4-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarining toifalari
Moddiy madaniy meros obyektlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:
butun mamlakat tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, me’moriy, badiiy va memorial qimmatga ega bo‘lgan respublika ahamiyatidagi moddiy madaniy meros obyektlari;
viloyat, tuman, shahar tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, me’moriy, badiiy va memorial qimmatga ega bo‘lgan mahalliy ahamiyatdagi moddiy madaniy meros obyektlari.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-228-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |