(masalan, “0 ‘zbekiston adabiyoti va s a n ’ati''
gazetasi).
54
Ixtisoslashgan gazetalar jam iyat hayotining ayrim tomonlarini
kengroq
yoritib,
umumsiyosiy
gazetalarni
to‘ldirib
keladilar.
Ixtisoslashgan gazetalar odatda markaziy gazetalar hisoblanadi, faqat,
ayrim viloyatlardagina bunday maxsus gazetalar chiqarilishi mumkin.
3.
Tarmoq gazetalari - jamiyat hayoti, mamlakat iqtisodiyoti yoki
tashkiliy tuzilmalarining ayrim tarmogMni kengroq yoritish uchun nashr
etiladi. Bunday gazetalar, odatda biron-bir soha b o‘yicha vazirlik yoki shu
maqomdagi tashkilot tomonidan chiqariladi. Bunga misol qilib respublika
Aloqa vazirligi tomonidan chiqarilayotgan “Xabar”, Ichki ishlar
vazirligining - “Postda”, Temir yoTlar idorasiga qarashli “Temir y o‘lchi”
gazetalarini ko‘rsatish mumkin. Bunday gazetalar asosan, shu sohada
ishlovchi kishilar uchun, ayrimlari esa keng o ‘quvchilar ommasi uchun
(masalan “Postda”) moTjallangan bo‘ladi. Ayrim tuman va korxonalarda
chiqariladigan umumsiyosiy gazetalar (masalan, asosan chorvachilik bilan
shug‘ullanuvchi biror tuman gazetasi, oliy o ‘quv yurtlari yoki yirik sanoat
korxonalarida chiqadigan ko‘p nusxali gazetalar) m a’lum m a’noda tarmoq
gazetalariga yaqin turadilar. Tarmoq gazetalari ham jam iyat ijtimoiy-
siyosiy hayotini umumlashtirgan holda o ‘z tarmog‘i hayotini keng va
chuqur yoritib, gazetaning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Gazetalar har bir mamlakatning m a’muriy-hududiy bo‘linishi nuqtai
nazaridan ham turli xil bo‘ladi:
1. Markaziy gazetalar;
2. Viloyat gazetalari;
3. Shahar gazetalari;
4. Tuman gazetalari;
5. Korxona, muassasa gazetalari;
6. Devoriy gazetalar.
M a’muriy — hududiy jihatdan boTinuvchi gazetalar jahon va o ‘sha
davlat hayotidagi voqealardan eng muhimlarini yoritish bilan birlikda o ‘z
hudvididagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy hayotni keng va chuqur
yoritadi. Shu tarzda gazetalar butun mamlakat hayotini ham sohalar, ham
hududiy jihatdan, to ‘liq va mufassal yoritilishi, jumalistikaning «har
taraflama, har yerda hozir va hamma narsadan xabardor» degan
qoidasining to ‘la bajarilishiga erishadilar.
55
Gazetalarnmg hududlarda chiqarilishi AQSh, Angliya, Germamya va
boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham keng uchraydi. Jumladan,
mamlakatning yirik gazetalaridan biri bo‘lmish «Baltimor san» (“Baltimor
quyoshi”) gazetasi AQSh ning Baltimor shahrida, «Denver post» (“Denver
pochtasi”) gazetasi Denver shahrida, «Los-Anjeles tayms» (“Los-Anjeles
vaqti”) gazetasi Los-Anjelesda chiqadi. Shuningdek, mamlakatda «San-
Fransisko kronikl» (“San-Fransisko xronikasi”), «Chikago tribyun»
(“Chikago minbari”) gazetalari ham nomlari ko‘rsatilgan shaharlarda
chiqadi.
Angliyaning «Birmingem post»
(“Birmingem pochtasi”),
«Yorkshir post» (“Yorkshir pochtasi”) gazetalari ham Birmingem va
Yorkshir shaharlarida nashr etiladi. Germaniyaning Gamburg, Myunxen,
Bonn va boshqa yirik shaharlari ham o‘z gazetalariga ega. Bu holni
Fransiya, Rossiya misolida ham ko‘rish mumkin. Turkiyanmg ham har bir
viloyatida yirik umumsiyosiy gazetalar nashr etiladi. Respublikamiz ham
rivojlangan gazetalar tarmogciga ega. 0 ‘zbekistonning har bir viloyati
o ‘zining bir yoki bir necha gazetasiga ega. Respublikamizning barcha yirik
shaharlarida, tumanlarda ham maxsus gazetalar chiqariladi. Shuningdek,
bizda yirik korxonalar, oliy o ‘quv yurtlarida chiqariladigan ko‘p nusxali
gazetalarning ham keng tarmog‘i faoliyat k o‘rsatib turibdi.
Korxonalar, ta ’lim muassasalari, oliy o ‘quv yurtlarida doimiy
ravishda chiqib turadigan devoriy gazetalar ham gazetachilik tasnifining
tarkibiy qismi bo‘lib, jurnalistikamizni to ‘ldirib, ijtimoiy hayotning barcha
sohalarini hamma joyda yoritish imkonini beradi.
Gazetalar yana kechki va kunduzgi gazetalarga ham bo‘lmadilar.
Aksariyat umumsiyosiy, ixtisoslashgan va tarmoq gazetalari kunduzi
chiqadi. Shu bilan birgalikda dunyoning ko‘pgina yirik mamlakatlarida
qator gazetalar kechqurun chiqadi. Bunga misol qilib, AQShda chiqadigan
«Vashington ivning star» (“Vashingtonning kechki yulduzi”), Angliyaning
«Ivning nyus» (“Kechki yangiliklar”), «Ivning standard» (“Kechki
bayroq”), Germaniyaning «Gamburger abendblatt» (“Gamburg kechki
varaqasi”), Fransiyaning «Fransuar» (“Kechki Fransiya”), Yaponiyaning
«Asaxi
ivning
nyus»
(“Quyosh
chiqar
mamlakatining
kechki
yangiliklari”), Turkiyaning «Aksham» kabi gazetalarini keltirish mumkin.
Rossiyada «Известия» gazetasining kechki soni, «Вечерняя Москва»
56
gaze talari, Qozog‘istonda «Ogni Alatau» (“Olatog1 chiroqlari”) kabi
kechki gazetalar chiqadi. Respublikamizda “Toshkent oqshomi” va
«Вечерний Ташкент» kabi kechki gazetalar mavjud. Kechki gazetalar,
asosan, yirik, poytaxt shaharlarida chiqariladi, bu uning tezlikda tarqalishi
uchun muhimdir. Kechki gazetalar kunduzgilardan farqli ravishda, ijtimoiy
hayot masalalarini umurnan yoritgan holda o‘quvchilarga eng yangi
xabarlar, madaniy-ma’rifiy m a’lumotlami ko‘proq yetkazib beradi, dam
oldiradi.
Gazetalar aholining yoshiga qarab ham tabaqalanadi va kattalar
uchun, yoshlar uchun, bolalar uchun m o‘]jallab chiqariladi.
Gazetalar kundalik — haftada yetti marta, olti marta, besh marta, uch
marta, ikki marta va bir marta chiqishi mumkin. Haftada bir marta
chiquvchi gazetalar haftalik deb nomlanadi. Bunday gazetalarda turli
axborotlar bilan bir qatorda sharhlar, tahliliy va madaniy-ma’rifiy
materiallar kocproq o Lrin oladi. Odatda, ayrim gazetalar har haftada o ‘z
ilovalarini chiqaradilar. Masalan, Rossiyadagi «Известия» gazetasining,
«Неделя», “Toshkent oqshomi” gazetasining, “Toshkent haftaligi” va
«Ташкентская неделя» kabi va boshqa ilovalari chiqariladi. Ayrim
korxonalar, oliy o ‘quv yurtlarining ko ‘p nusxali gazetalari, devoriy
gazetalar, oyda bir yoki ikki marta chiqishi mumkin.
Gazetalar ko‘p sahifali — 100 va undan ortiq, 16 — 40, 4— 16, 4 — 8
va 2 sahifali b o‘lishi mumkin. Hajmi, bichimiga qarab ham gazetalar katta
bichimli, kichik bichimli bo‘lishi mumkin. K o‘rinib turibdiki, ommaviy
axborot vositalarining asosiy turi bo‘lgan gazetalar o ‘z navbatida turli
xillarga va k o‘rinishlarga b o ‘linib ketadi. Bu — gazetaning ijtimoiy
hayotni to ia , har taraflama yoritishga imkon beradi.
O cz milliy mustaqilligiga erishgan respublikamizda gazetachilik juda
tez sur’atlar bilan rivojlanib, dunyodagi eng yirik mamlakatlar
gazetachiligi mezonlariga yaqinlashib bormoqda. 0 ‘zbekistonimizda
gazetachiligirmzning' yanada taraqqiy etishi, rang-baranglashuvi uchun
barcha imkoniyatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |