8-savol
Фуқароларнинг ўзини-ўзи бошқариш органлари фаолиятини ташкил этиш қандай амалга оширилади?
Ўзини ўзи бошқариш ораганларини сайлаш тартиби, фаолиятини ташкил этиш ҳамда ваколат доираси қонун билан белгиланади”. Ушбу қоидалар Конституциямизнинг 105-моддасида ёзилган. Демак қишлоқ, шаҳар ва овулларда, шунингдек уларнинг таркибидаги маҳаллаларда ва шаҳар таркибига кирувчи маҳаллаларда давлвт ҳокимияти органлари эмас, фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тузилиши ушбу моддада назарда тутилган.
Фуқароларнинг ўзини-ўзи бошқаришни риволанишининг концептуал асослари нима?
30-savol
Фуқаролик жамиятининг институти сифатида фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари қандай функцияларни бажаради?
43-41-savollar
Маҳаллий ҳокимият ва фуқаролар ўзини ўзи бошқариш органларининг ўзаро муносабатлари қандай йўналишларда амалга оширилади?
8-savol
Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепциясида фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органларини ривожлантиришга оид қандай вазифалар белгиланган?
кейинги ўн йилда турли хил фуқаролик жамияти институтлари, нодавлат нотижорат ташкилотлари ҳар томонлама шаклланди ва ривожланди. Муҳтарам Юртбошимизнинг ўтган йил 12 ноябрда бўлиб ўтган Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги “Мамлакати- мизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш Концепцияси” номли маърузасида истиқлол йилларида соҳада эришган ютуқлар сарҳисоби асосида фуқаролик жамиятини барпо этиш борасида янги вазифалар белгилаб берилди. Жумладан, Президентимизнинг “Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига тегишли ўзгартиш ва қўшимчалар киритишга оид илгари сурган ташаббуси фуқаролик жамияти институтларини янада ривожлантириш, уларнинг давлат ҳокимияти ва бошқаруви органлари билан ижтимоий ҳамкорлигини кучайтириш, ўзини-ўзи бошқариш органларининг жойларда ижтимоий дастурларни бажаришдаги ҳамда давлат ва жамият қурилишига оид муҳим аҳамиятга эга қарорларни қабул қилишдаги фаол иштирокини кенгайтириш учун қулай шарт-шароитлар яратади.
“Кучли давлатдан – кучли фуқаролиик жамияти сари”концепциясида фуқаролар ўзини ўзи бошқаришига оид қандай вазифалар белгиланган?
республикамизда амалга оширилаётган кенг кўламли демократик ислоҳотлар - кучли давлатдан кучли фуқаролик жамияти сари асосий принципининг босқичма-босқич амалга оширилаётганининг гувоҳи бўламиз. Хусусан, истиқлолнинг дастлабки йилларида маҳаллага икки вазифани амалга ошириш бўйича ҳуқуқий ваколат берилган бўлса, бугунги кунда давлат ҳокимиятининг маҳаллий органларидан 30 дан ортиқ ижтимоий-иқтисодий хусусиятли вазифалар улар ваколатига берилди. Масалан, ижтимоий масалаларни ҳал этиш, коммунал-хўжалик ишларини ҳал қилишда амалий кўмак бериш, оилани мустаҳкамлаш ва унинг фаровонлиги масалаларини ҳал этиш орқали маҳалла ўз ҳудудида тинчлик осойишталикни таъминлайди.
“Махалла”хайрия фонди хақида маълумот беринг?
Fondining asosiy maqsadi fuqarolar yig‘inlari faoliyatini aniq yo‘naltirilgan asoslarda va aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ko‘maklashishdan iborat.
Fond quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:– fuqarolar yig‘inlariga aholi orasida insonparvarlik va mehr-oqibat asosida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish, hududlarini ijtimoiy, siyosiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda hamkorlik qilish, yordamlar ko‘rsatish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va qulay shart-sharoitlar yaratish, tartibga keltirish ishlarida ishtirok etish hamda moliyaviy ko‘maklashish;– davlat hokimiyati organlari vakolatlarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazilishi jarayonida hamda fuqarolar yig‘inlari tomonidan ushbu vakolatlarning amalga oshirilishida zarur uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda faol ishtirok etish;− fondning bo‘lim, bo‘linmalari o‘zlarining tegishli hududidagi fuqarolar yig‘inlari faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni, xodimlarini bir yilda bir marta to‘lanadigan lavozim maoshi miqdoridagi moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa xarajatlarini moliyalashtirish;– fuqarolar yig‘inlari faoliyatini o‘rganish, tahlil qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ular manfaatlarini qonun asosida himoya qilish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, zarur hollarda ularni moliyaviy tomonlama qo‘llab-quvvatlash;– fuqarolar yig‘inida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz keksalar, faxriylar, nogironlar, yetim-esirlarga hamda tabbiy ofatlardan talofat ko‘rgan fuqarolarga nisbatan insonparvar va mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish g‘oyalarini keng targ‘ib qilish ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda nochor qiynalgan oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda, mavjud uylarini ta’mirlash hamda xorijiy davlatlarda davolanishlarida fond imkoniyatlaridan kelib chiqib moddiy yordamlar ko‘rsatish;− fuqarolar yig‘inlari faoliyatini ilg‘or tajribalar bilan ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oya va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, zarur hollarda ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda tasarrufidagi binolarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, qurish hamda bino bilan ta’minlashda moliyaviy tomondan ko‘maklashish;– fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining dolzarb masalalari, davlat organlari, ho‘jalik boshqaruvlari, nodavlat va notijorat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini shakllantirish, rivojlantirishga bag‘ishlangan respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar tashkil etish va ishtirok etish;- tuman (shahar)larda ijtimoiy-iqtisodiy holatlarni yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, mahallalardagi ichki yo‘llar, ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlashda yordamlar ko‘rsatish;- umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hollarda xorijiy korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida qurilish, tibbiy jihozlar va boshqa zaruriy tovarlarni xarid qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va ishtirok etish; – davlatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ma’naviy-madaniy tadbirlar, markaziy ekspozitsion ko‘rgazmalarni tashkil etishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, turizm sohasini rivojlantirishga qartilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; − epidemiya va pandemiyaga qarshi kurashish uni oldini olish aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar va yordamlar sifatini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy muhofaza qilish, salomatligini mustahkamlash ularni qo‘llab-quvvatlash; – fondning Ustav faoliyati doirasida respublikadagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar, xalqaro, chet el yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlikda qo‘shma dastur va startop biznes loyihalarni ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirish, ilm-fan hamda ishlab chiqarish sohalarini qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |