sathining notekisligi hamda daraxtlaming ko‘p bo‘lishi shamollaming
yemiruvchi kuchini kamaytiradi. Shuning uchun shamolning yo‘nalishiga
ko‘ndalang qilib daraxtlar ekiladi. Mabodo bunday daraxtlar sababsiz
yo‘qotilsa, tuproqning yuqori qavat muvozanatining buzilishiga,
tuproq
tarkibidagi gil va qum zarrachalarining uchirilib ketishligi natijasida yer
sathining qum barxanlari bilan qoplanishiga sabab bo‘ladi. Mana shunday
holatlar hozirgi kunda Orol bo‘yi hududlarida kuzatilmoqda. Shu-
ning uchun bunday favqulodda holatda odamlar yengil, baland qurilgan
imoratlardan, elektr tarmoqlari osilgan simyog‘ochlardan, ko‘priklardan
uzoqroq joylarda saqlanishlari lozim. Bu ofatdan
eng ishonchli saqlov-
chi omil - bu himoya inshootlari (metro, yer osti yo‘lkalari, uy laming
yem rlalari va boshqalar) hisoblanadi.Bu ofatdan saqlanishning yana bir
omili - ofat haqida odamlami o ‘z vaqtida ogoh qilishdir. Albatta, hozirgi
paytda ob-havoni bir necha kun oldindan ayta oladigan zamonaviy us-
lublar
yaratilganki, ulaming bergan m a’lumotlari asosida nafaqat odam-
larni, balki uy hayvonlarini, moddiy boyliklami falokatdan asrash, bu
zilishi yoki yaroqsiz holga kelishining oldini olish mumkin. Xulosa qilib
aytadigan bo‘lsak, kuchli shamol ofati yuz
berganda fuqaro muhofazasi
tizimlari davlat organlari xodimlari boshchiligida qutqaruv va buzilgan
joylarda tiklash ishlarini bajaradi, jabr ko‘rganlarga birinchi tibbiy yor
dam ko‘rsatadi.
Qurg‘oqchilik ofati ham
O‘zbekistonga xos bo‘lib, ilgari bunga
deyarli e ’tibor berilmagan. Lekin keyingi yillarda
ekologiyaning haddan
tashqari buzilishi, suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish va boshqa sa-
bablar oqibatida bizning mintaqada ham bunday ofat aynan hozirgi paytda
kuzatilmoqda. Qurg‘oqchilikda odamlaming o ‘limi, daraxtlaming, ekinzor-
laming qurishi, kuchli yong‘inlarning chiqishi va turli xil kasalliklam-
ing tarqalishiga imkoniyat yaratiladi. Ta’kidlash joizki, 0 ‘zbekistonda
qurg‘oqchilik muammosi Orol dengizi bilan bog’liqdir.
Respublikamiz
Prizidenti Islom Karimov « 0 ‘zbekiston XX asr bo‘sag‘asida: xavfsiz-
likka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida
ta’kidlaganidek: «Yaqin-yaqinlargacha ch o i-u sahrolardan tortib olingan
va sug‘orilgan yangi yerlar haqida dabdaba bilan so‘zlanardi. Ayni chog‘da
ana shu suv Oroldan tortib olinganligi, «jonsizlantirib qo‘yilganligi»
xayolga
kelmasdi, endilikda Orolbo‘yi ekologik kulfat hududiga aylan-
di».Ma’lumki, Orol dengizi suvi yildan yilga kamayib, qurib bormoqda.
Buning oqibatida dengizga yaqin bo‘lgan joylarda dov-daraxtlar, ekinzo-
125
rlar qurib, turli xil kasalliklar ko‘payib boryapti. M a’lumotlarga ko'ra.
Amudaryo suvining bor-yo‘g‘i 10 foiz miqdori
Orol dengiziga quyilmoq-
da. Ammo hozirgi vaziyatda dengizga quyilayotgan suv hajmidan ko‘ra
atmosferaga bug‘lanayotgan suv miqdori bir necha barobar ko‘pdir. Shu
sababdan hozirgi kunga kelib, Orol dengizi suvining balandligi taxminan
17 m pastga tushib ketgan, ya’ni 1960-yillarda uning balandligi 53 m ni
tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yida u 36 m ni ko‘rsatdi. Endi Orolni ilgarigi
holatiga qaytarish uchun unga 30 km3
suv quyish kerak, bu degan so‘z
butun boshli Sirdaryo suvini to‘liq quyish bilan barobardir.
Do'stlaringiz bilan baham: