6.6. Suv toshqini va uning talafotlari
Keyingi paytlarda respublikamiz hududining ko‘pchilik qismida
gidrometerologik holatning keskin o‘zgarishi tufayli, aholining hayot
faoliyatini, tabiatini, moddiy resurslar sifatini izdan chiqaruvchi favqn’odt^a
113
vaziyat (sellar, suv toshqinlari. qor ko‘chkilari, kuchli shamollar,
qurg‘oqchilik va h.k.)lar kuzatilmoqda.
Bunday holatlaming yuzaga kelishiga biologik va meterologik
o ‘zgarishlami hisobga olmaslik, yangi yerlami o‘zlashtirishda qo‘yilgan
xatoliklar, sug‘orish tizmida zamonaviy texnologik usullarning joriy
etilmaganligi sabab bo‘lmoqda. 1998-yilda Favqulodda vaziyatlar vazirligi
m a’lumotiga ko‘ra respublikamiz hududida 600 ga yaqin ko‘chki, sel va
suv toshqinlari bo‘lgan bo‘lsa, ulaming zararli oqibatlari natijasida 16
ming aholi jabrlanib, ko‘rilgan moddiy zarar esa 100 mln. so‘mdan ortiqni
tashkil etgan. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra respublikamiz hududida 238
ta xavfli ko‘llar, 46 ming kv. km hududlar suv va sel toshqinlari ro ‘y
beradigan xavfli joylar, 1000 ga yaqin xavf sodir bo‘lishiga olib keluvchi
daryo va soylar mavjudligi aniqlangan. Suv toshqini ham tabiiy ofatlar
ichida eng xavflisi hisoblanadi. Suv toshqini deb daryo, ko‘l, hovuzlardagi
suv sathining keskin ko‘tarilishi natijasida m a’lum maydonlardagi
yerlaming suv tagida qolishiga aytiladi.
Suv toshqiniga turli omillar sababchi bo'ladi:
- kuchli yomg‘ir yog‘ish oqibatida (jala, sel quyishi);
- qorlami surunkali erishi natijasida;
- kuchli shamol esishi natijasida;
- oqar daryolardagi muzliklarning yig‘ilib, sun’iy to‘g‘on hosil qili-
shi;
- tog‘ jinslarining nurashi, surilishi yoki boshqa sabablar bilan suv
saqlash omborlarining buzilishi oqibatida.
Kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida suvlaming sathi keskin ko‘tarilib,
daryo, ko‘llarga sig'maydi va natijada ekin maydonlarini, turar joy
massivlarini, yo‘llami suv bosadi va ulami izdan chiqaradi. Bulardan
tashqari, elektr energiya, aloqa uzatgichlar, meliorativ tizimlar ishdan
chiqadi, chorva mollari, qishloq xo‘jalik ekinlari yo‘q bo‘lib ketadi,
xomashyolar, yoqilg‘i, oziq-ovqatlar, mineral o ‘g‘itlar va boshqalar
yaroqsiz holga keladi yoki yo‘q bo‘lib ketadi. Shular natijasida juda
katta moddiy zarar ko‘rilib, insonlar o‘limi bo'ladi. Suv toshqini ofati
turli joylarda, jumladan, 0 ‘zbekistonda ham tez-tez bo‘lib turadi.
Masalan, 1991-1995-yillarda ko‘pgina viloyatlarda - Xorazm, Buxoro,
Surxondaryo, Qashqadarvo, Jizzax, Sirdaryo va boshqa joylarda juda
katta ekin maydonlari suv ostida qolib, oqibatda katta miqdorda moddiy
zarar ko‘rildi. jumladan, 750 ming gektar paxta, 28 ming gektar poliz
114
maydonlari, 20 ming gektar mevazorlar, shuningdek, 21 ming turar
joy binolari, 100 dan ortiq bolalar bog‘chalari va maktablar, 250 km
avtomobil yo‘llari, 113 ta ko‘priklar va 200 km dan ortiq sug‘orish
inshootlari yaroqsiz holatga keldi. Kuchli yom g'ir yog‘ishi oqibatida
suv toshqini 1993, 1994, 1995, 2000, 2001-yillarda Yevropa davlatlarida
ham kuzatilib, bunda nafaqat moddiy zarar, balki hisoblab bo‘lmaydigan
m a’naviy zarar - insonlar o ‘limi yuz berdi. Masalan, 1987-yiJdaGruziyada
31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechasi uzoq vaqt yog‘gan yomg‘ir va qor
natijasida (qoming qalinligi 4-5 mni tashkil etgan) suv toshqini bo‘lib,
bunda кo'p odam halok bo‘ldi va turli darajada jarohat oldi. Suv toshqini
oqibatida 200 kv km maydon suv ostida qoldi: shulardan 4400 ta turar
joylar, 16 km temiryo‘l, 1800 km avtomobil yo‘li, 200 km elektr tarmoqlari
tamoman izdan chiqdi. Falokatdan ko‘rilgan moddiy zarar o ‘sha davrda
300 mln. rublni tashkil etdi. Shu yil oktabr oyida Filippinda yomg‘iming
surunkali yog‘ishi kuchli suv toshqinlarini yuzaga keltirib, hududlami,
yashash va ish joylarini, ko‘priklarni va yo‘llami vayrona aylantir. Bu ham
yetmaganday namgarchilikning haddan tashqari yuqori boMishi oqibatida
tog‘ oldi joylarida ko‘chkilar yuz berdi. Bu ofatdan 2,5 mln. odam zarar
ko‘rib, xavfli hududlardan 30 ming aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya
qilindi va ko‘rilgan moddiy zarar miqyosi bir necha 10 mln. AQSH
dollarini tashkil qildi. Shuningdek, 2009-yilda Turkiyaning 15 mln. aholisi
bo‘lgan Istambul shahrida tinimsiz yog‘gan yomg‘ir 2 m balandlikdagi suv
toshqinini yuzaga keltirib, minglab uylami, yo‘llarni vayronaga aylantirdi.
Daryolardagi suv oqimiga teskari yo‘nalishda esadigan kuchli shamol suv
sathini ko‘tarib yubordi va natijada suv toshqini yuz berdi. Bu xildagi
toshqin Leningraddagi Neva daryosida kuzatilgan. 1997-yil noyabrda
Vyetnamda ham juda kuchli shamol oqibatida suv toshqini bo‘lib, katta
miqyosdagi uy-joylar, moddiy resurslar suv tagida qolib, ko‘plab odamlar
halok bo‘lgan. Oqar daryolarda suv sathida muzliklar hosil bo‘lishi va
bu muzliklar yig‘ilib, suv oqimiga qarshi to‘siqlar (to‘g‘on) hosil qilishi
natijasida ham suv toshqini ro'y beradi. Bu xildagi toshqin 1992-yilda
Qoraqalpog1 iston Respublikasida Amudaryo oqib o4adigan uchta hudud-
da kuzatildi. Bu ofatning oldini olish uchun hamma omillar bajarila bordi
va oxir-oqibatda harbiy samolyotlar yordamida to‘siq bo‘lib turgan muz
to‘g‘onlari portlatish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Bu ofat natijasida Bo‘zatov
tumanining ko‘pgina yerlari vayronaga aylanib, elektr tokini o‘tkazuvchi
manbalar, texnikalar ishdan chiqdi. Aspantoy, Poriitov, Qiziliarvn Aliov ^
U5
punktlariga olib boruvchi yo‘llarni suv bosishi oqibatida aloqa uzilib
qoldi, Ofat oqibatlarini bartaraf qilishda 3200 dan ortiq aholi, 3026 bosh
qora mol xavfsiz joylarga ko‘chirildi va Porlitov, Qiziljar va Aliovullarga
boradigan 26 km yo‘llar ta’miniandi. Bu ofatdan ko‘rilgan moddiy zarar
100 million so‘mni tashkil qilgan. Bunday holatlardagi suv toshqinlari
dunyo miqyosida juda tez-tez bo‘lib turadi.
Suv toshqini kanallar va suv saqlaydigan omborlarning turii
sabablarga ko ‘ra ishdan chiqishi oqibatida ham kuzatilishi mumkin,
Umuman, kanallar, suv omborlari - suv energiyasi, suv yo ‘llari va
suvning o‘zidan foydalanish maqsadida quriladi. Hozirgi kunda MDH
davlatlarida suv sig‘imi 1 mln. m3 dan ortiq bo‘lgan suv omborlari 1
mingga yaqin bo ‘lib, ularning suv sathi 116000 km2 ga teng. Xuddi
shunga o ‘xshash O ‘zbekistonda ham 53 ta suv omborlari qurilgan,
ulardan 10 tasi qo‘shni respublikalar chegarasida joylashgan. Jumladan,
Qayroqqum, Rog‘un, (Tojikiston), Tuyamo‘yin (Turkmaniston), Taxtagul
(QirgMziston), Chordaryo (Qozoqiston) va boshqalarni misol qilib
keltirish mumkin.
Respublikamizga tegishli bo‘lgan suv omborlarida 55,5 mlrd. m3
dan ortiq suv saqlanib, ular orqali asosan qishloq xo‘jaiigi suv bilan
ta’minlanadi va katta iqtisodiy samara olinadi. Lekin shu bilan birga
bunday gidrotexnik inshootlar biror sabablarga ko‘ra buzilsa, saqlanayotgan
suvning ta’siri insonlarga, uy hayvonlariga, atrof muhitga juda katta jiddiy
zarar keltiradi. Jumladan, Chorvoq suv omborida 2,1 km3 suv saqlanib,
agar u buzilguday bo‘lsa, undagi suv 8 m balandlikda 46 km/soat tezlik
bilan harakatlanib, Toshkent shahrining 3 ta: Bektemir, Hamza, Sergeli
tumanlari batamom, boshqa 3 ta-M iro b o d , Mirzo Ulug'bek va Yakkasaroy
tumanlari esa qisman suv ostida qolib, u yerlarda yashayotgan fuqarolar
hayoti uchun jiddiy xavf tug‘iladi. Shunga o‘xshash katta hajmdagi suv
Tuyamo‘yin suv omborida 5 km3 dan ortiq, Qayroqqum suv omborida
esa 4 km3 dan ortiq suv saqlanib, mabodo biror sababga ko‘ra ombor
qismlari talafot ko‘rsa, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlarini
suv bosadi. Agar Taxtagul suv ombori talafot ko‘rsa (unda 19 km3 suv
saqlanadi), butun Farg‘ona vodiysi viloyatlarini suv bosishi ehtimoli bor.
Boshqa suv saqlash omborlari uchun ham shunga o ‘xshash fikrlami aytish
mumkin, Shuning uchun suv omborlami har xil falokatlardan asrash
uchun hamma turdagi omillar, ehtiyot choralari ko‘rib qo‘yilgan boTishi
zarur. Jumladan, birinchi va ikkilamchi saqlovchi platina qurish, har bir
116
platinalar temir-betonli qorishmalardan tayyorlanishi va boshqa saqlovchi
omillar belgilanishi zarur.
Suv toshqini xavfida quyidagi vazifalar bajarilishi talab etiladi: suv
toshqini xavfi haqida aholini ogoh etish; razvedka va kuzatuv ishlarini
olib borish; FVDT kuch va vositalarini jalb etish; qutqaruv va tiklov
ishlarini olib borish; kerak boMganda aholini va moddiy boyliklami xavfsiz
joylarga evakuatsiya qiiish; suv toshqini bo'lgan hudulardagi korxona
va tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonini qisman yoki butunlay
to‘xtatish; suv bosgan hududlarda qutqaruv tizimlari va boshqa tizimlar
kerakli texnika va suzuvchi vositalar yordamida odamlami qutqarish
va evakuatsiya qiiish ishlarini olib boradi. Qutqaruv ishlarida ishtirok
etuvchilar odamlarni suvdan qutqarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishlari
hamda qutqarilganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini
bilishlari Iozim.
Suv
toshqiniga
qarshi
qo‘llaniladigan
omillar quyidagilardan
iborat: daryolardagi suvning sarflanish darajasini oshirish, ya’ni uni
taqsimlash (daraxtzorlarga quyib yuborish, suv oqimiga qarshi yerlami
ko'ndalang qilib chuqur haydash va boshqalar) hamda daryo qirg‘oqlarini
ko‘tarish hisoblanadi. Suv toshqini ofatidan xalqni o‘z vaqtida ogoh
etish, fuqarolami, moddiy resurslarni va qishloq xo‘jalik hayvonlarini
xavfsiz joyga evakuatsiya qiiish ham eng muhim ishlardan hisoblanadi.
Evakuatsiyadan oldin har bir fuqaro o ‘zi yashayotgan uylami xavfsiz
holatda qoldirishi (gaz, suv, elektr tarmoqlarini o‘chirish, kerakli ish
qurollarni uylaming yuqori qavatlariga qo‘yishlari, deraza va eshiklami
mahkamlab berkitishlari zarur) va o‘zi bilan kerakli hujjatlarai, pullarni
hamda yegulik ovqat va ichimlik suvlarni olishi zarur.
Suv toshqinida qolgan odamlar turli xavfsirashlarga berilmasliklari
va suv oqimi bo‘yicha past sathli qirg‘oq tomon suzishlari kerak. Suv
toshqini paytida m a’lum qism odamlar (qutqaruvchilar) shu falokat
hududida qolib, imkoni boricha qilinadigan ishlami bajarishlari zamr.
Ammo ular suv ostida qolgan ovqatlarni yemasliklari, suv ichmasiik'ari
kerak.
Yashash joylarida elektr jihozlardan foydalanmasliklari lozim, chunki
elektr ta’minoti simlari qo‘llanganda kichik qarshilik bo'lishi natijasida
yong‘in chiqib keladi. Suv toshqini o‘tib bo‘lgandan keyin fuqarolar
o‘zlarining doimiy yashash joylariga qaytib kelib, toshqin oqibatlarini bartaraf
etish cbora-tttdbirlarini boshlab yuboradiiar. Ular quyidagilardan ibor?.;:
117
- suv bosgan joylardagi suvrti chiqarib tashlash va quritish;
- uy laming yerto‘lalaridagi suvlami chiqarib tashlash;
- toshqin natijasida buzilgan joylami: maishiy-energetik tarmoqlami,
yo‘llami, ko‘priklami va boshqalami qayta tiklash;
- qayta tiklab bo‘lmaydigan inshootlami, uylami yiqitish va ularni
tozalash;
- ekinzorlami suvdan tozalash.
Yuqoridagi tadbirlar fuqarolar muhofazasi shtabi va uning tizimlari
boshchiligida xalq ommasi ishtirokida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |