edi. Keyinchalik tarbiya inson faoliyati va ongining alohida sohasiga aylandi.
Yangi tug‟ilgan bolani jamoadagi keksalar, oqsoqollar boqardilar. Matriarxat
taraqqiyotining oxirlarida bolalarni tarbiyalash uchun yoshlar uylari paydo bo‟lib, ularda
urug‟ oqsoqollari bolalarga tarbiya berganlar. Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari
uchun maxsus maktablar tashkil etilgan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim beradigan
kishini «didaskal» («o‟qitaman», «o‟rgataman» so‟zidan olingan) deb ataganlar. Bolalarni
maktabga qullardan biri boshlab borgan yoki sayrlarga olib chiqqan bunday tarbiyachi
«pedagog» («payne»- bola, «agogeyn»- yetaklamoq so‟zidan olingan) deb atalgan. Bu
tushunchalar hozirda ham o‟qituvchiga nisbatan ishlatiladi, lekin uning mohiyati boshqacha
Do'stlaringiz bilan baham: |