М У Н Д А Р И Ж А
Саҳифа бети
1. КИРИШ ________________________________________________________
2. ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁН ТАВСИФИ __________________________
3. ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁННИНГ АСОСИЙ
ҚУРИЛМАСИ ТАВСИФИ_________________________________________
4. АСОСИЙ ҚУРИЛМАНИНГ ТЕХНОЛОГИК ҲИСОБИ ________________
5. ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР _______________________________
6. КУРС ИШИНИНГ ҚИСҚАЧА МАЗМУНИ _____________________
KIRISH
Kirish
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2017 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar, jahon bozorida raqobat kuchayib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq muhim vazifalarni belgilab bermoqda.
Respublikada xorijiy investorlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada eng ahamiyatli loyihalar qatoridan Gazprom va Lukoyl (Rossiya), CNODC (KNR), Petrovetnam (Vetnam), KNOC (Koreya), SASOL (JAR), Orol loyihasi bo‘yicha kompaniyalar Konsorsiumi kabi investitsion loyihalarni e’tirof etish mumkin.
1998 yili 17 fevralda «O‘zbekneftegaz» Milliy Xolding Kompaniyasining mustaqillik yillaridagi eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri hisoblangan SHo‘rtan gaz kimyo majmuasini loyihalash, qurilmalarini etkazish, o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha dunyoning neft va gaz sohasidagi ko‘zga ko‘ringan «AVV Lummus Global» (AQSH), «ERMAFA», «Fisher» (Germaniya), «ABB Soimi» (Italiya), VNIIGaz, «Soyuzvneshtrans» (Rossiya), «Mitsui&Co.Ltd»,«Nissho Iwai Corp.», «Toyo Engineering Corp.» (YAponiya) xorijiy kompaniyalari bilan hamkorlikda shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi ishga tushirildi va 2002 yil 15 avgustidan birinchi o‘zbek polietileni ishlab chiqarildi.
Respublikamizda sanoatlashgan PE ishlab chiqarish 2001 yil oxirida SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirilishi bilan amalga oshirilgan bo‘lib, 2002 yil 15 avgustidan birinchi o‘zbek polietileni ishlab chiqarildi.
SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m3 tabiiy gazni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular asosida 125 ming tonna donador PE ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
2015-yili oktyabr oyida ishga tushgan “Uz-Kor Gaz Chemical” O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi yiliga 4,5 mlrd. m3 tabiiy gazni qayta ishlash negizida 387 ming tonna polietilen ishlab chiqarish quvvatiga ega, bu esa o‘z o‘rnida 2016-yil yakunlariga kelib respublikamizda PE ishlab chiqarish quvvatligi 512 ming tonnani tashkil etishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2015-yil 4-martdagi PF-4707-sonli Farmoniga muvofiq 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy isloh qilish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar dasturiga uglevodorod xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlashga qaratilgan yirik loyihalar kiritilgan.
Dasturni amalga oshirish natijalari bo‘yicha quyidagi yangi quvvatlarni tashkil qilish ko‘zlanmoqda: 8,55 mlrd. m3 gacha tabiiy gaz, 71,7 ming tonnagacha neft, 161 ming tonna gaz kondensatini qazib chiqarish 742 ming tonna PE ishlab chiqarish imkonini beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |