Madaniy moslashish bir qancha bosqichlarga ajraladi: Boshlang‘ich bosqichda inson chet elga ketish arafasida hayajon, quvonch yoki xavotir va tashvishga tushadi. Boradigan mamlakati haqida ma’lumotlar to‘playdi, til bilan chuqurroq tanishadi. U yerga to‘la kuch-g‘ayrat va shijoat bilan boradi. Bundan tashqari, chet elda ham uning kelishiga tayyorgarlik ko‘riladi, uni kutishadi. Dastlabki vaqtlarda u atrofdagilardan yordam oladi, ma’lum imtiyozlarga ega bo‘ladi. Biroq mazkur davr juda tez o‘tib ketadi. Ikkinchi bosqichda xorijiy mamlakatdagi notanish muhit va yot madaniyat o‘zning salbiy ta’sirini ko‘rsata boshlaydi. Bu davrda inson o‘zini musofir, yolg‘iz his qiladi. Mahalliy aholini tushunmaslik oqibatida u umidsizlikka tushishi, ruhiy zo‘riqishi, asabiylashishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, madaniy shokning barcha belgilari kuzatiladi. Shuning uchun bu davrda muhojirlar reallikdan qochib, hamyurtlari bilan muloqot qilishni afzal ko‘rishadi. Uchinchi bosqich keskin, og‘ir payt hisoblanadi va bu davrda madaniy shok o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Mazkur holat jismoniy va ruhiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Muhojirlarning ma’lum qismi yangi muhitga ko‘nika olmay taslim bo‘ladi va o‘z yurtiga qaytib ketadi. Lekin ularning aksariyati o‘zida madaniyat farqlarini yengishga, til o‘rganishga, mahalliy madaniyat bilan tanishishib u bilan murosa qilishga, do‘stlar orttirishga kuch topadi. - Madaniy moslashish bir qancha bosqichlarga ajraladi: Boshlang‘ich bosqichda inson chet elga ketish arafasida hayajon, quvonch yoki xavotir va tashvishga tushadi. Boradigan mamlakati haqida ma’lumotlar to‘playdi, til bilan chuqurroq tanishadi. U yerga to‘la kuch-g‘ayrat va shijoat bilan boradi. Bundan tashqari, chet elda ham uning kelishiga tayyorgarlik ko‘riladi, uni kutishadi. Dastlabki vaqtlarda u atrofdagilardan yordam oladi, ma’lum imtiyozlarga ega bo‘ladi. Biroq mazkur davr juda tez o‘tib ketadi. Ikkinchi bosqichda xorijiy mamlakatdagi notanish muhit va yot madaniyat o‘zning salbiy ta’sirini ko‘rsata boshlaydi. Bu davrda inson o‘zini musofir, yolg‘iz his qiladi. Mahalliy aholini tushunmaslik oqibatida u umidsizlikka tushishi, ruhiy zo‘riqishi, asabiylashishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, madaniy shokning barcha belgilari kuzatiladi. Shuning uchun bu davrda muhojirlar reallikdan qochib, hamyurtlari bilan muloqot qilishni afzal ko‘rishadi. Uchinchi bosqich keskin, og‘ir payt hisoblanadi va bu davrda madaniy shok o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Mazkur holat jismoniy va ruhiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Muhojirlarning ma’lum qismi yangi muhitga ko‘nika olmay taslim bo‘ladi va o‘z yurtiga qaytib ketadi. Lekin ularning aksariyati o‘zida madaniyat farqlarini yengishga, til o‘rganishga, mahalliy madaniyat bilan tanishishib u bilan murosa qilishga, do‘stlar orttirishga kuch topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |