M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova


Partenogenez dalachoy, maymunjon o‘simligida sodir bo‘ladi



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839


Partenogenez dalachoy, maymunjon o‘simligida sodir bo‘ladi.  
Urug‘ning  o‘lchami,  shakli  va  og‘irligi  har  xildir.  Urug‘ning  usti  va 
rangi  ham  xilma  –xil,  silliq,  yaltiroq  g‘adir  –budur,  qobirg‘ali,  o‘yiqsimon 
tukli.  Masalan, palma o‘simligi urug‘ining og‘irligi 9 kg.gacha, grek yong‘og‘i 
va  eman  daraxti  ham  birmuncha  yirik  urug‘  hosil  qiladi.  Eng  mayda  urug‘lar 
ayrim  orxideyalarga  xos  bo‘lib,  og‘irligi  0,002  -0,005    mg.  ni    tashkil  qiladi. 
Urug‘larning  soni  ayrim  o‘simliklar  mevasida    faqat  bir    dona  bo‘lsa  ( 


192 
 
boshoqdoshlar),    ba’zilarida    bir  necha  yuz  mingdan    milliontagacha  bo‘lishi 
mumkin.  Bir  tup  o‘simlikning  urug‘  berish  layoqati  ham  turlicha.  Masalan, 
qurtena o‘simligi  yarim milliongacha urug‘ hosil qilishi mumkin. 
Evolutsion  taraqqiyotda  urug‘  sporaga  nisbatan  juda  murakkab 
tuzilgan,  urug‘da  oziq  moddalar,  nasl  murtagi  va  ularni  himoya  qilish  uchun 
o‘rab  turgan  alohida  qobig‘i  bo‘ladi.  Fiziologik  xususiyati  bilan  ham  urug‘ 
sporadan  farqlanadi.  Sporaga  nam  tegishi  bilan  o‘simlik  o‘sib  chiqadi.  Lekin 
urug‘ ma’lum bir tinim davrini o‘tmay turib ko‘karib chiqmaydi. Tinim davri 
turli urug‘larda turlicha bo‘lib, ular uzoq muddat saqlanganda o‘z xususiyatini 
yo‘qotmaydi.  Demak,    urug‘  sporaga  nisbatan  ishonchli,  universaldir.Urug‘ 
murtak    2  n,  endosperm  (oziq  modda)  3  n  xromosomalidir.  Taraqqiyot 
natijasida    endosperm  ham  rivojlanadi,  lekin  murtakning  kattalashishi  
oqibatida  oziq  moddalar  murtakning  o‘zida  to‘planib  endosperm  qisqaradi, 
hatto reduksiyaga uchrashi ham mumkin. 
Tuxum  hujayraning rivojlanish jarayonida  endosperm ham rivojlanadi, 
natijada  urug‘kurtakning  asosiy    to‘qimasi  –nutsellus  oziq  modda  sifatida 
sarflanadi.  Lekin  nutsellus  oziq  modda  sifatida  sarflanmay  zahirada  qolsa,    u 
endosperm  kabi  vazifani  bajaradi.    Nutsellus  urug‘da  saqlanib  qolsa,  uni 
perspermli  urug‘ deb ataladi.  
Perspermli 
urug‘larni 
chinniguldoshlar 
(Caryophyllaceae)va 
sho‘radoshlar (Cheunopodiaceae) oilalarining vakillarida uchratish mumkin. 
Endospermsiz  urug‘lar.  Urug‘da  murtakning  unib  chiqishi  uchun 
kerakli  zahira  oziq  moddalar  murtakning  o‘zida,  ya’ni  urug‘  pallalarida 
to‘plangan 
bo‘lsa 
endospermsiz 
urug‘ 
deyiladi. 
Bu 
urug‘lar 
burchoqdoshlar(Fabaceae), 
qoqidoshlar 
(Asteraceae), 
qovoqdoshlar 
(Cucurbitaceae)oilalarining vakillarida uchraydi. 
Endospermli urug‘lar. Urug‘da murtakning unib chnqishi uchun kerakli 
bo‘lgan  oziq  moddalar  maxsus  g‘amlovchi  to‘qima  -  endospermda  to‘plansa 
endospermli urug‘ deyiladi.Bunday urug‘lar bug‘doydoshlar, ituzumdoshlar va 


193 
 
ziradoshlar oilalarining vakillarida aniq ko‘zga tashlanadi. 
Urug‘  po‘sti  yoki  spermoderma  urug‘kurtakning    tashqi  po‘sti 
integumentdan  hosil  bo‘ladi.  Urug‘  po‘sti  urug‘ni  himoya  qiladi.  Urug‘ning 
tuzilishi  urug‘ni  unib  chiqishiga,  tarqalishiga  moslashgan  bo‘lib,  asosan 
yog‘ochlanadi, ayrim vaqtda etli bo‘lib, qushlar vositasida tarqaladi. 
Urug‘  po‘stidagi  urug‘ning  o‘rnashgan  qismi  chaqa  (rubets)  holida 
saqlanadi.  Bu  chaqaning  shakli  va  rangi  tasniflashda  hisobga  olinadi. 
CHaqadan  tashqari  urug‘  po‘stida  cho‘nqircha  bo‘lib,  u  mikropill 
qoldig‘idir.Oziq  modda  urug‘  endospermida,  perispermida  to‘planadi.  Ayrim 
urug‘larda oziq modda faqat murtagida to‘planadi. Oziq moddalar qattiq, suyuq 
va  shilliq  holda  bo‘lishi  mumkin.  Ular  asosan  uglevodlardan  iborat  (oqsil, 
yog‘, kraxmal). 
Murtak  tuxum  hujayraning  urug‘lanishi  natijasida  hosil  bo‘lgan  kichik 
sporofitdir. Murtak asosan bitta bo‘ladi, ammo murtak ko‘p hosil bo‘lishi ham 
mumkin.  Bunda  tuxum  hujayradan  tashqari    urug‘kurtakning  boshqa  qismlari 
ishtirok etadi. Sitrus, sebarga o‘simliklarida ko‘p murtaklilik kuzatiladi. 
Murtak  murtak  ildizcha,  poyacha  va  barg  kurtakchasidan  tuzilgan. 
Poyachaning  yuqori  qismiga  urug‘  pallasi  joylashsa  –gipokotil,  pastga 
joylashsa epokotil deb ataladi. Poyachaning kurtak bilan tugallanishi plyumula 
deb  ataladi.  Urug‘pallasi  asosan  bitta,  ikkita,  ayrim  hollarda  ko‘p  bo‘lishi 
mumkin (ochiq urug‘lilarda). Urug‘palla dastlabki urug‘ murtagidagi bargdir. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish