M u h a m m a d y o q u b o s t o n a q u L o V budjet hisobi


budjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilar



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/172
Sana30.04.2022
Hajmi10,46 Mb.
#597197
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   172
Bog'liq
budjethisobi

budjet
mablag‘larini tasarruf qiluvchilar,
deb hisoblanadi. Budjet mablag1- 
larini tasarruf qiluvchilar, ularga berilgan huquqlar, m as’uliyatlar va 
majburiyatlaming hajmiga qarab, Respublika budjeti b o ‘yicha uch 
(bosh, ikkinchi, uchinchi) darajaga, mahalliy budjetlar (Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkcnt shahar budjetlari) bo'yicha 
esa ikki (bosh, uchinchi) darajaga bo'linadi.
Respublika budjeti, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
budjeti bo‘yicha vazirlar va boshqa markaziy muassasalaming rahbarlari 
budjet m ablag‘larini bosh tasarruf qiluvchilar, deb hisoblanadi. Mahalliy 
budjetlar bo‘yicha hokimiyatlar bo ‘limlarining rahbarlari budjet 
m ablag‘larini bosh tasarruf qiluvchilar deb hisoblanadi.
0 ‘z tasarrufida muassasalar va tashkilotlar bo'lgan muassasalar va 
tashkilotlar (bosh muassasalar, boshqarmalar, idoralar va boshqalar) 
ning rahbarlari budjet mablag'larini ikkinchi daraja tasarruf qiluvchilari 
jumlasiga kiradi. Ular budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilarga 
to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri bo ‘ysunadilar.
Budjet mablag'larini bosh yoki ikkinchi daraja tasarruf qiluvchilarga 
bo‘ysunuvchi tashkilotlaming rahbarlari budjet mablag‘larini uchinchi 
daraja tasarruf qiluvchilar, deb hisoblanadi. Ularga budjet m ablag‘laridan 
mustaqil ravishda foydalanish huquqi berilgan.
Mahalliy budjet b o‘yicha budjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilarning 
ikki darajaga b o ‘linishi mahalliy organlaming ikki bo‘g ‘in g ab o ‘linganligi 
sabablidir.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
1999-yil 
3-sentabrdagi 414-sonli «Budjet muassasalarini mablag1 bilan ta’min-
154


lashni takomillashtirish to‘g ‘risida»gi Qarori va unga ilova qilingan 
«Budjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibi»ga muvofiq Davlat 
budjetidan moliyalashtirish xarajatlaming quyidagi guruhlari bo'yicha 
amalga oshiriladi:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to ‘lovlar (bolali oilalarga 
bcriladigan nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy 
yordam, stipcndiyalar va boshqalar), bu guruhdagi xarajatlar jumlasiga 
xarajatlar iqtisodiy tasnifining quyidagi xarajatlar turkumlari kiradi:
1) 01-1 -00—ish haqi;
2) 01-1-30-um um ta’lim muassasalarining o ‘m ak ko‘rsatgan xodim- 
larini rag'batlantirish uchun direkter fondi mablag'lari;
3) 01-1 -40—tibbiyot tashkilotlari xodimlariga ustamalar va qo ‘shim- 
chalar;
4) 01-1-50-vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi;
5) 03-4-10-stipendiyalar;
6) 03-4-20-bola 2 yoshga to‘lgunga qadar uni parvarishlash uchun 
ishlaydigan onalarga to‘lanadigan har oylik nafaqa;
7) 03-4-25- b o la 2 yoshga to'lgunga qadar uni parvarishlash uchun 
ishlamaydigan onalarga toManadigan har oylik nafaqa;
8) 03-4-30-16 yoshgacha bolalari bo‘lgan kam ta ’minlangan oila­
larga nafaqalar;
9) 03-4-40-kam ta ’minlangan oilalarga moddiy yordam.
II. Ish beruvchilaming ajratmalari, bu guruhga xarajatlar iqtisodiy 
tasnifining 01-2-00-ish beruvchilaming ajratmalari, xarajatlar turkum­
lari kiradi.
III. Kapital qo'yilmalar (Davlat investitsiyalar dasturida ko'zda 
tutilgan adres ro'yxatlariga muvofiq), bu guruhga xarajatlar iqtisodiy 
tasnifining quyidagi xarajatlar turkumlari kiradi:
1) 04-2-00-ish lab chiqarish sohasida qurilish, rekonstruksiya qilish 
va shu maqsadda kapital aktivlar sotib olish xarajarlari;
2) 04-3-00-noishlab chiqarish sohasida qurilish, rekonstruksiya 
qilish va shu maqsadda kapital aktivlar sotib olish xarajatlari.
IV. Boshqa xarajatlar, bu guruhga xarajatlar iqtisodiy tasnifining 
quyidagi xarajatlar turkumlari kiradi:


01-3-00; 01-4-00; 01-5-00; 01-6-00; 01-7-00; 01-8-00; 01-9-00;
03-1-00; 03-3-00; 03-4-90; 03-5-00; 04-1-00; 04-4-00; 04-5-00;
05-0 00; 06-0-00; 07-1-00; 07-2-00; 07-3-00; 08-2-00; 08-3-00;
09-1-00; 09-2-00; 10-0-00.
Moliyalashtirish, joriy yilga tasdiqlangan budjct ko‘rsatkichlariga 
va budjct ijrosi jarayonida ro‘yxatga va xarajatlar smetasiga kiritilgan 
o ‘zgartirishlami hisobga oigan holda budjet tashkilotlarining xarajatlar 
smctalariga muvofiq tuzilgan budjet xarajatlarining yillik ro‘yxati choraklar 
bo‘yicha taqsimlanishiga binoan amalga oshiriladi. Respublika va mahalliy 
budjetlardan xarajatlaming I va II guruhlari bo‘yicha moliyalashtirish har 
oyda smetalar va budjct xarajatlarining ro‘yxati asosida, ularga kiritilgan 
o ‘zgartirishlar hamda o ‘tgan hisobot davrida belgilangan baholash 
ko‘rsatkichlarining bajarilishini hisobga oigan holda amalga oshiriladi. 
Kapital qo‘yilmalami va boshqa xarajatlami moliyalashtirish har oyda 
budjetga mablag‘laming kelib tushishiga qarab amalga oshiriladi.
Budjet 
tashkilotlarini 
respublika 
budjetidan 
moliyalashtirish 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi 
xarajatlar jadvali (unda budjet tasnifining paragraflari va xarajatlaming 
guruhlari k o ‘rsatilib) va mablagMami o ‘tkazish uchun to‘lov topshiriq- 
larida xarajatlaming har bir guruhi (I guruh xarajatlaridan tashqari, 
chunki ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar o ‘z vaqtida 
toManishining nazoratini ta ’minlash uchun ular xarajatlaming turlari 
bo‘yicha moliyalashtiriladi) b o ‘yicha bir satr bilan rasmiylashtiriladi.
Mahalliy 
budjetlardan 
budjct 
tashkilotlarini 
moliyalashtirish 
tegishli moliya organlarida belgilangan shakldagi farmoyish (unda 
budjct tasnifining paragraflari va xarajatlaming guruhlari ko ‘rsatilib) 
va mablag‘larni o'tkazish uchun to‘lov topshiriqlarida xarajatlaming 
har bir guruhi (I guruh xarajatlaridan tashqari) bo‘yicha bir satr bilan 
rasmiylashtiriladi.
Moliyalashtirish har bir paragraf bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. 
Ajratilgan m ablag‘larni budjet tashkilotlari qaysi xarajatlar uchun oigan 
bo'lsa, qat’iy ravishda xuddi shu paragraflar b o ‘yicha ishlatadi. Budjet 
tashkilotlariga xarajatlar guruhlari bo ‘yicha tasdiqlangan limitlami 
mustaqil o'zgartirish man etiladi.


IV 
guruh b o ‘yicha budjetdan ajratilgan m ablag‘lar belgilangan 
lim itlar doirasida, birinchi navbatda, oziq-ovqatlar uchun, ikkinchi 
navbatda, dori-darm onlar uchun, uchinchi navbatda, kom munal 
xizm atlar uchun va to'rtinchi navbatda, boshqa xarajatlar uchun 
sarflanishi kcrak.
Budjet tashkilotlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki 
uning hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda mavsumiy 
yoki shoshilinch tadbirlami (birinchi sinf o'quvchilari uchun maktab 
anjomlari, kam ta ’minlangan oilalar bolalari uchun qishki kiyimlar 
xarid qilish, epidcmiyaga qarshi, yuqumli kasalliklarga qarshi tadbirlar 
va boshqa tadbirlami) mablag‘ bilan ta ’minlash uchun m ablag‘lami IV 
guruh mablag‘lari hisobidan tezkorlik bilan xarajat qilishi mumkin.
Xarajatlar hajmining guruhlari va paragraflari bo ‘yicha o ‘zgartirish 
O'zbckiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolatida turadi.
Ajratilgan m ablag‘larni tegishli paragrailar va guruhlar bo ‘yi- 
cha tayinlanishiga qarab foydalanish uchun javobgarlik budjet tash- 
kilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatilgan.
Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish amalga oshiril- 
ganda, yangi yildagi rejalashtirilgan budjet mablag‘lari debitorlik 
qarzlarining summasini kreditor qarzlari summasidan ortiqeha qismiga 
va budjet mablagMaridan foydalanish hisobidan tashkil boMgan keyingi 
yilning birinchi yanvariga budjet tashkilotlarining m e’yordan ortiqeha 
material zaxiralarining qoldig‘i summasiga kamaytiriladi.
2. R ES P U B L IK A B U D JE T ID A T U R U V C III B U D JE T T A S I IK I L O T L A R ID A
M O L IY A L A S H T IR IS H H IS O B I
Budjet tashkilotlari bevosita respublika budjetidan yoki mahalliy 
budjetlardan moliyalashtiriladi. Budjetdan moliyalashtirish tasdiqlangan 
smetalarga muvofiq xarajat qilish uchun tashkilotlarga davlat m ablag‘i 
berilishini anglatadi.
Budjetdan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va budjet tashkilotlariga 
faqat budjet b o ‘yicha tasdiqlangan summalar doirasidagina m ablag‘ 
bcriladi. 

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish