O'zbck jurnalistikasi tasnifi va tarkibi
bo‘yicha reyting topshiriqlari
1. Ommaviy axborot vositalarining vujudga kelishi va insoniyat tarixi.
2. Matbuotning dastlabki ко ‘rinishlari haqida та ’lumot bering.
3. Dastlabki qo
‘lyozma varaqalar haqida qanday та ’lumotga egasiz?
4. Yozma adabiyot namtmalarining matbuot materiali funksiyalarini
ajratganliklari t o ‘g ‘risidagi та ’lumotlarni izohlang.
5. Bosma dastgoh qayerda va qachon ixtiro qilindi?
6. Birinchi bosma nashrlar qayerda va qachon p a yd o bo ‘Idi?
7.
Gazeta va jurnallarning vujudga kelishiga nima sabab bo ‘Idi?
8. Ommaviy axborot vositalarining keyingi taraqqiyoti haqidi so ‘zlab
bering.
48
O'zbek jurnalistikasi tasnifi va tarkibi bo‘yicba
nazorat savollari
1. Jumalistikaning ijtim oiy institut sifatidagi faoliyati.
2. О ‘z zamonining ijtim oiy illatlarini fosh etgan shoirlar faoliyati.
3. Тот та ’nodagi matbuotning vujudga kelishida hal qiluvchi
ahamiyat kasb etgan manbalarni ayting.
4. Gazeta dastlab qachon vujudga kelganini bilasizmi?
5. “Turkiston viloyatining gazeti ” kimlarga xizm at qildi?
6. Gazetaning jurnaldan fa rq i nimada?
2.2.1. GAZETA
M a’lumki, jurnalistika yoki ommaviy axborot vositalari asosan gazeta,
jurnal hamda jumalistikaning elektron texnikaga asoslangan radio va
televideniye, internet kabi ko‘rinishlaridan iborat.
Gazeta - jamiyatning shu kundagi, ayni zamondagi ijtimoiy - siyosiy,
iqtisodiy - ishlab chiqarish va madaniy - m a’naviy hayotini aks ettiruvchi
ommaviy axborot turi. Uning asosiy vazifasi o ‘quvchini jamiyatning shu
kundagi, ayni zamondagi hayoti haqida axborot berish, bo‘layotgan voqea
va hodisalardan xabardor qilishdir. Gazeta jam iyat hayotining barcha
sohalarini qamrab olarkan, shu kunning tarixini butun to ‘la1igi bilan aks
ettiradi. Gazeta o ‘quvchiga dunyoni bildiradi, uning ongini oshiradi,
ma’naviy oziq beradi, ijtimoiy faoliyatini yoiialtiradi va laollashtiradi.
Gazeta umuminsoniy madaniyatning hosilasi va uni taraqqiy ettiruvchi
muhim omildir. Gazeta jamiyatdagi uch ijtimoiy tuzilma — qonun
chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatidan keyin to ‘rtinchi hokimiyat
sanaluvchi jumalistikaning asosiy o £zagi hisoblanadi. Jamiyatdagi turli
tabaqalar, sinflar, partiyalar o ‘zlarining shu kundagi, ayni zamondagi
manfaat va qarashlarini ishlab chiqish, ommaga yetkazish va muxolif
guruhlarga qarshi kurashda gazetadan keng foydalanadilar.
Gazeta vaqtli jumalistikaning eng asosiy, eng qulay turidir. Shunmg
uchun ham u ommaviy axborot vositalari orasida eng asosiy, bosh o'rinm
cgallaydi. Uni qayta — qayta o ‘qish, qo‘ldan — q o ig a o ‘tkazish, saqlab
qo‘yish mumkin, zero, u moddiydir, ya’ni, hujjat xususiyatiga egadir. Bu
jihatdan u oniylik xususiyatiga ega bo ‘lgan radio va televideniyedan
49
oldinda turadi. Gazetaning chiqarilishi va tarqatilishi ham boshqa
ommaviy axborot vositalariga qaraganda qulay va osonroqdir. Uning
jurnalistika tasnifida bosh o‘rinni egallashi faqat shundagina emas, balki
gazetaning hayotning barcha sohalariga aralashishi va chuqur kirib
borishida
hamdir.
Unda
ijtimoiy
hayot jurnalistikaning
boshqa
koiinishlariga qaraganda tezkor va har taraflama o ‘z aksini topadi.
Gazetaning jurnalistika tasnifida birinchi o‘rinda turganligi uning
tarixidan ham kelib chiqadi. Y a’ni, gazeta jurnalistikaning eng qadimgi,
eng ilk turidir. U o ‘zidan oldingi jurnalistikaning ilk kurtaklari - sopol va
gipsdan yasalgan taxtachalar yoxud keng ommalashgan qoiyozm a
varaqalaming qonuniy vorisi sifatida paydo b o id i. Uning nomi ham
o ‘zidan oldingi qoiyozm a varaqalar (Venetsiyada chiqarilgan va
«gatsetta» degan tangaga sotilgani uchun «gazeta» deb nom olgan) dan
olinganligi ham buni isbotlaydi.
Gazetalarning paydo b o iish id a jurnalistikaning tcxnik asosi - bosma
dastgohning ixtiro qilinishi asosiy rol o'ynaydi. Birinchi bosma gazetalar
XVII asrning boshlarida Yevropada paydo b o id i. Bular - 1609-yilda
Germamyada nashr etilgan «Aviso», «Oder Zeitung» gazetalari, 1622-
yilda Angliyada dunyo yuzini ko‘rgan «Weekly News from», 1631-yildan
e’tiboran Parijda chiqa boshlagan «La gazette» gazetalari edi. AQShda
birinchi bosma gazeta 1690-yiIda chiqdi. Rossiyada nashr etilgan birinchi
bosma gazeta rus podshosi Petr I tomonidan chiqarilgan «Ведомости»
gazetasidir. Turkistonda paydo b o ig a n ilk gazeta esa 1870-yildan
e ’tiboran chiqa boshlagan rus tilidagi «Туркестанские ведомости» va
uning o ‘zbek tilidagi ilovasi — “Turkiston viloyatining gazeti” edi.
Insoniyat tarixida vujudga kelgan har bir gazetaning dunyo yuzini
k o iish i uchun bir tomondan kishilarning axborotga b o ig a n talabi asos
b o iib xizmat qilgan b o isa , ikkinchi tomondan biror yakka hukmdoming
yoki guruhning ijtimoiy-siyosiy, g ‘oyaviy va iqtisodiy ehtiyoji turtki
boigan. Yakka hukmronlik o ‘m iga kelgan erkin ish ko‘rish jamiyati
davrida gazetachilik misli ko‘rilmagan darajada taraqqiy etdi, chunki, u
davrda ijtimoiy - siyosiy manfaatlar qatorida iqtisodiy manfaatlar - foyda
olish y o iid a ham xizmat qila boshladi. Ammo u yoki bu mamlakatda
faoliyat ko‘rsatgan ilg‘or fikrli, taraqqiyparvar kuchlar gazetadan
50
o‘zlarining ijtimoiy qarash va g ‘oyalarini shakllantirish va ommaga
yetkazish uchun foydalandilar. Bunga misol sifatida XX asr boshlarida
Turkistonda vujudga kelgan taraqqiyparvar jadidchilik harakati va uning
jumalistikasini olib ko‘rishimiz mumkin. Turkistonning ilg‘or fikrli
ziyolilari b o ig a n jadidlar о ‘zlarming m a’rifatparvarlik g ‘oyalarini xalqqa
yetkazish uchun «Taraqqiy», «Xurshid», «Sadoyi Turkiston», «Sadoyi
Farg‘ona», «Samarqand» kabi gazetalami nashr etdilar. Bu gazetalarning
boshida xalqimizning asl farzandlari M.Abdurashidxonov, M.Behbudiy,
A.Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon va boshqalar turdilar.
XIX asrning o ‘rtalaridan boshlab, jahon mafkura maydoniga kirib
kelgan kommunistik ta iim o t tarafdorlari ham gazetadan o ‘z g ‘oyalarini
ommaga yoyish uchun foydalandilar. K.Marks va F.Engels tomonidan
1848-yilda Germamyada nashr etilgan «Yangi Reyn gazetasi», V.l.Lenin
boshchiligida chiqarilgan «Искра», «Правда» va boshqa gazetalar shular
jumlasidandir.
Kommunistik
gazetachilik
1917-yil
rus
proletar
o‘zgarishidan keyin juda keng y o ig a qocyildi. Bu hoi Rossiyaning
mustamlakasi sifatida qolgan 0 ‘zbekistonda ham yuz berdi. Ammo
insoniyat yetmish yildan ortiqroq davom etgan yakka g ‘oya hukmronligiga
asoslangan kommunistik tuzum va uning jumalistikasini rad etdi.
Kommunistik jurnalistikaga qarama-qarshi ravishda dunyoning erkin
mamlakatlarida erkin jurnalistika ham faoliyat ko ‘rsatib keldi va uning
asosiy qismini gazetalar tashkil etdi. Hozirga kelib, dunyoda qariyb o ‘n
mingga yaqin nomda kundalik gazetalar nashr etiladi.
0 ‘z milliy mustaqilligiga erishgan respublikamizda gazetachilikka
katta e ’tibor berilmoqda. Hozirga kelib respublikamizda bosma nashrlar
soni mingdan ortib ketdi. 0 ‘zbek gazetachiligi ham son, ham sifat jihatidan
o ‘sdi, takomilga erishdi. 0 ‘zbekiston ommaviy axborot vositalarining
ajralmas tarkibiy qismi b o ig a n respublika gazetalari ommaga keng
miqyosda axborot yetkazib bermoqda, mamlakatimizda katta jabhada olib
borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy islohotlami
amalga oshirishda muhim rol o ‘ynamoqda.
Gazetada jurnalistikaning barcha ichki qoidalari o ‘z, ifodasini topadi.
Gazeta jurnalistikaning asosiy ijtimoiy vazifalarini t o l a bajaradi, u
ommaga ijtimoiy axborot yetkazib beradi, jamiyatda b o iib turgan voqea
51
va hodisalarni tasvirlaydi, tahlil etadi va jamiyatga qaytadan ta’sir
ko'rsatadi. Gazeta ijtimoiy hayotni yoritishda o ‘zidan keyin turuvchi jurnal
bilan o ‘zaro munosabatga kirishadi, ular o'rtasida m a’lum darajada
“mehnat taqsimoti” o ‘matiladi. Bunda gazeta ko‘proq (75 foizga yaqin)
tasvir ijtimoiy vazifasini bajarib, tahlil ijtimoiy vazifasining asosiy qismini
jum alga qoldiradi. Y a’ni, gazeta shu kunda, ayni zamonda jamiyatda yuz
berayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish va madaniy-
m a’naviy voqea va hodisalarga asosiy e ’tiborini qaratadi, ko‘proq axborot
berish bilan shug‘ullanadi. Ammo, bu gazeta jam iyat hayotini tahlil etishda
ishtirok etmaydi, degan m a’noni bermaydi, balki, u ham bu ijtimoiy
vazifani bajarishda o‘z maydoni, imkoniyati darajasida qatnashadi.
Shuningdek, har bir tasviriy axboriy materialda ham tahlil unsuri mavjud
boiadi. Gazeta shu bilan birgalikda jumalistikaning ta’sir ijtimoiy
vazifasini bajarishda ham ishtirok etadi, hayotni tasvir va tahlil etibgina
qolmasdan, unga bevosita va bilvosita ta’sir ham qiladi. Gazeta
jumalistikaning bosh tamoyillari - umuminsoniylik, xalqchillik, milliylik,
haqqoniylik va boshqa qoidalariga ham bo‘ysunib
ish ko‘radi.
A n’anaviylik va yangi omillar yaratish qonuniyatiga amal qilish,
jamoatchilik fikrini shakllantirish va jumalistikaning boshqa qonun-
qoidalari ham gazeta uchun bevosita taalluqlidir. Jumalistikaning
yuqoridagi barcha qonun va qoidalari avvalo gazeta faoliyatida
shakllanganligi boisidan ham u jurnalistika tasnifining asosiy markazida
turadi.
Gazeta sahifalarida hayotni aks ettirishning alohida turi bolm ish
publitsistikaga keng o ‘rin beriladi. Gazetada publitsistikaning axboriy
(xabardor qiluvchi) qismi va uning janrlari - xabar, reportaj,
korrespondensiya (kichik maqola) va boshqalar keng o ‘rin oladi.
Shuningdek, publitsistikaning tahliliy va badiiy-publitsistik turlari ham
gazetada keng qoilaniladi. Gazeta o ‘z sahifalarida fotojumalistika va
rasmchilikdan ham keng foydalanadi.
Ommaviy axborot vositalarining muhim turi b o ig an gazetalar o ‘z
navbatida turli xillarga b o iin ib ketadi. Ular avvalo ijtimoiy hayotni
yoritish nuqtai nazaridan uchga bolinadi:
1. Umumsiyosiy gazetalar;
52
2. Ixtisoslashgan gazetalar;
3. Tarmoq gazetalari.
;
1
Umumsiyosiy gazetalar ijtimoiy hayotni umumsiyosiy nuqtai
nazardan, ya’ni, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ishlab chiqarish,
madaniy-ma’naviy hayotining bosh, ko‘pchilik uchun zarur masalalarini
yoritadi, hamda har bir hududdagi aholining ko ‘pchiligi uchun m o‘ljallab
chiqariladi.
Dunyodagi aksariyat gazetalar umumsiyosiy gazetalar
sanaladi. Bunga misol qilib AQSh da chiqadigan «Vashington post»
(«Vashington pochtasi»), «Nyu-York tayms» («Nyu York vaqti»),
«Baltimor san» («Baltimor quyoshi»,) «Uoll-strit djornel» («Uoll-strit
gazetasi»), Angliyada chiqadigan «Gardian» («Posbon»), “Deyli Mirror»
(«Kundalik oyna»), “Observer» («Kuzatuvchi»), «Tayms» («Vaqt»),
«Sandi tayms» («Yakshanba vaqti»), Germaniyada chiqadigan «Berlinner
saytung» («Berlin gazetasi»), «Frankfurter Algemeyne Tsaytung»
(“Frankfurt suratli gazetasi»), «Di Tsayt» («Vaqt»), «Di velt» («Olam»),
Fransiyada nashr etiladigan «Figaro», «Mond» («Olam»), «Liberatsion»
(«Ozodlik»), «Yumanite» («Insoniyat»), Yaponiyada chiqib turuvchi
«Asaxi» («Quyosh»), «Tokio simbun» («Tokio gazetasi»), Xitoyda
chiqadigan «Jenmin jibao» («Xalq gazetasi»), Hindistonda chiqadigan
«Hindustan tayms» («Hindiston vaqti»), Turkiyada nashr etiladigan
«Jumhuriyat»
(«Respublika»),
«Milliyat»
(«Millat»),
Rossiyada
chiqadigan «Известия», «Правда», «Труд» kabi gazetalami ko‘rsatish
mumkin.
Umumsiyosiy gazetalar qaysi tashkilot tomonidan chiqarilishiga
qarab, rasmiy (hukumatga qarashli), partiya yoki jamoat tashkilotlari
gazetalari hamda mustaqil gazetalar b o iish i mumkin. Bunga misol qilib,
respublikamizda chiqadigan rasmiy - “Xalq so‘zi”, «Правда Востока»,
Do'stlaringiz bilan baham: |