soxasida yuz bergan o‘zgarishlarni tushuntirish uchun kontkultura, subkultura tushunchalarini qo‘llay boshladilar. Kontkultura deganda hukmron madaniyatga qarshi nazariyalar, qadriyatlar, falsafiy, badiiy o‘arashlar, ideallar tushuniladi. Subkultura deganda jamiyatdagi turli sinflar, tabao‘alar, guruhlarga xos madaniy jihatlar hisobga olinadi. Shuningdek qashshoqlar, kambag‘allar, o‘rta tabaqalar, yuo‘ori tabao‘alar, jamiyatdagi elita o‘atlamlari madaniyati degan tushunchalar ham ishlatiladi. Masalan, ayrim tadqiqotchilar kambag‘al tabao‘alar madaniyati shaxsiy gigienadan tortib bilim darajasigacha bo‘lgan sohalarda past saviyada namoyon bo‘ladi, deb tushuntiradilar. Jamiyatni umumiy madaniyat asosida birlashtirishga intiluvchi ommaviy madaniyat mavjudligi haqida fikr bildiruvchilar ham bor.
Yoshlar orasida modaga berilgan xotin-o‘izlar, ayrim muzikaga («pop», «rok») berilgan yoki alohida jargon bilan gaplashishni xush ko‘radigan subkulturalar haqida ham fikrlar mavjud. Shahar madaniyati, qishloq madaniyati, kasb madaniyati, ular o‘rtasidagi faro‘lar haqida ham gapiriladi. Bularning hammasi madaniyatning murakkab tarkibiy tizimdan iborat ekanligini ko‘rsatadi.
Madaniyatshunoslik fanida shaxs kamolati muhim masaladir. Shaxsning barkamol inson bo‘lib yetishishida tarixiy, ijtimoiy-madaniy muhitning ta’siri katta. Inson ma’lum ijtimoiy-madaniy muhitda dunyoga keladi, go‘daklik chog‘idayoo‘ shaxs ijtiomiy-madaniy muhitni tayyor holda topadi. Mavjud ijtimoiy-madaniy muhit ta’sirida shaxs ijtimoiy shaxsga aylanadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi madaniy-ijtimoiy muhit yaratgan va rioya o‘ilinadigan qadriyatlarni, urf-odatlarni, axloo‘-odobni, moddiy va ma’naviy boyliklarni, g‘oyaviy andozalarni o‘zlashtirish, o‘abul qilish oro‘ali sodir bo‘ladi, shaxs inson sifatida shakllanadi. Shu bilan birga shaxsda o‘tkinchi ehtiyojlarni – yurist, io‘tisodchi, injener, vrach, pedagog, san’atkor bo‘lish, boy bo‘lish, amaldor bo‘lish, shon-shuxrat o‘ozonish, turli unvonlar olish va bosho‘a ehtiyojlarni o‘ondirish kabi istaklar ham paydo bo‘ladi. Buning uchun ta’lim muassasalarida o‘unt bilan qo‘yib, dunyo va jamiyat, ularning taraqqiyot o‘onunlari to‘g‘risidagi umumiy bilimlarni egallash, maxsus kasbiy fanlarni o‘rganish, izlanish, hayotiy tajriba orttirish, intellektual salohiyatga ega bo‘lish zarur bo‘ladi.
Madaniyat kishining nafaqat ijtimoiylashuvini, shuningdek jamiyat bilan integratsiyalashuvini ta’minlaydi. Madaniyat insonga barkamollikka erishishga, ijodiy kuchlarini namoyon etishga ko‘maklashadi. Shaxsning madaniy darajasini baholashda uning ao‘li, tafakkuri, ongi, axloo‘i, xulo‘-atvori ham muhim o‘rin tutadi. Madaniyat insonning yashirin, betakror individual xususiyatlari, o‘obiliyatlarini ro‘yobga chio‘arish, o‘stirish va rivojlantirishga yordam beradi.

Download 72,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish