Elektr o‘tkazgich liniya tayanchlari.
Elektrlashtirish xalq xo„jaligining barcha sohalarini rivojlanishida muhim
o„rin tutadi, shuning uchun elektr o„tkazish havo liniyalari qurilishi uchun texnik
jihatdan texnikaviy ilg„or umrboqiy tayanchlar qabul qilish lozim.
Uzatiladigan elektr energiya kuchlanishga ko„ra liniyalar past (0,4 va 1 kV)
kuchlanishli deb ajratiladi. Tayanchlar vazifasi bo„yicha oraliq va ankerli turlarga
bo„linadi. Oraliq tayanchlar, tayanchlar umumiy sonining 80 . . . 90% ni tashkil
etadi. Yuqori yuk ko„tarish qobiliyatiga ega bo„lgan ankerli tayanchlarni ma‟lum
bir masofa oralig„ida o„rnatiladi.
Yuqori kuchlanishli elektr o„tkazgich tayanch liniyalari ko„proq ma‟suliyatli
hisoblanadi. Ularni oldindan zo„riqtirilgan В40
V60 sinfli betonlardan
tayyorlangan markazga intilma tirgaklardan barpo etiladi. Odatda tirgaklar aralash
(zo„riqtirilgan va zo„riqtirilmagan) A-В bo„lgan sterjenli armatura bilan (yoki K-7
sinfli po„lat arqon-kanat bilan), hamda kesim aylanasi uzunligi bo„ylab tekis
tarqatilib armaturalanadi. Ko„ndalang (spiralsimon) armatura diametri 4 . . 5 mm
В
Р
-1 sinfli simdan oraliqlari 80-120 mm qilib bajariladi. Stvol devorining
qalinligi 50. . .80 mm ni tashkil etadi. Armaturada betonli himoya qatlami qalinligi
kamida 15 mm bo„lishi lozim.
Tayanch balandligi ularning turi va vazifasiga, o„tkazgichlarning yo„l
qo„yiladigan osilish strelasiga, o„tkazgichdan yergacha bo„lgan masofa va shamol
hamda o„tkazgichlarda muz hosil bo„lishiga olib boruvchi iqlim sharoiti bo„yicha
tayinlanadi.
Qurilish amaliyoti kuchlanishi 154 kV gacha bo„lgan liniyalar uchun
konussimon yoki silindr shakllik bir tirgakli tayanchlardan iborat konstruksiyalar
oqilona ekanligini ko„rsatyapti.
220 va 330 kV kuchlanishga ega bo„lgan liniyalar uchun tortqichli bir
tirgakli tayanchlar tavsiya etiladi. 500 kV dan kam bo„lmagan kuchlanishga ega
bo„lgan liniyalar uchun tayanchlarning tejamliroq turi silindrik tirgak va tortqichli
temir beton portal hisoblanadi.
Tortqichsiz tayanchlarning tirgaklarini burg„ilanib qoqiluvchi qoziqoyoq
tuzilishi tamoyilida yerga 3 m chuqurlikka kirgaziladi. Tirgaklarni gruntda
mahkamlashda yer yuzasidan taxminan 0,5 m masofaga gorizontal brus-rigellar
o„rnatiladi. Portal tayanchning tirgaklari qoziqoyoqli yoki qo„ziqorinsimon
poydevor bilan sharnirli biriktiriladi.
O„tkazgichlarning me‟yoriy ishlash rejimida oraliq tayanchlar uchun asosiy
yuk (uzilmagan o„tkazgich va trosslarda) o„tkazgich trassasi va tayanch unsurlari
yo„nalishiga perpendikulyar esuvchi shamol hisoblanadi. Burchakli va ankerli
tayanchlar, bundan tashqari o„tkazgichlar tortishidan tushadigan yukni qabul
qiladilar. Bunda tortqichsiz tirgak va tayanch traversasi egilishga ishlaydi.
Tortqichli tayanch tirgagi o„q bo„yicha yoki nomarkaziy siqilishga duchor bo„ladi.
Tayanch unsurlarida kuchlarni hisoblashni deformatsiyalanuv sxemasida,
shu jumladan tirgaklarning gruntda burilishini hisobga olgan holda bajariladi.
Barcha tirgaklar ularni tashish va montaj qilish jarayonida yuz beruvchi yukka
tekshiriladi.
Yuqori kuchlanishli liniyalarning tayanchlari qo„shimcha ravishda
o„tkazgichlarning avariya rejimi holatiga (bitta o„tkazgich yoki trossning uzilish
holati) hisoblanadi. Bunda tayanch tirgaklarida burama momentlar T
N*a va
eguvchi momenti M
N*h hosil bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |