M u h a m m a d y o q u b o s t o n a q u L o V budjet hisobi



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/172
Sana30.04.2022
Hajmi10,46 Mb.
#597197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   172
Bog'liq
budjethisobi

Savol va topshiriqlar
1. «Budjet hisobi» fanining predmeti va usullarini aytib bering.
2. «Budjet hisobi» fanining obyektlari nimalardan iborat bo'Iadi?
3. Budjetning hisoblangan daromadlarini tushuntirib bering.
4. Budjetning kassa daromadlarini tushuntirib bering.
5. Budjetning kassa xarajatlarini tushuntirib bering.
6. Budjetning haqiqiy xarajatlarini tushuntirib bering.
7. Davlat budjeti daromadlarining tasnifini tushuntirib bering.
8. Davlat budjeti xarajatlarining tasniflarini tushuntrib bering.
9. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini tushuntirib 
bering.
10. Budjet taqchilligi deganda nima tushuniladi?


I K K I N C H I B O ‘L I M ‘ 
M O L I Y A O R G A N L A R I D A D A V L A T B U D J E T I  
I J R O S I N I N G B U X G A L T E R I Y A H I S O B I
I K K I N C H I B O B .
M O L I Y A O R G A N L A R I D A D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I N G
B U X G A L T E R I Y A H I S O B I N I T A S H K I L Q I L I S H
1. D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I N G H I S O B I B O ‘Y I C H A M O L I Y A
O R G A N L A R I N I N G V A Z I F A L A R I
Budjet daromadlari va xarajatlari bo'yicha rejaning bajarilishi 
haqida ma’lumotlar bilan ta’minlash moliya organlari budjet hisobining 
asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar asosida budjet ijrosi 
jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik amalga oshiriladi. 
Bu maqsadlar uchun moliya organlari budjet daromadlari va xarajatlari, 
bank muassasalaridagi budjetning pul mablag‘lari, budjet bo‘yicha 
ochilgan kreditlar va berilgan mablag‘lar, budjetlar o‘rtasidagi o ‘zaro 
hisob-kitoblar, ssudalar va boshqalar hisobini yuritadi.
Moliya organlari, shuningdek, bank muassasalari tomonidan 
umumdavlat daromadlari va soliqlarining alohida olingan budjetlar 
bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishi, budjet bo‘yicha tayinlanishiga qarab 
budjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilar tomonidan foydalanilishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda budjet mablag'larining butligini 
ta’minlaydi.
Moliya organlari budjet ijrosi to‘g‘risidagi oylik, chorak va yillik 
hisobotlami tuzadi va budjet ijrosi natijalarini aniqlaydi.
Moliya organlari o‘zlari ijro etayotgan budjetlar ijrosining 
buxgalteriya hisobini bevosita amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjeti 
ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
1 U s h b u b o 'l im « Q o ra q a lp o g 'is to n R espublikasi, viloyatlar va Toshkent sh ah ar 
b udjeti ijrosining b u x g alteriy a hisobi b o 'y i c h a Y o 'riq n o m a» ( 0 ‘zbekiston R espublikasi 
A d liy a vazirlig id a 2006-yil 10-aprelda 1560-son bilan r o 'y x a tg a olingan) asosida 
yoritilgan.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
Viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlari viloyatlar, shaharlar, 
tumanlar budjetlari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
Moliya organlari muayyan m a’muriy-hududiy birlikdagi barcha 
boshqa budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qiladi. M oliya 
organlari budjet tashkilotlarining hisob va hisobotlarini tekshiradi va 
ularga tegishli ko‘rsatmalar beradi.
Har bir moliya organi o ‘zi ijro etayotgan budjetning ijrosi 
to ‘g ‘risidagi hisobotni va muayyan m a’muriy-hududiy birlik budjeti 
ijrosi to‘g ‘risidagi y ig‘ma hisobotni tuzadi.
Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bo'yicha moliya 
organlarining vazifalariga:
1) budjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank muas- 
sasalariga kelib tushgan daromadlaming budjetlar o'rtasida to‘g ‘ri 
taqsimlanishi ustidan nazoratni olib borish;
2) bank muassasalarida saqlanilayotgan budjetning naqd pullari 
buxgalteriya hisobini yuritish;
3) budjet ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan turli operatsiyalar (budjetlar 
o ‘rtasidagi o ‘zaro hisob-kitoblar, budjetlarga ssudalar berish va 
budjetlardan ssudalar olish b o ‘yicha operatsiyalar va boshqalar) 
buxgalteriya hisobini yuritish;
4) budjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya 
hisobini yuritish;
5) o'zlari ijro etayotgan budjetlar ijrosi to ‘g ‘risidagi hisobotlami 
tuzish;
6) quyi moliya organlarida va budjet mablag'larini tasarruf qiluv- 
chilarda buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisobotning tuzilishi va 
uslubi ustidan nazorat qilish;
7) buxgalteriya hisobi va hisobotini markazlashtirish va mexaniza- 
tsiyalashtirish bo'yicha tadbirlaming amalga oshirilishi ustidan nazorat 
qilish kiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligida uning davlat budjeti bosh boshqarmasiga, boshqa moliya


organlarida esa moliya organining bosh buxgalteri boshqaradigan bux- 
galteriyaga yuklatilgan.
2. M O L IY A T IZ IM I B U X G A L T E R IY A
A P P A R A T IN IN G FUNKSTYALARI
Respublika budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi davlat budjeti bosh boshqarmasi Davlat 
budjeti ijrosi va hisobi bo'limi yuritadi. Mahalliy budjetlar ijrosining 
buxgalteriya hisobini tegishli moliya organlarining buxgalteriya 
xizmatlari yuritadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini davlat budjeti ijrosining 
hisobi bo'yicha funksiyalari bo ‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1) mamlakatning davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini 
tashkil qilish va uning ijrosi to ‘g ‘risida hisobot tuzishga uslubiy 
rahbarlikni amalga oshirish;
2) budjet ijrosining buxgalteriya hisobi va budjet ijrosi to‘g ‘risida 
hisobotlar tuzish bo ‘yicha moliya organlari, budjet tashkilotlari va 
boshqalar uchun y o ‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalami ishlab 
chiqish;
3) joriy buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini va schyotlar 
korrespondensiyalarini, buxgalteriya registrlari va boshlang‘ich hujjatlar 
shakllarini, hujjatlar aylanishi tartibini, hisobotlaming hajmlari va 
shakllarini belgilash;
4) respublika budjeti ijrosini bevosita amalga oshirish;
5) respublika budjeti ijrosi to‘g ‘risida hisobot tuzish;
6) mamlakatning davlat budjeti ijrosi to‘g ‘risida hisobot tuzish.
Bundan tashqari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat
budjeti bosh boshqarmasi davlat budjeti ijrosi va hisobi bo'limi mahalliy 
moliya organlarida budjet ijrosining buxgalteriya hisobi tashkil qilinishi 
ustidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar, shaharlar 
va tumanlar moliya organlarining funksiyalari quyidagilardan iborat:
1) o ‘zlari ijro etayotgan budjetlaming hisobini bevosita yuritish va 
bu budjetlar ijrosi to ‘g ‘risida hisobotlar tuzish;
10


