kuch ishlatmaslik uchun muzokaralar olib borish mumkin. Bunda ruxsat
etilgan shaxslargina muzokara olib boradilar. Muzokaralar terrorchilar
harakatining ishtirokchilari tomonidan ijobiy hal bo‘lmasa, ya’ni ular o ‘z
harakatlarini to ‘xtatishga rozi bo‘lsalar,
shuningdek, fuqarolar hayotiga
xavf mavjud bo‘lsa hamda moddiy va m a’naviy boyliklaming yo‘q
bo iish i aniq saqlanib turgan paytda, ulami qurolsizlantirish va yo‘q qilish
uchun zarur choralar ko‘riladi. Har qanday terrorchilik harakati muayyan
hududda yuz beradi. Tcrrochilikka qarshi operatsiya o‘tkaziladigan
zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi operatsiya o ‘tkazish rahbarlari
tomonidan helgilnadai. Bunda hududning chegaralarini belgilashda uning
sharoiti, geografik tuzilishi, inshootlar, o‘ta muhim
obyektlaming mavjud
va mavjud emasligi, terrorchilik harakatlarining ko‘lami va xavfsizlik
darajalari e’tiborga olinadi. Terrorchilik harakatiga qarshi kurash olib
borilayotgan paytda kurashayotgan shaxslarga qonunga binoan quyidagi
huquqlar beriladi:
- zaruriyat tug‘ilganda ko‘chada harakatlanuvchi transport vositalari
hamda yo‘lovchilar harakatini cheklash va taqiqlash;
- transport vositalarini ayrim hududlarga va obyektlarga kiritmaslik,
hatto, chet el diplomatik vakolatlarining
konsullik transportlari ham;
- aholini xavfli deb topilgan hududlardan, korxona, uy, bino, va
boshqa obyektlardan chiqarib yuborish;
- jismoniy shaxslaming shaxsini aniqlash uchun ushlab turish;
- terrorchilikka qarshi operatsiya o ‘tkazayotgan shaxslaming qonuniy
talabini bajarmagan, terrorchilik harakati sodir boTayotgan hududga
suqilib kirishga uringan yoki shunday harakatlar sodir etayotgan shaxslami
ushlash va tegishli organlarga olib borish;
- kechiktirish kishilar hayotiga xavf solayotgan bo‘Isa,
terrorchilik
harakati ishtirokchilarini ta’qib qilib, istagan paytda bino, korxona, ish
joyi, uy va boshqa joylarga moneliksiz kirish;
- terrorchilar harakatiga qarshi kurash olib borayotgan hududdan
chiqayotgan yoki kirayotgan transport vositalarini, jismoniy shaxslami
tekshirish;
- zaruriyat tug‘Uganda, jismoniy shaxslaming aloqa va transport
vositalaridan foydalanish (bunga chet el diplomatik vakolatxonalari
xodimlarining aloqa va transport vositalari kirmaydi).
Terrorchilikka qarshi
kurashda mavjud boTgan qurol va tehnikalardan foydalanish mumkin.
Terrorizmga qarshi kurash jarayonida ommaviy axborot vositalari bilan
157
hamkorlikda ish olib boriladi. Shu bilan birga quyidagi m a’lumotlaming
tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jumladan:
- terrorchilik harakatini bartaraf etish va yo‘q qilish uchun maxsus
texnika usullari va taktik yondashish jarayoni;
- o‘tkazilayotgan operatsiyani qiyinlashtirib qo‘yadigan, jismoniy
shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan m a’lumotlar;
- terrorchilik harakatlariga xayrxohlik bildiradigan;
- terrorchilik harakatini bartaraf etishda faoliyat ko‘rsatayotgan va
ularga yordamlashayotgan shaxslar haqidagi ma’lumotlardir.
Mamlakat barqarorligi, aholining tinch va farovon hayotining
buzilishiga qarshilik ko‘rsatuvchi shaxslar
huquqiy va ijtimoiy himoya
qilinadi. Bu haqda «Terrorizmga qarshi kurash haqida»gi Qonunning
25, 26, 28-bandlarida ko‘rsatib o ‘tilgan. Demak, terroristik harakatlar
va ular olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarning olidini olish uchun
sergak bo‘lish, atrof muhitga e ’tibor bilan qarash muhim ahamiyat kasb
etadi. Mabodo shubhali buyumlar aniqlanganda ularga tegmaslik, joyidan
qo‘zg‘atmaslik, ko‘tarmaslik, ichini ochmaslik lozim. Zudlik bilan tegishli
organlarga xabar berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: