M u h a m m a d y o q u b o s t o n a q u L o V budjet hisobi


Umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/172
Sana30.04.2022
Hajmi10,46 Mb.
#597197
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   172
Bog'liq
budjethisobi

2.5. Umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy
budjetlarga ajratmalar hisobi
Davlat budjetiga kclib tushgan soliq va boshqa to‘lovlar hisobidan 
Rcspublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga hamda 
mahalliy budjetlarga o ‘rnatilgan miqdorda ajratma qilinadi.
Davlat budjeti daromadlari hisobiga kelib tushgan kunlik soliq va 
boshqa to‘lovlar hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar banklar 
tomonidan dasturiy ta’minot asosida belgilangan foiz miqdorida amalga 
oshiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda, mahalliy budjetga ajratmalar qo‘l 
yordamida amalga oshirilishi mumkin. Davlat budjeti daromadlari 
hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga 
va mahalliy budjetlarga ajratmalar bo'yicha buxgalteriya o‘tkazmalari 
memorial orderlar bilan rasmiylashtiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga 
kunlik ajratmalar to‘g‘risidagi vedomost moliya organlariga hamda 
budjet hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga davlat soliq organlariga 
beriladi.
Davlat budjeti daromadlari hisobidan Respublika budjetiga, Qora- 
qalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar 
alohida har bir soliq va boshqa to'lovlar bo‘yicha, ulaming shaxsiy 
hisobvaraqlaridan ajratma qilinadi.
Umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy budjetlarga 
ajratmalar respublika budjeti hisobiga o ‘tkaziladi va bu budjetning 
xarajatlari ko‘rinishida ifodalanadi.
Mahalliy budjetlarga umumdavlat soliqlari va daromadlaridan 
yuqori budjet tomonidan tasdiqlagan foizlar asosida ajratmalar qilinadi, 
moliya organiga bank muassasalari tomonidan tuziladigan ajratmalar
37


vedomosti beriladi. Bu vedomostga asosan 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligida qilingan ajratmalar summasiga quyidagi buxgalteriya 
provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 2 0 - « B u d j e t x a r a ja tla r i» s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 1 0 - « R e s p u b l ik a b u d je ti m a b l a g 'l a r i d e p o z it h i s o b v a r a g 'i » s u b ­
sc h y o ti.
Mahalliy budjetlami ijro etuvchi moliya organlarida bu summalar 
daromadga olinadi va bu operatsiya quyidagi buxgalteriya provodkasi 
tuziladi:
D e b e t 011 - « M a h a ll i y b u d j e t m a b l a g 'l a r i d e p o z it h i s o b v a r a g 'i » s u b s c h y o ti;
K re d it 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti.
Mahalliy budjet daromadlariga yil mobaynida ortiqcha ajratmalar 
summalari tushganda, ular «Daromadlar» kitobida alohida qator bilan 
ajratiladi. Agar yil oxirida mahalliy budjetning «Mahalliy budjet 
mablag'lari depozit hisobvarag‘i»da mablag1 yo'qligi uchun respublika 
budjetiga qaytarilmagan, mahalliy budjetda umumdavlat soliqlari va 
daromadlaridan ortiqcha olingan ajratmalar qolsa, bu summalar moliya 
organi tomonidan hisobdan chiqarilishi kerak. Bu operatsiya uchun 
mahalliy moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » su b s c h y o ti;
K r e d it 0 4 2 - « V a q t in c h a m a h a l li y b u d j e t d a r o m a d la r ig a o 't k a z i l g a n s u m m a la r »
s u b s c h y o ti.
Kelgusi yili mahalliy budjetning «Mahalliy budjet mablag'lari 
depozit hisobvarag‘i»dagi birinchi tushumlaridan bank muassasasi 
mahalliy budjetni ortiqcha olgan ajratmalarini olib qo'yadi va 
respublika budjeti daromadlarini asliga keltirish uchun ulami 
qaytaradi.
Mahalliy budjetlar daromadlari hisobvarag'iga tushuvchi, umum­
davlat soliqlari va daromadlaridan ajratmalar hisobi, mahalliy sharoit- 
larga bog'liq holda o'matiluvchi shakllar bo'yicha hududiy moliya 
organlari tomonidan tizimsiz olib boriladi. Umumdavlat soliqlari va 
daromadlaridan ajratmalar bu shaklda har bir quyi budjet bo'yicha 
hamda mazkur budjetning quyidagi ko'rsatkichlariga binoan: soliq yoki 
daromadning nomi; ajratma uchun o'matilgan foiz; ajratilgan summa
hisobga olinadi. Shaklga yozuvlar bank muassasalaridan mahalliy


budjetlarga ajratmalar vedomosti olingandan keyin amalga oshiriladi. 
Yozuv qilinishidan oldin hududiy moliya organining buxgalteriya 
xizmati, vedomostda ko‘rsatilgan ajratmalar summasini, tasdiqlangan 
budjet bo‘yicha o‘matilgan foizlarga mos kelishini tekshiradi. Har bir 
oyning tugashi bilan mazkur shakl bo'yicha oy uchun va yil boshidan 
buyon yakuniy jamlangan summalar hisoblab chiqiladi. Har bir budjet 
bo‘yicha umumdavlat soliqlari va daromadlaridan ajratmalar summasi, 
har oyda quyi budjetlar ijrosi haqidagi oylik hisobotlar bilan taqqoslanib 
boriladi. Bundan tashqari, umumdavlat soliqlari va daromadlaridan 
butun hududiy budjet bo‘yicha tushgan va qilingan ajratmalar summasi, 
bank muassasalarining oylik hisobotlari ma’lumotlari bilan o‘zaro 
solishtiriladi.
3. M O L I Y A O R G A N L A R I D A B U D J E T N I N G
P U L M A B L A G 'L A R I H I S O B I
Davlat budjetining pul mablagiari bank muassasalarida budjetning 
pul mablag‘lari hisobvaraqlarida saqlanadi va moliya organlari tomo- 
nidan birinchi tartibli 01-«Pul mablag'lari» birinchi tartibli subschyo- 
tida hisobga olinadi. Bu schyotning debeti bo‘yieha budjetning pul 
mablag‘larining tushumlari qayd qilinsa, bu schyotning kreditida esa 
budjetning pul mablag‘larini sarflanishi qayd qilinadi.
Birinchi tartibli 01-«Pul mablag'lari» schyoti, quyidagi bir necha 
ikkinchi tartibli schyotlarga (subschyotlarga) ega:
010 - «Respublika budjeti 
mablag‘lari 
depozit hisobvarag‘i»
subschyoti;
011 - «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag‘i» subschyoti;
013 - « 0 ‘zbekiston Respublikasi bank muassasalaridagi kapital
qo'yilmalar va boshqa tadbirlami moliyalashtirish uchun 
budjet mablag'lari hisobvarag‘i» subschyoti;
014 - «Mahalliy budjetlaming budjet mablag‘lari bo'yicha budjet
mablag‘lari oluvchilaming depozit hisobvaraqlari» subschyoti;
015 - «Maqsadli sxemalar bo'yicha hisob-kitoblami olib borish
uchun moliya organining bankdagi maxsus hisobvarag‘i» 
subschyoti.


Respublika budjetining bankdagi mablagMari hisobi
Respublika budjeti daromadlariga quyidagi mablag‘lar kirim 
qilinadi:
1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar;
2) davlat moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlami joylashtirish, 
foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi 
bo'yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablagMari;
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan 
kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5) rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet 
ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar;
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Bundan tashqari 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
23402 «Respublika budjeti mablagMari» depozit hisobvarag‘iga quyi­
dagi mablag‘lar kirim qilinishi mumkin:
1) 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ajratilgan 
qisqa muddatli kreditlar;
2) davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini sotishdan kelib tushgan 
mablag‘lar;
3) davlat maqsadli fondlaridan ajratilgan mablagMar;
4) Moliya vazirligining boshqa depozit hisobvaraqlaridagi mablagMar.
Respublika budjetiga Davlat budjetidan ajratma qilingan va boshqa
kelib tushgan mablagMarni kirim qilinishini ta’minlash maqsadida 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uchun Markaziy bank Toshkent 
shahar va hududiy Bosh boshqarmalari hisob-kitob kassa markazlarida 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 23402 «Respublika budjeti 
mablagMari» asosiy va tranzit hisobvaraqlari ochiladi. Markaziy bankning 
hududiy Bosh boshqarmalari hisob-kitob kassa markazlarida ochilgan 
23402 tranzit hisobvaraqlaridagi mablag'lar 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining 23402 «Respublika budjeti mablagMari» asosiy 
depozit hisobvarag‘iga o ‘tkazib beriladi.


0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 010-«Respublikabudjeti 
mablag‘lari depozit hisobvarag‘i» subschyotida bank muassasalaridagi 
respublika budjetining mablag'lari hisobga olinadi. Bu subschyotda 
operatsiyalar bir oyda bir marotaba 0 ‘zbckiston Respublikasi Markaziy 
bankining oylik hisobotlari va boshqa hujjatlar asosida, kapital 
qo'yilmalami moliyalashtirishga o ‘tkazilgan mablag‘lar, qisqa muddatli 
budjet ssudalari va boshqa budjetlar bilan o ‘zaro hisob-kitob bo‘yicha 
summalaming o ‘tkazilishi va tushumi bo‘yicha bir turli operatsiyalar 
bo‘yicha jami summalarda hisobga olinadi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlami moliyalashtirish 
uchun Respublika budjeti daromadlari hisobidan qilinadigan to'lovlar 
O ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan 
to‘lov topshiriqnomalariga asosan Markaziy bankning Toshkent 
shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida ochilgan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 23402 «Respublika 
budjeti mablag‘lari» depozit hisobvarag‘idagi qoldiq doirasida amalga 
oshiriladi.
Xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarga Respublika budjetidan ajratilgan 
mablagiar, ulaming 23405 «Nobudjet muassasalarga Respublika budjeti 
hisobidan ajratilgan mablag‘lar» hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Xo‘jalik 
hisobidagi tashkilotlarga Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablag‘lar 
hisobidan ish haqi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
ro'yxatga olingan xarajatlar smetasi hamda xodimlar ro'yxati (shtatlar) 
jadvali o‘miga tuzilgan kalkulatsiya asosida belgilangan muddatlarda 
beriladi. Xo‘jalik hisobidagi tashkilotlaming 23405 «Nobudjet muassasalarga 
Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablag'lar» hisobvaraqlaridan 
amalga oshiriladigan boshqa xarajatlar, ushbu kalkulatsiyada ko‘rsatilgan 
maqsadlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish