47-rasm.Qosh urug’lanish
1- gulning tuzilishi, 2- changchining tuzilishi, 3- urugchi tuguni va urug kurtagining
tuzilishi, 4- urug, 5- yangi maysa
Ayrim o‘simliklarning bir novdasida bir jinsli, ikkinchi novdasida ikki
jinsli gullar bo‘lishi mumkin, masalan, g‘umayda.
Nektar bezlari. Gullarda maxsus bezlar bo‘ladi va ular nektar bezlari deb
ataladi. Bu bezlar nektar deb ataladigan shirani ishlab chiqaradilar. Nektar
tarkibida: glukoza saxaroza, aminokislotalar, oqsillar, vitaminlar va boshqa
organik hamda anorganik moddalar bo‘lishi mumkin. Nektar bezlari asosan
chetdan changlanishga moslashgan gullarda uchraydi. Bu vazifani asalarilar
bajaradi. Hozirgi vaqtda nektardan farmatsevtika sanoatida turli dori –
darmonlar
ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |