«Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari
oluvchilarning xarajallari» subsehyoti) yoki
Debet 211 - «Maxsus mablag'lar b o ‘yicha xarajatlar» subsehyoti;
Kredit 160 - «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» subsehyoti.
Hisobdor shaxslar tomonidan hisob berish sharti bilan olingan
bo‘nakning sarf qilinmagan summasi kassaga qaytarilganda bu
qaytarilgan summaga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 120 - «Kassa» subsehyoti;
Kredit 160 - «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» subsehyoti.
Bo‘nak hisoboti va unga ilova qilingan tasdiqlovchi hujjatlar asosida
hisobdor shaxslar soni ko‘p bo'lmagan budjet tashkilotlarida buxgalteriya
274-shakldagi memorial-order tuzadi.
K o‘p sonli hisobdor shaxslari bo‘lgan budjet tashkilotlarida hisobdor
shaxslar bilan hisob-kitoblaming analitik hisobi 292-shakldagi joriy
hisoblar va hisob-kitoblar hisobi kitobida, unda har bir hisobdor shaxsga
alohida schyot ochilib yoki har bir hisobdor shaxsga ochiladigan 292-
a-shakldagi kartochkalarda yuritiladi. Ko‘p sonli hisobdor shaxslari
bo'lgan budjet tashkilotlarida hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblaming
analitik hisobi 7-shakldagi memorial-order bilan qo ‘shilgan 386-
shakldagi hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha yig‘ma
vedomostda yuritiladi. Memorial-order asosida «Bosh-jumal kitobi»ga
yozuv qilinadi. Bu vedomostga operatsiyalami yozish pozitsion usul
asosida olib boriladi. Y a’ni, bir satrda budjet tashkilotining nomi,
hisobdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, b o ‘nak berilgan
sana va bo‘nak summasi, tasdiqlangan bo'nak hisoboti asosida xarajatlar
summasi, kassaga qaytarilgan foydalanilmagan bo ‘nak summasi, hisobdor
shaxsga qaytarib berilgan b o ‘nakdan ortiqcha sarflangan summa, oyning
oxiriga bo‘nakning qoldig'i ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy ta’minot organlarida 160-«Hisobdor shaxslar bilan hisob-
kitoblar» subschyotida hisobdor shaxslar bilan pensionerlarga bir
martalik nafaqalami to ‘lash uchun berilgan bo'naklar hisobga olinadi.
3. D EBITO RLA R VA KREDITORLAR BILAN
HISOB-KITOBLAR HISOBI
Debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi uchun debitor va
kreditor qarzlami ulami paydo bo'lish sabablari va xususiyatiga qarab
hisobga olinadigan schyotlar ro ‘yxatida quyidagi subschyotlar ko‘zda
tutilgan:
150 - «Mol yetkazib beaivchilar va pudratchilar bilan hisob-
kitoblar» subschyoti;
170 - «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
172 - «To'lovlaming maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» sub
schyoti;
178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» sub
schyoti;
179 - «Rejali to‘lovlar tartibidagi hisob-kitoblar» subschyoti;
236 - «Bolalar tashkilotini saqlashga ota-onalaming mablagMari»
subschyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |