M tojiyev, I. Nigmatov


Qor ko'chkisi ofatining sabablari va oqibatlari



Download 8,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/244
Sana17.05.2023
Hajmi8,77 Mb.
#939792
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   244
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

6.10. Qor ko'chkisi ofatining sabablari va oqibatlari
Tog‘laming tik yonbag‘irlaridan qor massasining pastlik tomon 
ag'darilib yoki sirpanib tushishiga tog1 ko‘chkisi deyiladi. Baland 
tog‘laming ustiga ko‘p qor yog‘ib, uning qalinligi ortadi va o ‘z og‘irlik 
kuchi ta’sirida zichlashib, qayta kristallanib, yonbag1 irlikda pastlikka 
qarab osilib turadi, natijada uning qalinligi oshgan sari turg‘unligi susayib 
boradi. Kuchli shamol ta’sirida mana shunday qor massasi harakatga kelib, 
pastlik tomon siljiy boshlaydi yoki ag‘darilib tushadi. Qor ko‘chkisida 
suriluvchi massaning hajmi bir necha ming m3 dan million m3 gachani 
tashkil yetadi. Qor ko‘chkilari quruq yoki ho‘l bo‘lishi mumkin. Agar 
qorning ustki qismi biroz muzlagan bo‘lib, uning ustiga qalin qor yog‘ib 
pastga qarab siljisa, quruq ko‘chki hosil bo‘ladi. Agar qor erigan suvga 
shimilib, uning tagi ho‘Ilanishi natijasida pastga ag‘darilsa, ho‘l ko‘chki 
hosil bo‘ladi. Ho‘l ko‘chkilar 20-50 km/soat tezlikda, quruq ko‘chkilar 
esa 100 km/soat, ba’zan 300-^00 km/soat tezlikda siljiydi. Qor ko‘chkilari 
pastga qarab harakat qilganda, yon-atrofdagi qor massalarini hamda tog‘ 
jinslarini o‘zi bilan surib ketadi. Mana shuning natijasida qor massasi 
kattalashib, hajmi bir necha mln. m3 ga, tezligi esa soatiga 250—350 km 
ga yetib, o‘z yo‘lidagi o ‘rmonlami surib ketadi, imorat va inshootlami 
vayron qiladi, oqibatda juda katta moddiy zarami keltirib, insonlar 
o‘limiga sabab bo‘ladi. Katta hajmli qor ko‘chkilari asosan 25-60° li 
qiyalikda kuzatiladi. Sirti tekis, o ‘t bilan qoplangan qiyaliklar qor ko’chkisi 
xavfli bo‘ladigan joylar hisoblanib, butali, toshli joylar qor ko‘chkisiga 
to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun o‘rmonzorlarda qor ko‘chkisi juda kam 
kuzatiladi. Masalan, 1990-yilning 13-iyulida Pomir tog‘ining eng yuqori
126


cho‘qqisida yer silkinishi oqibatida katta hajmdagi qor massasi ko'chib, 
pastlikka 5300 m balandlikda joylashgan alpinistlar lageriga qulab tushgan 
va oqibatda 40 nafar odam qor ostida qolgan. 1999-yil 21-noyabrda 
ko‘p miqdorda qor yog‘ishi natijasida «Qamchiq» dovonining 157-167- 
km larida sodir bo'ldi, Bu ofat oqibatida 29 nafar odam halok bo'ldi, 
19 kishi turli jarohatlar oldi va 73 kishi sovuqda uzoq muddat qolib 
ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘iga ko‘ra tezkor guruhiar 
hodisa yuz bergan joyga yetib kelib, uning oldini olish chora-tadbirlari 
ko‘rildi. Ko‘rilgan tadbirlar oqibatida 34 ta turli rusumdagi avtomobillar 
qor uyumi ostida qolganligi, 6 ta mashinani qor chuqurlik tomon surib 
tushirganligi aniqlandi va zudlik bilan ular qutqarildi. Ofat yuz bergan 
joyga Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari avariya qutqaruv 
boTimlari, «Najotkor» respublika qidiruv-qutqaruv markazi, Chirchiq 
shahri «Xaloskor» maxsus harbiylashtirilgan qidiruv qutqaruv qismi o‘z 
texnik vositalari bilan jalb qilindi. Ular yo‘llami qor uyumlaridan tozalab, 
odamlami xavfsiz joylarga olib chiqdilar, jabr k o ‘rganlarga birinchi tibbiy 
yordam va boshqa ko‘maklami ko‘rsatdilar. Umuman, bu ofat dan 400 ta 
transport vositasi va 1200 dan ziyod yo ‘lovchi qutqarib qolindi.
Hozirgi vaqtda togTi hududlarda maqsadli qurilishlar (suv omborlari, 
GESlar, dam olish uylari, davolanish maskanlari qurilishi) munosabati 
bilan qor ko'chkilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlar aniqlanib, 
o‘rganilib, tegishli tadbirlar amalgam oshirildi. Qor ko‘chkilarining oldini 
olish uchun muhandislik choralarini ko‘rish (tog‘ yonbag‘irlari tekislanib, 
supalar tashkil etish, daraxtzorlar barpo etish, harakatga keluvchi qor 
uyumlarini yo‘qotish, to'siqlar o ‘rnatish va boshqa himoyalanuvchi 
vositalar qurish) talab etiladi.

Download 8,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish