tuzilishi haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga mo'ljallangan jarayondir.
Ulardan samarali foydalanish quyidagi sharoitlarga bog'Iiq;
— model obyektning xususiyatlarini aks ettiruvchi bo'lishi kerak;
— m a’lum yoshdagi bolaning idrok qilishi uchun mos bo'lishi kerak;
— bilim, ko'nikm a va malakalarni egallash jarayonini yengillashtirishi
zarur.
M odellardan foydalanish m a’lum darajada aqliy operatsiyalarni ham
sh akllan tirishg a xizm at qiladi (analiz, sin te z , m avhum lashtirish,
umumlashtirish, taqqoslash).
Ko'rgazmali metodlar — bu bilim, ko'nikma va malakalarni egallashda
k o 'rg a z m a li q u ro lla r va tex n ik v o sita la r yord am id a b e rilad ig an
m a’lumotlardir.
Ko'rgazm alardan foydalanish nutqiy materialni egallashni yengil-
lashtiradi, nutqiy ko'nikm a va malakalarni
rivojlantirish uchun xizmat
qiladi. Sezgi obrazlariga tayanish, nutqiy ko'nikm a va malakalarni aniq,
tushunarli qilib o'zlashtirishni ta ’minlaydi, ham da logopedik ishning
samaradorligini oshiradi.
Ko'rgazmali metodiarga kuzatish, rasmlarni ko'rish, maketlar, diafilm,
kinofilm larni k o 'rish , m agnitofo nlarn i eshitish,
ham da to p sh iriq
namunasini, harakat usulini ko'rsatish kabilar qiradi.
Kuzatish — rasm, artikulatsiya profili, maket, artikulatsiya tovushlari,
mashqlarni qo'llash va ko'rsatish bilan bog'Iiq.
Aytib o 'tilg an q o 'llanm alardan foydalanish, bolalar tasavvurini
kengaytirish, bilish faoliyatini rivojlantirish va logopedik ishning
samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Ko'rgazmali vositalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) hammaga yaxshi ko'rinishi;
2) bolaning individual-ruhiy va yosh xususiyatlarini
hisobga olib
tanlanishi;
3) korreksiyalash davridagi m a’lum bosqich vazifalariga mos logopedik
ishlarni tanlash;
4) aniq va tushunarli nutq bilan izohlanishi.
Ko'rgazmalardan foydalanish m a’lum maqsadga qaratilgan bo'lishi
mumkin: sensor sohadagi kamchiliklarni korreksiyalash (rang, shakl,
kattaliklar va h.k. haqidagi tasawurlar), fonematik idrokni rivojlantirish
(rasmlarda m a’lum bir tovush ishtirok etgan so'zni topish), tovush analizi
va sintezini rivojlantirish (sujetli rasmlardan nomida 5 ta tovush ishtirok
etgan rasmni topish), tovushning to'g'ri talaffuzini mustahkamlash, lug'at
boyligi, nutqning grammatik tuzilishi, bog'langan nutq ustida ishlash
(sujetli rasmlar asosida hikoya tuzish).
M ag n itofo n, plastinkadagi ovozlarni
takrorlash logoped bilan
birgalikda suhbat bilan olib boriladi. Bolalarning nutqi yozilgan magnitofon
len ta la ri ta h lil qilish, nu q so n larn i ajratib olish , korreksion ish
63
bosqichlaridagi nutqni solishtirish uchun xizm at qiladi va ishning
samaradorligini oshiradi.
Diafilm, kinofilmlardan tovushlarni nutqda mustahkamlash, hikoya,
su hb at qilish ja ra y o n id a h am da b o g 'la n g a n
va tu sh u n a rli nutq
k o 'n ik m a la rin i riv o jla n tirish d a , d u d u q la n ish n i b a rta ra f e tish d a
foydalaniladi.
Logopedik ishda og'zaki metodlardan bolaning yosh xususiyatlari,
nutqiy nuqson tuzilishi, korreksion ta’sirning maqsadi, vazifasi, bosqichini
hisobga olgan holda foydalaniladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ishda og'zaki
metodlar, amaliy va ko'rgazmali metodlar bilan birgalikda olib boriladi.
Maktab yoshidagi bolalar bilan ishlashda asosan og'zaki metodlarga
tayaniladi. Misol uchun, duduqlanishni bartaraf etishda o'qilgan kitob,
m a’ruza, yod olingan she’r, o'qiganini
hikoya qilish, shaxsiy tajribalarini
gapirib berish xususida suhbatlar o'tkaziladi.
Og'zaki metodlarning asosiy shakllari bu — hikoya, suhbat va o'qish.
Hikoya — bu ta ’limning shunday shakliki, bunda har qanday bayon
ta ’riflovchi xarakterga ega bo'ladi. Undan bolalarda biron voqea, hodisa
haqida
tasawurlarni hosil qilish, namunali nutqni eshittirish, bolalarni
keyingi mustaqil ishlarga tayyorlash, lug'atni boyitish, nutqning grammatik
shakllarini mustahkamlash maqsadida foydalaniladi.
Hikoya bolaning tafakkuri, tasawurlari, sezgilarga ta ’sir qiladi, nutqiy
muloqotga kirishish, fikr almashishga undaydi.
Didaktik vazifalarning xususiyatlariga
qarab tayyorlov, xulosalovchi,
umumlashtiruvchi suhbatlar qo'llaniladi. Tayyorgarlik suhbati jarayonida
logopedik bolalarning bilimlarini aniqlaydi, yangi mavzuni o'zlashtirish
uchun ko'rsatma beradi. Misol uchun,
Do'stlaringiz bilan baham: