KIRISH
Mavzuning
dolzabligi.
Mustaqillikning
dastlabki
yillaridan
boshlab
O’zbekistonda buђdoy etishtirish sohasida
miqdor jihatdangina emas, sifat jihatdan ham
zo’r yuksalishlarga erishildi; bozor iqgisodiyotiga o’tilishi munosabati bilan joriy etilgan
iqtisodiy yo’nalishlar, agrar fanining rivojlanishi, qishloq xo’jaligining istiqbolli
tarmoqlarida yangi texnologiyalarni qo’llash mamlakatimizda donchilikning keng
ko’lamda rivojlanishiga olib keldi.
Respublikadagi yangi agrar siyosat natijasi o’laroq qishloq xo’jaligida bir
tomonlama rivojlanish to’xtatildi. Qishloq xo’jaligidagi islohotlar donchilikni
rivojlantirish va ekin maydonlarni kengaytirish, hosildorlikni ko’tarish,
muayyan
hududlarning tuproq va iqlim sharoitini hisobga olgan holda yangi buђdoy navlarini
ishlab chiqarishga tatbiq qilish, qisqa muddatda ularning agrotexnikasini ishlab chiqish
va aholining donga bo’lgan ehtiyojini o’zimizda etishtirilgan hosil xisobiga qondirish
tadbirlari amalga oshirildi.
Prezidentimiz
Islom
Karimovning
«Jahon
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi,
O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarida qishloq
xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash sanoati faoliyati ham keng yoritilgan.
Qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar orqali erishilgan
natijalari to’g`risida to’xtalar ekan, Prezidentimiz o’tgan yilda qishloq xo’jaligi
ishlab
chiqarishining samaradorligini yanada oshirish printsipial muhim ahamiyatga ega ekanini
inobatga olib, fermer xo’jaliklariga ajratilayotgan er maydonlarini optimallashtirish
borasida zarur ishlar amalga oshirilganligini, dastlab zarar ko’rib ishlaydigan, rentabelligi
past va istiqbolsiz shirkat xo’jaliklarini tugatish negizida tashkil etilgan xususiy fermer
xo’jaliklari bugungi kunda haqli ravishda qishloqda etakchi bo’g`inga – qishloq xo’jalik
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy kuchga aylanganligini ta`kidlab o’tdilar.
Davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan ana shunday e`tibor va amaliy yordam
tufayli 2008 yilda fermer xo’jaliklarining qishloq xo’jaligi mahsulotlari asosiy turlarini
ishlab chiqarishdagi ulushi sezilarli darajada oshdi..
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Inqirozga qarshi choralar dasturida
ishlab
chiqarishni
mahalliylashtirish, oziq-ovqat va boshqa iste`mol tovarlari ishlab chiqarishni
kengaytirishni rag`batlantirish tadbirlari ahamiyatli o’rin tutadi.
Oziq-ovqat va boshqa iste`mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni
rag`batlantirish bo’yicha qabo’l qilingan dasturlarda mamlakatimiz ishlab chiqarish
korxonalari uchun keng ko’lamli rag`batlantirish tizimi nazarda tutilgan. Jumladan, ular
uchun 2012 yilning 1 yanvarigacha quyidagi soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda:
Prezidentimiz o’z ma`ruzalarida mamlakatni modernizatsmya kilishning printsipial
ahamiyatga ega bo’lgan asosiy yo’nalishlariga yana bir bor e`tibor qaratib o’tdilar.
Qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishni jadal rivojlantirish, meva-sabzavot
va chorva mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha zamonaviy texnika hamda texnologiyalar
bilan jihozlangan ixcham korxonalarni tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirishdan
iborat.
Bu borada vazifa keng miqyosda qo’yilmoqda – ya`ni, qishloq xo’jalik
mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish hisobidan qishloqda ixcham texnologiyalar
bilan jihozlangan yangi, zamonaviy qayta ishlash korxonalarini shakllantirish va ularning
keng ko’lamda faoliyat yuritishi uchun har tomonlama mustahkam xomashyo bazasini
tashkil etish zarur.
Don
maxsulotlarini etishtirish, tashishi, saqlash va kayta ishlash fan-texnika
yutuklaridan foydalanib, ilmiy asosda tashkil etilsa, ilgor tajribalarga tayanibish kurilsa
don isrofgarchiligi ancha kamayadi. Xalkaro kishlok
xujaligi tashkilotining
ma`lumotlariga karaganda, dunyo buyicha don maxsulotlarining isrof bo’lishi 6-10
foizdan oshmaydi. Bizda esa xozirgi davrda bu ko’rsatkich ba`zan 15-20 foizni tashkil
etayapti. Respublikamizda bu ko’rsatkichni yiliga 1-2 foizga kamaytirish muxim
vazifalardan xisoblanadi.
Don maxsulotlarini uzoq muddatda saqlash borasida kimyo, fizika, biokimyo,
biotexnologiya,
usimliklar fiziologiyasi, agrokimyo, mikrobiologiya, usimlikshunoslik,
sabzavotchilik, usimliklarni ximoya kilish va boshka bir kator fan yutuklaridan unumli
foydalanilmokda.
Ma`lumki dondan ishlab chikariladigan maxsulotlar un,
yorma va omixta
emlarning sifatini oshirish, xalkning bu maxsulotlarga bo’lgan talabini kondirish donni
saqlash va uni kayta ishlash korxonalarining istikboli bilan bog`liq. Ayniksa un ishlab
chikarish va texnika texnologiyasini takomillashtirish, sifatli un maxsulotlari olish
bugungi kunning dolzarb masalalariidan xisoblanadi.
Har kanday tirik organizm singari inson organizmi
uchun xam xayot faoliyatini
saqlashda ozik ovkat istemol kilishi bosh zaruriyatdir. Bu borada don maxsulotlari
tuyimliligi bilan ajralib turadi. Non kadimdan inson ozukasining asosini tashkil kilgan.
SHu sababli donni kayta ishlab un olish jamiyatdagi ozik ovkat resurslarini oshirishda
muxim axamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: