OVOZ: Boburshohni aldab bo'Imasligini bilgan bog'bon rostini
aytishga majbur bo libdi.
Bog‘bon:
Namangan shahridan keltirdik, shohim, bunday
qovun siz aytganingizdek, faqat o ‘sha yoqlarda bitadi. Namangan
shakarpalagi degani shu. Shohim endi nima qilsangiz ixtiyor
o‘zingizda. Ammo o‘limim oldidan bir so‘rovimga javob berishin-
gizni istayman.
Bobur:
So‘ra so‘rovingni.
Bog‘bon:
Qovun bu yerda yetilmaganligini qanday bildingiz?
Bobur:
Hidi, pichoq tegar-tegmay yorilib ketishi va tilni yorar
shirinligidan ona yurtim qovuni ekanligini angladim. Rahmat-
lik ota-onam bog‘idagi polizda shunday shakarpalak ko‘p bo‘lardi.
Uzoq Hind ortida turib shakarpalak bilan siylaganing uchun guno-
hkor bo‘lmay, in’om ehsonlarga loyiqsan.
Do'stlaringiz bilan baham: |