oyoqlar ushlab ko‘rilganida qo‘lga issiq bo' 1 ib unnaydigan va uncha ko‘p
shikastlanmagan bo‘lsa, ulami bint bilan qattiq qilib bog'lab qo‘yiladi.
Shikastlangan qo‘l yoki oyoqlar garchi suyaklari sinmagan bo'Isa ham
shinalar yoki q o id a bor boshqa vositalar (fanera boMaklari,
tayoqchalar,
yupqa taxtalar, qattiq karton qog‘oz, turli uy-ro‘zg‘or buyumlari va b.)
yordamida taxtakachlanib, qimirlamaydigan qilib bog‘lab qo‘yiladi. Shun-
dan keyingina shikastlangan odamni bir joydan ikkinchi joyga siljitish
yoki ko‘chirish mumkin. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning
dastlabki
daqiqalaridan boshlaboq shikastlangan odamga issiq choy berish, shikast-
lanib travmatik toksikozga uchragan kishilami zambilga yotqizilgan holda
imkoni boricha tezroq va mumkin qadar avaylab
tibbiyot muassasasiga
yetkazish choralari ko‘riladi. Badan lat vegan paytda yuza joylashgan
to‘qimalar va ichki organlar shikastlanishi mumkin. Yuza joylashgan
yumshoq to‘qimalar lat yeganini ko‘rsatadigan alomatlar o‘sha joyning
og‘rib, shishib chiqishi va unda qontalash paydo bo‘lishidir. Birinchi tib
biy yordam ko‘rsatilganida o‘sha joyga bosib turadigan bog‘lam qo‘yib
bog‘lanadi, sovuq narsa bosilib tinch qoldiriladi.
Yopiq shikastlanish haqida umumiy tushuncha.
Odam
organizmi-
ga tashqi faktorlar ta’sir etishi natijasida to‘qimalar va organlar faoliya-
ti buzilishi shikastlanish deyiladi. Ta’sir qiluvchi kuchlar bir necha xil
bo‘ladi: mexanik, termik, kimyoviy,
elektrik, ruhiy ta’sirlar farqlanadi.
Lekin, shikastlanishlaming aksariyati mexanik kuchning bevosita ta’siri
natijasida kelib chiqadi. Odatda, shikastlanishlar ochiq va yopiq bo‘lishi
mumkin. Teri va shilliq pardalar shikastlanmagan bo‘lsa, yopiq shikast-
lanish deyiladi. Bularga urilish, bo‘g‘imlarning cho‘zilishi va suyaklar-
ning
shikastlanishi, to'qimalarning ezilishi kiradi. Suyaklarning shikast-
lanishida chiqiqlar eng ko‘p uchraydi.
Chiqiqlar
deb, bo‘g‘im ichidagi suyuq yuzalarining o‘midan ko‘chib
qolishiga aytiladi. Bunda bo‘g ‘im xaltasi yirtiladi, ba’zida paylar uzi-
lib ketadi. Qo‘l-oyoq bo‘g‘imlaridagi chiqiqlaming asosiy belgilari:
bo‘g‘imning og‘rib turishi,
harakatlaming izdan chiqishi, bo‘g‘im shaklin-
ing o ‘zgarib qolishi, qo‘l yoki oyoqning kalta tortib, majburiy bir holatda
turib qolishi kabi alomatlardir. Bo‘g‘inlardagi
suyaklar chiqqan paytda
qo‘l yoki oyoq uni immobilizatsiya qilish yo‘li bilan tinchlantiriladi.
Yirik bo‘g ‘imlardan - chanoq-son, tizza, yelka bo‘g ‘imlari, shuningdek,
umurtqaaro bo‘g‘imlardagi suyaklar chiqqan mahalda immobilizatsiya
qilish bilan bir qatorda shikastlangan odamga
birinchi tibbiy yordam si-
240
fatida og‘riqni qoldiradigan dori yuborish bam tavsiya etiladi. Pastki ja g 1
bo‘g‘imi chiqig‘ida pastki ja g ‘ni mahkam ushlab turadigan qilib bog‘lab
qo‘yiladi (q. 6-rasm). Shikastlanishlar ichida lat yeyish ham ko‘p uchray-
di. Bu holat ko‘pincha musht, tayoq, tosh bilan urish, yiqilish,
favqulodda
holatlar vaqtida tushgan narsalaming qattiq urilishi natijasida kelib chiqi
shi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: