II. MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISh VA ULARDAN FOYDALANISh SOHASIDAGI DAVLAT BOShQARUVI
5-modda. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |