«An’anaviy madaniyat»
1. Antik YUnoniston madaniyati.
2.
Antik Rim madaniyati.
1. Antik YUnoniston madaniyati.
Antik davr madaniyati – jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lib, u davrda
filosofiya, madaniyat fan sifatida shakllandi. O‘sha davr yunonlarining
turmush tarzi, fikrlashi, ma’naviyati hozirgacha ham insonlarni hayajonga
solib kelmoqda.
Antik Evropa madaniyatining shakllanishiga Mesopotamiya va Misr
madaniyatining, ayniqsa, arifmetika, astronomiya, mifologiya va teologiya
sohalarida erishilgan dastlabki muhim yutuqlarning ahamiyati katta bo‘ldi.
Qadimgi YUnon madaniyati er.avv. XXVIII asrdan er.avv. II asrgacha davom
etdi. YUnonlar o‘zlarining vatanini
Ellada
deb ataganlar. Qadimgi YUnon
madaniyatining eng yuqori darajaga ko‘tarilgan davri er.avv. V-IV asrlarga
to‘g‘ri keladi. Qadimgi YUnon madaniyati jahon madaniyati tarixida
favqulodda hodisa sifatida o‘zini namoyon etdi.
Ellada hozirgi zamon davlatlarining boshqaruv shakli – respublika va
demokratiyaning vataniga aylandi. Uning namunaviy shakli Perikl (443- 429
yy) hisoblanadi. YUnonistonda jismoniy va aqliy mehnat ikkiga ajraladi.
Jismoniy mehnat bu qullarga, aqliy mehnat qilish esa ozod kishilarga taalluqli
edi. YUnonlar davlat va shaxsiy mulk, jamoa va shaxsiy manfaatlarni o‘zaro
juda mohirona bog‘lay olganlar. Aristokratiya odobi – musobaqa tamoyillari
asosida birinchilardan bo‘lishga intilish qadriyati keng quloch yoydi. Bunday
o‘yinlar sahnasi: Olimpiya o‘yinlari,
1
munozara, jang maydoni, teatr sahnalari
edi.
YUnonlar uchun erkinlik eng yuqori qadriyat hisoblanib, uning uchun hatto
o‘limga ham tik borganlar. Leonid jasorati yoki Prometey haqida afsona bunga
misoldir.
YUnonlarning turmush tarzi haqiqat, go‘zallik, mehribonlik kabi kategoriyalar
uyg‘unligi bilan belgilangan. Ular uchun me’yor tushunchasi muhim
ahamiyatga ega edi. SHuning uchun yunonlarda mulk erkin kishi uchun
ajralmas atribut bo‘lsa, ikkinchi tomondan ochko‘zlik, molparastlikni
qoralaganlar.
Insonni tarbiyalash uchun ikki yo‘nalish bo‘yicha ta’lim tizimi vujudga
keltirilgan: a) "gimnastika"; va b) aqliy yo‘nalishdagi barcha madaniyat turlari,
chunonchi, tabiiy fanlar, falsafa, notiqlikni o‘rganish. Ozod yunonlarning
bolalari 7 yoshdan boshlab boshlang‘ich maktabga borganlar. Badavlat
kishilarning bolalari esa 18 yoshgacha gimnaziyalarda o‘qishni davom
ettirganlar. Bolalar maktablarda chiroyli yozishga, aniq va ravon so‘zlashga
o‘rgatilgan. Ular Gomer, Gesiod va boshqa shoirlarning she’rlarini va
dostonlarini yod olganlar. YUnonlar ashula aytish, raqsga tushish, lira sozini
chalishni bilmaydiganlarni o‘qimishli deb hisoblamaganlar. Bolalar ulg‘aya
35
borgan sari yugurish, kurashga tushish, sakrash, disk, nayza otish va qilich
chopish bilan shug‘ullanganlar. SHu tariqa, ular vatan himoyachilari sifatida
tayyorlangan.
Ayniqsa, bu sohada Sparta maktabi ajralib turgan.
Har qanday erkin yunon polis (shahar) davlatini eng oliy ehson deb qabul
qilgan va uning vatanparvari bo‘lgan.
Birinchi yunon faylasufi Fales bo‘lib, u suvni olamdagi barcha moddiy
borliqning asosi deb hisoblagan. YUnon falsafasining eng yuksak
namoyandalari sifatida Suqrot, Platon va Aristotel hisoblanganlar.
YUnonistonda olamni falsafiy mushohada qilish–mantiq va tasdiqlashga
tayangan ilmiy va ratsional fikrlash metodi orqali bilish mumkinligiga asos
solingan.
Pifagor, Evklid va Arximedlar matematika va matematik fanlar – geometriya,
optika, gidrostatika fanlarining asoschilari hisoblanadi. Astronomiya sohasida
Aristarx birinchi bo‘lib geotsentrizm g‘oyasini ilgari surdi. Gippokrat –
meditsina faniga asos soldi. Gerodot tarix fanining otasi hisoblanadi. Aristotel
asarlari madaniyat nazariyasi bo‘yicha birinchi fundamental ilmiy ishlar
qatoridan o‘rin olgan edi.
Deyarli hozirgi zamon madaniyatining janrlari qadimgi YUnonistonda paydo
bo‘ldi. Ba’zilari o‘sha davrning o‘zida juda yuqori darajaga ko‘tarildi. Fidiy
boshchiligida badiiy tasviriy san’at asarlari, Zevsning katta haykali bunga
misol bo‘la oladi.
YUnonlar birgina yaratuvchilik bilan shug‘ullanib qolmay, shu bilan birga
go‘zallik qonunlari bilan yashashni ham xohlar edilar.
SHuningdek, yunonlarda ibtidoiy din shakllari – totemizm, animizm va
fetishizm tasavvurlari kuchli bo‘lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy
jamiyatga o‘tish davomida yunonlarning diniy tasavvurlari ham o‘zgarib
borgan. Ularda har bir yirik hodisa, kasbi-korning o‘z xudolari – xomiylari
bo‘lgan.
Zevs – yunonlarning eng muqaddas bosh xudosi hisoblangan. U osmon,
momaqaldiroq, chaqmoq va yomg‘ir xudosi bo‘lgan. Uni odamlar jingalak
sochli, baquvvat, sersoqol, qudratli, qo‘lida chaqmoq ushlagan, basavlat kishi
sifatida tasavvur qilganlar. Zevsning ukasi Paseydonni "erni tebratuvchi"
dahshatli dengiz xudolaridan biri deb bilganlar. Gelios quyosh xudosi bo‘lib,
oppoq otlar qo‘shilgan oltin aravasida osmonga chiqqanda kunduz boshlanadi
deb fikr yuritganlar. Appolon esa yorug‘lik va san’at xudosi sanalgan.
Demetriy ham ilohiy timsol sifatida o‘simliklarning unib chiqishi, o‘sishi,
sarg‘ayishi go‘yoki unga bog‘liq bo‘lgan. Er osti hukmdori – homiysi Aid
bo‘lgan. Dionis vinochilik, Afrodita avval hosildorlik, keyinchalik sevgi va
go‘zallik hamda dengiz sayyohlari homiysi bo‘lgan. Zevsning qizi Afina,
yunon afsonalariga ko‘ra urush, g‘alaba, san’at, bilim va donolik ma’budasi
bo‘lgan. U Afina shahrining homiysi bo‘lib, haykaltarosh Fidiy tomonidan
shahardagi Parfenon ibodatxonasi oldida uning ajoyib haykali ishlangan.
YUnon xudolaridan biri, Zevs va Geraning o‘g‘li Gefest temirchilik homiysi
hisoblangan, Vulqon lavalarining otilishi ham uning er ostidagi temirchilik
36
ustaxonasining mahsuli deb hisoblashgan. Germes savdo-sotiq xudosi sifatida
e’tirof etilgan.
YUnonlarning fikricha, ularning Zevs boshliq xudolari baland Olimp tog‘larida
yashaganlar va badavlat kishilarday hayot kechirganlar. Ular ham odamlar kabi
shuhratparast, hokimiyatparast, shafqatsiz va qasoskor bo‘lganlar. YUnon
xudolarining odamlardan farqlari shundaki,
Do'stlaringiz bilan baham: |