12.13. Odam zabarli moddalardan zaharlanganida
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
Zaharli moddalar (ZM)dan zararlangan odamlar hayotini qutqarib qolish
uchun maxsus dori vositalari - antidotlar (ziddizaharlar)dan foydalanish
zarur. Antidotlar odam endi zaharlana boshlagan paytida yoki og‘ir
zaharlanishga xos belgilar (talvasalar) paydo bo‘lganidan keyin dastlabki
daqiqalarda ishlatilsagina, ular yaxshi kor qiladi. Ayniqsa, suyuq-tomchi
holatdagi
ZM
va iprit ta’sir qilganida ZM badanga tegib qolganidan keyingi
dastlabki 5 daqiqa ichida badanning ochiq joylarini qisman sanitariya
obrabotkasidan o ‘tkazish zaharlanishning oldini oladi yoki ancha kuchini
qirqadi. Odam kimyoviy zararlanish o ‘chog‘ida himoya vositalarisiz
251
turib qolsa, bu ZMning organizmga tinmay o ‘tib turishiga olib keladi va
kishining ahvolini ancha og‘irlashtirib qo‘yadi. ZMdan zararlanganlarga
birinchi tibbiy yordam berish yuzasidan ko‘riladigan chora-tadbirlar
eng qisqa muddat ichida amalga oshirilishi kerak. Shu munosabat bilan
ZMdan zararlangan kishilami qutqarib qolish uchun
o'z-
o ‘ziga va bir-
biriga yordam berish, shuningdek, keyinchalik birinchi tibbiy yordami
ko‘rsatish va davolashga doir barcha zarur chora-tadbirlarni vaqtida
amalga oshirish birinchi darajali ahamiyatga ega. Sanitar drujinachilar
ZMdan zararlanib qolmaslik uchun, kimyoviy zararlanish o'chog‘iga
kirishdan avval, shaxsiy doriquti (AI-2)dan profilaktik dozada (1 ta
tabletka) antidot olib ichishlari, kimyolovchi kiyim, rezina etik, qo‘lqop,
gazniqoblami kiyib olishlari kerak. ZMlar bilan zararlangan odamlar
kimyoviy zararlanish o‘chog‘idan olib chiqib ketilganidan keyin ham
ancha xavfli bo‘lishini esda tutish kerak. Zararlangan odamlaming kiyim-
kechagi, sochlari va badanining terisida ZM uzoq vaqt saqlanib qolib,
boshqa odamning ochiq joyiga tekkanida, uning ham zaharlanib qolishiga
sabab boiishi mumkin. Zaharlangan kiyim-kechakdan ZM bug' lari berk
binolar, avtomashinalarda desorbsiyalanib (bug‘lanib) chiqib turishi
hisobiga ham odam zaharlanib qolishi mumkin. Zararlangan odam
bevosita ZM ishlatilgan zonada qolib, yuziga zaharlovchi moddalarning
mayda-mayda tomchilari tushgan bo‘lsa, a w a l kimyoviy qurolga
qarshi shaxsiy kimyoviy paket (SH K P-8)dagi suyuqlik bilan yuz
terisini artib tozalash va shundan keyingina gazniqob kiygizish kerak.
Gazniqob kiyilmagan bo‘lsa, ko‘zlarm mahkam yumib, yuz va bo‘yin
terisini degazatorga hoMlangan tampon bilan tezda artib olish zarur.
K o‘zlarni ochmasdan turib, ko‘z atrofidagi terini quruq tampon bilan
artiladi, keyin gazniqob kiyiladi. So‘ngra yana tamponni ho'llab, qo‘l
panjaJari, kiyim yoqasi biian yenglaririing badanga tegib turadigan
chetlari artiladi. Paketdagi suyuqlik bilan yuz terisi tozalanayotgan
paytda ko‘zlarni ehtiyot qilish zarur. B o 'g ‘uvchi ta ’sir ko‘rsatadigan
ZM dan zararlangan hududda bo‘lgan odamlarning hammasiga gazniqob
kiygazilganidan keyin albatta zararlanish o ‘chog‘idan olib chiqib,
ularni eng yaqin joydagi davolash muassasasiga olib boriladi. Havo
sovuqroq bo' Isa, shikastlangan odamlarni issiq qilib o ‘rash va isitish
kerak. Shikastlangan odamlar zaharlangan hududdan olib chiqilganidan
keyin tamomila tinch q o ‘yilishi va nafas olishda qiynalmasin deb,
yoqalarini va kiyimlarini bo‘shatib qo‘yish, imkoni bo‘lsa, yechib olish
252.
kerak. B o‘g ‘uvehi ta ’sir k o ‘rsatadigan ZM dan shikastlangan odamga
sun’iy nafas oldirish mutlaqo mumkin emas. K.o‘zdan yosh oqadigan
va achishtiradigan ZMdan shikastlangan paytda odamlarga gazniqob
kiygizib, ularni zaharlangan hududdan olib chiqib ketish kerak.
Achishishni bartaraf etish uchun k o 'zlar yuvilib, og‘zini toza suv bilan
chayqab tashlanadi. Achishtiradigan ZMdan og‘ir shikastlanish paytida
antidot ishiatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |