M u h a m m a d y o q u b o s t o n a q u L o V budjet hisobi



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/172
Sana30.04.2022
Hajmi10,46 Mb.
#597197
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   172
Bog'liq
budjethisobi

Savol va topshiriqlar
1. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi 
Davlat budjeti ijrosi va hisobi bo'limining funksiyalarini aytib bering.
2. Davlat budjeti ijrosining hisobi bo'yicha moliya organlarining vazifalarini 
tushuntirib bering.
3. Moliya organlari bosh buxgalterlarining huquqlari va mas’uliyatlarini aytib 
bering.
4. Moliya organlarida budjet ijrosi bo'yicha operatsiyalarni buxgalteriya 
yozuvlari uchun asos bo'lib xizmat qiladigan hujjatlarni aytib bering.
5. Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag‘iga kelib tushgan 
daromadlar to'g'risidagi ma’lumotnomani (3-shakl) tushuntirib bering.
6. Tayinlash sertifikatlarini tushuntirib bering.
7. O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnomasini (11-shakl) tushuntirib 
bering.
8. Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlar 
ijrosining hisobini olib borish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya 
vaziriligida va mahalliy moliya organlarida qo'llaniladigan buxgalteriya 
registrlari xarakteristikasini bering.
9. Moliya organlarida budjet ijrosining joriy buxgalteriya hisobi uchun 
qo'llaniladigan schyotlar ro'yxatini tushuntirib bering.
10. Moliya organlarida budjet ijrosining joriy hisobi uchun qo'llaniladigan 
schyotlar ro'yxati necha bo'limdan iborat bo'ladi?


U C H I N C H I B O B .
M O L I Y A O R G A N L A R I D A D A V L A T B U D J E T I
D A R O M A D L A R I V A P U L M A B L A G ‘ L A R I H I S O B I
1. D A V L A T B U D J E T I D A R O M A D L A R I V A P U L M A B L A G 'L A R I
H I S O B I N I N G A H A M I Y A T I V A V A Z 1 F A L A R I
Davlat budjeti quyidagilami o ‘z ichiga oladi:
1) rcspublika budjeti;
2) Qoraqalpog'iston Respublikasining budjeti va mahalliy bud- 
jetlar.
Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari ham jamlanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog'iston Respub­
likasining respublika budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog'iston) 
bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi.
Viloyatning budjeti viloyat budjetini, viloyat tarkibiga kiruvehi 
tumanlar va shaharlar budjetlarini o ‘z ichiga oladi.
Tumanlarga bo‘linadigan shahar budjeti shahar budjetini va shahar 
tarkibiga kiruvehi tumanlar budjetlarini o‘z ichiga oladi.
Tumanga bo'ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning budjeti 
turnan budjeti va turnan tarkibiga kiruvehi shaharlar budjetlarini o‘z 
ichiga oladi.
Demak, O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti o ‘z ichiga 
respublika budjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy 
budjetlami oladi. Bundan tashqari Davlat budjeti tarkibida Respublika 
yo‘l fondi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulki qo‘mitasining 
maxsus hisobvarag'i, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat 
fondi hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya fondi 
mablag'lari jamlanadi.
Davlat budjetiga kelib tushgan mablag‘laming to‘g‘ri va o ‘z vaqtida 
kirim qilinishini ta’minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining 23402 «Respublika budjetining mablag'lari» hisobvarag'i 
Markaziy bankning Toshkent shahar va hududiy Bosh boshqarmalarining 
Hisob-kitob kassa markazlarida hamda tijorat banklarida budjet 
daromadlari tasnifiga asosan ochiladi.
26


Davlat budjetining buxgalteri hisobi, budjetga daromadlar tushumi 
ustidan, har bir soliq to‘lovchi tomonidan budjetga to'lovlami o ‘tkazishi 
ustidan tizimli nazoratni ta’minlash vazifasini bajaradi.
Budjet daromadlari asosan bank muassasalariga tushadi. Buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlaridan foydalanib, moliya organlari bank muassasalari 
tomonidan daromadlar tushumlarini respublika budjeti va mahalliy 
budjetlarga to‘g‘ri o'tkazayotganligini kuzatib boradi.
Yil boshiga qadar moliya organlari bank muassasalariga har 
bir tuman yoki shahar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va 
tashkilotlaming ro‘yxati va ulardan undiriladigan to'lovlar ro‘yxati, bu 
toiovlar qaysi budjetga va budjet tasnifining qaysi bo‘limiga to‘lovlar 
o'tkazilishi kerakligi to‘g‘risida xabar beradi. Bir vaqtning o ‘zida 
bank muassasalariga har yili umumdavlat soliqlari va daromadlarining 
taqsimlanish hajmlari va bu soliq va daromadlardan mahalliy budjetlarga 
qilinadigan ajratmalar hajmlari haqida xabar beradi.
Moliya organlarida budjet daromadlarining buxgalteriya hisobini moliya 
organining buxgalteriya xizmati olib boradi, ulaming tezkor hisobini esa 
soliq organlari olib boradi. Moliya organining buxgalteriya xizmati faqat 
mazkur budjetning daromadlarinigina hisobga olib boradi. Moliya organi 
fimksiyalariga barcha daromadlaming, qaysi budjetga kelib tushishidan 
qat’iy nazar, hisoblanishi, kelib tushishi, hisobga o‘tkazilishi va qaytarilishini 
hisobga olish kiradi. Soliq organi daromadlar turlari bo‘yicha shaxsiy 
schyotlar olib boradi, budjetga tushgan daromadlaming tezkor ma’lumotlarini 
aniqlaydi. Budjet daromadlari turli hujjatlarga asosan budjet tasnifi bo‘yicha 
hisobga olinadi. To‘lov hujjatlari tushgan daromadlaming turlari va ulaming 
to‘lovchilarini aniqlash imkonini beradi. Mahalliy budjet mablag‘lari depozit 
hisobvarag‘i bo‘yieha bank muassasasining ko‘chirmasiga ilova qilingan 
to‘lov hujjatlari, mazkur budjet daromadlarining buxgalteriya hisobi uchun 
asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.
Mahalliy moliya organi faqat mazkur budjetga tushgan daro­
madlarinigina emas, balki respublika budjetiga o ‘tkaziluvchi daromadlarni 
ham nazorat qiladi. Shuning uchun bank muassasasi unga qaysi budjetga 
tushishidan qat’iy nazar barcha daromadlar hisobvaraqlari bo‘yicha 
ko'chirmalami ham mahalliy moliya organlariga jo'natadi.


Mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag'idan ko‘chirmani 
bank muassasasi moliya organiga har kuni, rcspublika budjetining 
hisobvarag‘i ko‘chirmalarini esa-h ar hafta yoki undan uzoqroq muddat 
oralig‘ida va har oyning 1-kuniga jo ‘natishga majburdir.
Moliya organining budjeti bo‘yicha buxgaltcriya xizmati bank 
muassasasining mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag'idan olgan 
ko‘chirmalaming to‘g‘riligini uning ma’lumotlarini unga ilova qilingan 
hujjatlar ma’lumotlari bilan solishtirish yo‘li orqali tekshiradi. So‘ng, 
daromad turlari bo‘yicha hujjatlami gumhlab, mahalliy budjet mablag‘lari 
depozit hisobvarag'iga tushgan daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnomani 
tuzadi. Ma’lumotnoma har kuni tuziladi. Daromadlar unga budjet tasnifining 
har bir bo‘linmasi bo‘yicha umumiy summalarda yoziladi. Ma’lumotnoma 
asosida memorial-order tuziladi va sintetik hisob schyotlari bo‘yicha «Bosh- 
jumal» kitobiga va analitik hisobning schyotlari bo‘yicha «Daromadlar» 
kitobiga yoziladi. Bundan so‘ng to‘lov hujjatlarining ikkinchi nusxalari 
tegishli soliq organlariga daromadlar va soliqlar toMovchilar bilan hisob- 
kitoblar hisobida qayd qilish uchun beriladi. Respublika budjetining shaxsiy 
hisobvarag‘idan ko‘chirma to‘lov hujjatining ikkinchi nusxasi bilan moliya 
organiga kelib tushadi, so‘ng to'lovchilaming shaxsiy schyotlarida qayd 
qilish uchun tegishli soliq organiga yuboriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oylik hisoboti 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida respublika budjeti da- 
romadlarining buxgalteriya hisobi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
2. M O L I Y A O R G A N L A R I D A D A V L A T B U D J E T I
D A R O M A D L A R 1 H I S O B I

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish