12-ma’ruza
Mavzu: Machta xillari. Machtalarni konstruksiyalash va hisoblash. Minora
tanasiga tortqi tugunlarini qurilmasi va hisoblash.
Reja:
1.
Machtalar haqida ma’lumotlar.
2.Yuqari kuchlanish tayanchlari haqida ma’lumotlar.
Radiotelevizion minoralar.
Bunday minoralar tashqi platformali va metall antenali halqa kesimli temir
betonli stvoldan iborat inshootni ifodalaydi. Stvol ichida tezyurar liftlar zinalar va
turli kommunikatsiyalar joylashadi.
Minoraning tashqi platformasi stvol ichki konturi bo„yicha jips
mahkamlangan halqali plita yoki qiyalama aylanma konussimon qobiqdan iborat.
Platformada texnik xizmat, restoran kabi xonalar joylashtiriladigan qurilmalar
barpo etiladi. Shu sababdan radiotelevizion minoralar o„zida majmuiy baland
inshootni ifodalaydi.
Stvol ichida shakli va devor qalinligi o„zgaradigan joylarda, hamda tashqi
platforma mahkamlanadigan zonada bikrlik diafragmasi o„rnatiladi. Stvol
balandligi bo„ylab ularni 30. . . 50 m oralig„ida joylashtiriladi.
Inshoot stvoli va poydevorda hosil bo„ladigan temperatura zo„riqishini
samarali pasaytirish uchun stvolning pastki qismi qiyishqoq oyoqlar bilan
almashtiriladi. Balandligi 600 m gacha, devor qalinligi pastda 500. . . 1000 mm va
yuqorida 150. . . 300 m bo„lgan temir betonli radiotelevizion minoralar sinfi В 25
dan kam bo„lmagan yaxlit quyma betondan barpo qilinadi. Bunda armaturalash
uchun aralash (zo„riqtirilgan va zo„riqtirilmagan) armatura qo„llash oqilona yechim
hisoblanadi.
Baland minorali zo„riqtirilgan po„lat arqonlar (kanatlar) bilan
armaturalanadi. Unga katta bo„lmagan va o„rtacha balandligi minoralarni. A II
sinfli zo„riqtirilmagan bo„ylama armatura bilan armaturalanadi. Minoraning ichki
va tashqi qismida atrof-muxit temperaturasining turlicha temperatura gradient
stvolda hosil qiladigan cho„zuvchi kuchni qabul qilish uchun A-I sinfidagi xalqa
armatura o„rnatiladi.
Toshkentda birinchi Televizion minora metall fermalardan 180 m
balandlikda 1956 y. qurilgan (Navoiy prosp. 69) . Teleko„rsatuvlar ko„lamining
kengayishi munosabati bilan kuchli radio-televizion uzatish stansiyasi qurishga
ehtiyoj tug„ildi. Shu maqsadda 1978-1985 yillarda Bo„zsuv kanalining o„ng
sohilida 375 m balandlikda ikkinchi Televizion minora (Amir Temur ko„ch., 99)
qurildi. Bu inshoot balandligi jihatidan Moskvadagi Ostankino Televizion
minorasidan keyin 2-o„rinda, Osiyoda 1-o„rinda turadi. Arx. Yu. L.. Semashko, N.
G. Terziev-Sarukov, inj. Ye. B. Morozov, M. D. Musheev.
Bu Televizion minora televizion programmalarning taxm. 100 km radiusda
bevosita
ko„rsatilishini
ta‟minlaydi.
Endilikda
Toshkent
televideniesi
ko„rsatuvlarini shahar atrofidagi aholi va Tyanshan tog„lari etaklari, Mirzacho„l,
Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron va boshqa joylar aholisi ham ko„rishi mumkin.
Televizion minora komleksi texnik va madaniy-maishiy binolar, antenna hamda
bayroq ilish qurilmasidan iborat.
Televizion minora hajmi 55500 m
3
, metall
konstruksiyalar massasi 6000 t, minora ustunidagi bino hajmi 15000 m
3.
Inshoot
konstruktiv sxemasining yechimi Televizion minora quriladigan territoriyaning 9
ballik seysmik rayondaligi bilan bog„liq.
Minoraning panjarasimon o„zagi uchta konussimon tirgakka o„rnatilgan.
Minoraning 100 m va 220 m balandligida maxsus binolar joylashgan; bulardan eng
yuqorisida 5 programmali ko„rsatuvlarga mo„ljallangan televizion stansiya, ultra
qisqa to„lqinda 4 programmali ko„rsatuvlarga mo„ljallangan radiostansiya,
meteorologik stansiya va boshqalar; 100 m balandlikda esa “Koinot” restoranining
“Qizil” va “Zangori” zallari, kuzatuv maydonchasi o„rin olgan. Minora o„zagi
ichida tezyurar lift va kommunikatsiya shaxtalari, xizmat xonalari va evakuatsiya
zinalari bor. Minora xonalarini quyosh nuridan asraydigan panellarni qurishda va
bino ichkarisi (intererlar) bezagi yechimida milliy uslublardan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |