Madaniyatshunoslik” fanining predmeti, ob’ekti, nazariy masalalari va taraqqiyot qonuniyatlari



Download 47,77 Kb.
bet5/5
Sana11.11.2022
Hajmi47,77 Kb.
#863870
1   2   3   4   5
Bog'liq
Madaniyatshunoslik” fanining predmeti, ob’ekti, nazariy masalala

4-mavzu:
Mustaqillik va madaniy taraqqiyot.
Mustaqillik yillaridа mа’nаviy mеrоs, milliy vа diniy qаdriyatlаrning tiklаnishi.
Mustaqillik va madaniy taraqqiyot.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu vaqt va makondagi darajasi ko‘p jihatdan fuqarolar ma’naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma’naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qondirilishiga bog‘liqdir. Mustaqillik davrigacha va undan keyingi o‘tgan tarixan qisqa muddat ichida ro‘y bergan holatlar, jamiyat ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-mafkuraviy sohasidagi o‘zgarishlar bizga sho‘rolar mustabid tuzumi hamda istiqlol yillarida O‘zbekistonning real hayotida xolisona javob izlashga va unga erishishga imkon beradi.
Uzoq ming yilliklar tarixi shundan dalolat beradiki, o‘zbek milliy davlatchilik tarixi eng avvalo ma’naviyat-ma’rifatning jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaganligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu azaliy an’anaga mustaqillik yillarida ham alohida e’tibor berilishi juda ahamiyatli bo‘ldi. Qayd etish lozimki, istiqlolning dastlabki davrlaridanoq madaniyatning metodologiyasi o‘zgardi. Agarda, sho‘rolar mustabid tuzimi davrida madaniyatning asosiy vazifasi jamiyat a’zolarining kommunistik mafkura va soxta g‘oyaga e’tiqodini mustahkamlashga safarbat etish bo‘lsa, istiqlol davrida uning maqsadi tamomila o‘zgardi.
Xo‘sh, bular nimalarda ko‘rindi? Xususan, eng avvalo, mamlakat xukumati, Prezidentning ma’naviy-ma’rifiy omillariga nisbatan munosabati shakllandi. Jumladan, ma’naviy-ma’rifiyo islohatlar davlat siyosatining asosiy ustivor yo‘nalishi, deb hisoblandi. Joylarda ma’naviyat bilan bog‘liq shularning amalga oshirilishi uchun butun ma’suliyatning hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmalariga yuklatilishi juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
Ikkinchidan, ma’naviyati yuksak millat va davlatnigina kelajagi buyuk bo‘lishi mumkin ekanligi to‘g‘risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. Darhaqiqat iqtisodiy-siyosiy omillarning har qanday davlat, millat hayotidagi o‘rni va roli kattadir. Biroq, ma’naviy omillargina jamiyatda sodir bo‘lgan barcha muammolarni had etishga qodir omil ekanligi endi haqiqatdir.
Uchinchidan, ma’naviyat va ma’rifat jamiyatni poklantiruvchi kuch ekanligi e’tirof etilmoqda, zero sho‘rolar mustabid tizimi davridan qolgan yaramas «ma’naviy» merosdan poklanmasdan turib istiqlolga xizmat qiladigan, fuqarolar qalbi va ongini yangilashga qodir ma’naviyatni shakllantirish mumkin emas.
To‘rtinchidan, istiqlol davri O‘zbekiston jamiyati ma’naviyatining eng muqaddas maqsadlaridan biri – o‘tmish tarixiy-madaniy, ilmiy, ahloqiy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlariga sho‘ro davrida tarkib topgan munosabat kabi «illat» sifatida emas, aksincha, jamiyatni poklantiruvchi va kelajakni ma’naviy jihatdan mustahkamlovchi omil asnosida qarashdan iborat jamoatchilik fikri shakllanadi.
Beshinchidan, istiqlol davrida ma’naviyatning har qanday siyosiy hukmron mafkuralardan holiligi, mushimi, shakllanayotgan milliy mafkuraning ma’naviyat bilan uyg‘unligi ta’minlandi. Mamlakat Prezidenti Islom Karimov qayd etganidek, mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo‘lgan eng ustivor vazifa «xalqimiz orasida katta ma’rifiy-amaliy ishlarni olib borib, milliy mafkuramizga kuch-quvvat beradigan, uni yangi-yangi marralar sari safarbar etadigan, keng ommaga ta’sir o‘tkazishga, xalqni o‘ziga tarafdor etishga xizmat qiladigan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy manbalarni to‘g‘ri belgilab olishdir23».
Haqiqatdan ham, mustaqillik yillarida ma’naviyat va ma’rifatning ijtimoiy maqsadi aniqlab olindi, uning bajaralishi lozim bo‘lgan vazifalari belgilandi. Ana shunday sharoitda jamiyat fuqarolari tomonidan bildirilgan ijtimoiy ehtiyoj – ma’naviy-ma’rifiy sohalarda yangi asr va umuman, uchinchi ming yillikdagi bosh g‘oya qanday bo‘lishi aniqlandi.
Xo‘sh, hozirgi va yangi ma’naviyat sohasidagi bosh g‘oyamiz nimalardan iborat? Mazkur savolga javobbera turib, I.Karimov quyidagilarni yozadi: «Modomiki biz huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan ekanmiz, ma’naviyat sohasidagi yigirma birinchi asrga mo‘ljallangan harakat dasturimiz ham ana shundan kelib chiqmog‘i darkor. Ya’ni erkin fuqaro-ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxs ma’naviyatini kamol toptirish bizning bosh milliy g‘oyamiz bo‘lishi zarur.
Download 47,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish