202 -guruhda "Nemis tili" fanidan o'tkazilgan ochiq darsi tahlili Eshitildi: Kafedra mudiri: PhD. I.Rustamov:
Biz Tabiiy fanlarda chet tili kafedrasi o'qituvchisi Mamaziyayev Zoxidning ochiq darsini kuzatdik. Avvalo uning o'zidan dars yuzasidan fikrini so'raymiz. Mashg’ulot davomida erishgan yutuqlari, yoki ulgurmay qolgan tomonlarini aytib bersin.
Eshitildi: M.X.Mamaziyayev :
Bugun ikkinchi juftlikda Tabiiy fanlar fakulteti Informatika yo’nalishi
205 -guruhda “ DIE GROSSE STÄDTE IN DEUTSCHLAND “ mavzusida ochiq darsim bo'lib o'tdi. Darsning maqsadi talabalar o`tilgan mavzular yuzasidan chuqur bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish bilan birga ularda darsga bo`lgan motivatsion ruhni uygotish edi. Shu bilan birgalikda dars davomida ularni yozma va og’zaki nutqlarini ustirishga qaratilgan edi. Mashg’ulot boshida talabalar bilan salomlashgach, davomatni aniqlash maqsadida kleines Gespräch o`tqazdim. Chet tiliga qiziqishlarini oshirish maqsadida sana, hafta kunlari hamda qisqacha ob-havo haqida soraldi. Doskaga sanani yozib qo'yildi. O'tgan mavzuni takrorlashda dastlab guruh talabalarini ikki guruhga ajratildi. O’tilgan mavzuga doir tayyorlangan kartochkalar hamda savollar asosida o’tilgan mavzu va vazifa so’raldi. Natijada ko’pchilik talabalar baholandilar. Yangi mavzu: DIE GROSSE STÄDTE IN DEUTSCHLAND mavzusi doskaga yozib qo’ildi. Mavzuga doir yangi so’z va iboralar doskani o’ng tarafidagi qismiga yozib qoyilgan edi. Yangi zo’zlarni talaffuzi o’rganilib, ular ishtirokida iboralar hamda gaplar tuzildi. Shundan so’ng “Wie spät ist es ?” “Soat necha bo’ldi ?” so’rog’i ostida vaqtni nemis tilida aytish o’rganildi. Wie spät ist es ? – (10 Uhr) Es ist 10 Uhr. (7 Uhr15) – Es ist Viertel nach sieben. (9 Uhr 30) – Es ist halb zehn.
So’ngra „DIE GROSSE STÄDTE IN DEUTSCHLAND“ matnini ifodali o’qib eshittirdim. Bir necha talabalarni o;qish texnikasini eshitildi. Berilgan yangi so‘z va iboralar yordamida matn tarjima qilindi.
Dars davomida talabalarga turli xil mashqlar bajartirdim, talabalarga tushunarli bolishi uchun mavzuni yoritishda slaydlardan va interaktiv metodlardan “BBB” metodlaridan foydalandim.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun tarqatma matreallardan foydalanib mashq bajarildi. Ayrim talabalarni do’stlari yoki dugonalari haqida so’raldi. Ular do’stalrini yoki dugonalarini tug’ilgan kunlarini aytib ularni tabrikladilar. Uyga vazifa qilib shu mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob yozib kelish hamda yangi so’z va iboralarni o’rganib kelish topshirig’I berildi.