Madaniy shok – individning o‘ziga tanish signallar bo‘lmagan yangi muhitda o‘zini ma’lum bir muddat noqulay, besaranjom his qilishidir. do‘stlari, qarindosh-rug‘laridan ajralish, o‘z yurtidagi kasbi va maqomini yo‘qotish hissi; yangi madaniyatdagi yolg‘izlik hissi; rollardagi buzilish; madaniyatlardagi farqlardan bezovtalanish; vaziyatni boshqara olmaslikdan cho‘chish. Madaniy shokning asosiy sababi madaniyatlar o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Madaniy shok belgilari turli-tuman: idish-tovoq, o‘rin-ko‘rpa, kiyim-kechak tozaligi, suv yoki yeguliklar sifati haqida qayg‘urishdan tortib uyqusizlik, qo‘rquv, asabiylashish kabi organizm funksiyalarining buzilishigacha bo‘lishi mukin. Ular depresiyaga, ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka, hatto joniga qasd qilishga olib kelishi mumkin 1 . Madaniy shok o‘zga madaniyat me’yorlarini bilmaslik holatlarida ko‘proq namoyon bo‘ladi. Masalan, bir paytlar O‘zbekistonga Xitoydan tashrif buyurgan delegatsiyani oq xrizantema gullari bilan qarshi olingan. O‘sha paytda xitoylik mehmonlarning madaniy shok holatiga tushganliklarini tasavvur qilish qiyin emas. Chunki, Xitoyda oq xrizantema qayg‘u, dard-alam, motam ramzi hisoblanadi. Odatda qadimda oq xrizantema marhumning qabriga qo‘yilgan. Bu an’ana hozirgi kungacha saqalanib qolgan. Jumladan, Pekindagi Mao Tszedun maqbarasining kiraverishiga buyuk dohiyga chuqur qayg‘u va hurmat belgisi sifatida oq xrizantema gulini qo‘yish mumkin. Madaniy shokka faqat salbiy oqibatlar sifatida qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Garchi, madaniy shok yangi madaniyatga o‘tish davridagi muqarrar jarayon bo‘lsa- da, unga madaniy aloqa sifatida qarash jarayonni yengil kechishiga olib keladi. Binobarin, zamonaviy tadqiqotchilar madaniy shokka yangi sharoitga ko‘nikish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraydilar. Bundan tashqari, shaxs ushbu jarayonda yangi madaniyat va uning me’yorlari haqida bilimga ega bo‘ladi, uning dunyoqarashi kengayadi, o‘zga madaniyatlarga hurmati - Madaniy shok – individning o‘ziga tanish signallar bo‘lmagan yangi muhitda o‘zini ma’lum bir muddat noqulay, besaranjom his qilishidir. do‘stlari, qarindosh-rug‘laridan ajralish, o‘z yurtidagi kasbi va maqomini yo‘qotish hissi; yangi madaniyatdagi yolg‘izlik hissi; rollardagi buzilish; madaniyatlardagi farqlardan bezovtalanish; vaziyatni boshqara olmaslikdan cho‘chish. Madaniy shokning asosiy sababi madaniyatlar o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Madaniy shok belgilari turli-tuman: idish-tovoq, o‘rin-ko‘rpa, kiyim-kechak tozaligi, suv yoki yeguliklar sifati haqida qayg‘urishdan tortib uyqusizlik, qo‘rquv, asabiylashish kabi organizm funksiyalarining buzilishigacha bo‘lishi mukin. Ular depresiyaga, ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka, hatto joniga qasd qilishga olib kelishi mumkin 1 . Madaniy shok o‘zga madaniyat me’yorlarini bilmaslik holatlarida ko‘proq namoyon bo‘ladi. Masalan, bir paytlar O‘zbekistonga Xitoydan tashrif buyurgan delegatsiyani oq xrizantema gullari bilan qarshi olingan. O‘sha paytda xitoylik mehmonlarning madaniy shok holatiga tushganliklarini tasavvur qilish qiyin emas. Chunki, Xitoyda oq xrizantema qayg‘u, dard-alam, motam ramzi hisoblanadi. Odatda qadimda oq xrizantema marhumning qabriga qo‘yilgan. Bu an’ana hozirgi kungacha saqalanib qolgan. Jumladan, Pekindagi Mao Tszedun maqbarasining kiraverishiga buyuk dohiyga chuqur qayg‘u va hurmat belgisi sifatida oq xrizantema gulini qo‘yish mumkin. Madaniy shokka faqat salbiy oqibatlar sifatida qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Garchi, madaniy shok yangi madaniyatga o‘tish davridagi muqarrar jarayon bo‘lsa- da, unga madaniy aloqa sifatida qarash jarayonni yengil kechishiga olib keladi. Binobarin, zamonaviy tadqiqotchilar madaniy shokka yangi sharoitga ko‘nikish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraydilar. Bundan tashqari, shaxs ushbu jarayonda yangi madaniyat va uning me’yorlari haqida bilimga ega bo‘ladi, uning dunyoqarashi kengayadi, o‘zga madaniyatlarga hurmati
Do'stlaringiz bilan baham: |