2) 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman budjeti 
ijrosi to‘g‘risida yig‘ma hisobotlami tuzish.
Mahalliy moliya organlari tegishli budjetlar daromadlarini va 
xarajatlarini, ulaming pul mablag‘larini, fondlarini, ssudalami, budjetlar 
o‘rtasidagi hisob-kitoblami, boshqa budjetlarga berilgan va ulardan 
olingan mablagiami va budjet ijrosi natijalarini hisobga oladi hamda 
ular tomonidan moliyalashtirilayotgan budjet tashkilotlarida hisob va 
hisobotni tashkil qilinishini tekshiradi.
Mahalliy moliya organlari respublika budjetini kassa ijrosining hisobi 
bo‘yicha va moliyalashtirishga doir operatsiyalami banklar tomonidan 
bajarilishini nazorat qiladi.
Mahalliy moliya organlari mahalliy budjetlaming daromadlari va 
xarajatlarini analitik hisobini olib boradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar 
ijrosining buxgalteriya hisobi 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent 
shahar moliya boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya bo‘limlari 
tomonidan olib boriladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va 
mahalliy budjetlar kassa ijrosi 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki va 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining « 0 ‘zbekiston 
Respublikasi davlat budjeti kassaijrosi bo‘yichayo‘riqnoma»sigamuvofiq 
amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, 
viloyatlar, shaharlar va tumanlar budjetlari hisobvaraqlaridagi hamda bu 
budjetlardan moliyalashtirilayotgan tashkilotlaming hisobvaraqlaridagi 
budjet mablag‘larining qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotni « 0 ‘zbekiston 
Respublikasi davlat budjeti kassa ijrosi bo'yicha yo‘riqnoma»da 
belgilangan tartibda va muddatlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi bank 
muassasalari tegishli moliya organlariga taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan 
kapital qo‘yilmalami moliyalashtirish 0 ‘zbekiston Respublikasi bank 
muassasalarida ochilgan hisobvaraqlar orqali bu masala bo'yicha 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining amaldagi me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga


oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari va 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki muassasalari belgilangan shaklda kapital 
q o ‘yilmalami moliyalashtirish bo‘yicha davriy va yillik hisobotni 
belgilangan tartibda va muddatlarda tegishli moliya organlariga taqdim 
etadi.
3. M O L IY A O R G A N L A R I BOSH B U X G A L T E R L A R IN IN G
H U Q U Q L A R I VA M A S ’U L IY A T L A R I
Moliya organlarining bosh buxgalterlari o ‘z ishlarida 0 ‘zbekiston 
Respublikasi davlat budjeti ijrosi qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi 
m e ’yoriy hujjatlarga rioya qiladi. Moliya organlari (Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya 
boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya organlari)ning bosh 
buxgalterlari quyi moliya organlarida, budjet m ablagiarini bosh 
tasarruf qiluvchilarida va markazlashtirilgan buxgalteriyalarda buxgal- 
teriya hisobini yuritishni tashkil qilish tartibi va uslubi, hisobotni tuzish 
masalalari bo ‘yicha k o ‘rsatmalar beradi va nazorat olib boradi, tegishli 
budjetlarda turuvchi budjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosini taftish 
qilishda xodimlar qatnashuvini ta ’minlaydi. Moliya organi buxgalteriya 
xizmati budjet ijrosining va xarajatlar smetalarining hisobi va hisoboti 
tashkil qilinishining nazoratini joylarda tekshirish va ko‘zdan kechirish, 
topshiriladigan hisobotlarda xatolar aniqlangan hollarda, olinadigan 
davriy va yillik hisobotlami ko ‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Bosh buxgalter lavozimidan ozod qilinganda yangi tayinlangan 
bosh buxgalterga (oxirgi shaxs b o ‘lm aganda-m oliya organi rahbarining 
buyrug'i bilan tayinlangan xodimga) buxgalteriya hujjatlarining 
yig'majildlari topshiriladi.
Hududiy moliya organlarida ishlami topshirish va qabul qilish yuqori 
moliya organining bosh buxgalteri ishtirokida amalga oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligida, Toshkent shahar 
Bosh moliya boshqarmasida va viloyatlaming moliya boshqarmalarida 
bosh buxgalter tomonidan ishlami topshirish va qabul qilish ushbu 
moliya organining rahbari ishtirokida, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining vakilini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
12


Buxgalteriya 
hujjatlarini 
qabul 
qilish-topshirish 
jarayonida 
buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma’lumotlarining realligi 
tekshiriladi va moliya organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan tegishli 

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish