28-rasm: Ildizning birlamchi tuzilishi va markaziy silindrning mikroskop ostidagi
ko‘rinishi.
1-epiblema,2-ekzoderma, 3-mezoderma, 4- markaziy silindr, 5-endoderma, 6-peritsikl,
7-ksilema, 8-floema
Ko‘pchilik ikki pallali va ochiq urug‘li o‘simliklarda endodermaning
differensiyalanishi kaspari kamarining hosil bo‘lishi bilan tugallanadi. Bir
pallali o‘simliklarda esa endodermaning shakllanishi yana davom etib,
tangental va radial tomonlari lignin yoki suberin moddasi bilan to‘yinib,
hujayra devorlari yog‘ochlanadi yoki po‘kaklashadi, lekin endodermani tashqi
tangental devori yupqaligicha qoladi. Shuning uchun ildizning ko‘ndalang
110
kesimida endoderma taqasimon ko‘rinishga ega. Endoderma hujayralari
orasida ba’zi bir hujayra devorlari yupqaligicha qoladi va bu hujayralar
bo‘shliq yoki o‘tkazuvchi hujayralar deb yuritiladi. Bu o‘tkazuvchi hujayralar
markaziy silindr ksilemasidagi o‘tkazuvchi naylarning qarshisida joylashadi.
Endodermaning asosiy vazifasi mezodermadan oqib kelayotgan suv va unda
erigan moddalarni markaziy silindrning o‘tkazuvchi naylariga yo‘naltirishdir.
Endoderma hujayralarning taqasimon qalinlashishi endodermaning tirik
hujayralari orqali markazga kirib kelgan suv va unda erigan moddalarni
tashqariga chiqib ketishidan saqlaydi. Natijada, markaziy silindrda suv
ko‘payib, bosimi oshadi. Buni gidrostatik bosim deb ataladi. Bu bosimning
kuchi 1—2 atm. ga qadar etishi mumkin. Kuchli bosim ostida suv va suvda
erigan mineral moddalar ksilemani suv naychalari orqali o‘simlikning uchki
qismidagi barglargacha etib boradi.
Ildizning markaziy qismi o‘q yoki markaziy silindrdan iborat. Bu
silindr o‘sish konusi meristemasining ichki qismidan hosil bo‘ladi.
Markaziy silindr peritsikl deb ataladigan mayda hujayralar qatlamidan
iborat. Peretsikl tirik, yupqa selluloza hujayralaridan tashkil topgan, ular
asosan bir qator bo‘lib joylashadi. Ba’zan esa ular ko‘p qavatli ham
bo‘lishi mumkin. Peretsikl meristematik xususiyatga ega bo‘lib, undan
endogen ravishda yon ildizlar shakllanadi. Ildiz bachkili o‘simliklarda
hatto qo‘shimcha kurtaklar hosil bo‘ladi. Ikki pallali o‘simliklar
peretsiklidan ikkilamchi to‘qima — kambiy va fellogen hosil bo‘lib, u
ildizning
qalinlashishida
ishtirok
etadi.
Peretsikl
hujayralari
meristematik xususiyatidan tashqari, g‘amlovchi va moddalar ajratuvchi
jarayonni ham o‘taydi. Masalan, murakkabguldoshlar oilasiga mansub
o‘simliklar peretsiklida sutsimon shira, sabzida esa yog‘ to‘planadi.
Ba’zi bir pallali o‘simliklarda peretsikl ko‘p qavatli bo‘lib,
yog‘ochlanish oqibatida mexanik vazifani bajaradi.
111
Markaziy silindrning peretsikldan ichkari tomonida ildizning
o‘tkazuvchi sistemasi joylashgan. Peretsikl ostida yon meristema
hujayralaridan prokambiy (boshlang‘ich kambiy) joylashgan bo‘lib,
dastlab birlamchi floemani, so‘ngra birlamchi ksilemani hosil qiladi.
Floema va ksilema elementlari radius bo‘ylab birin-ketin joylashadi.
Agar ildizning ko‘ndalang kesimini mikroskop ostida ko‘rilsa, radius
bo‘ylab joylashgan yirik naychalar (nurlar) yulduz qirrasini eslatadi.
Bunday nurlar turli xil o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Ular karam ildizida
— 2 ta, olmada 3-5 ta, tokda 10—15 ta. Agar nurlarning soni ikkita
bo‘lsa – diarx, 3 ta bo‘lsa — triarx,4 tasi — tetrax undan ortig‘i poliarx
deb yuritiladi.
Ksilema elementlari dastlab peretsikl yaqinida, keyin markazga
tomon yo‘nalishda hosil bo‘ladi. Ksilema elementlari markazda bir-
biriga yaqinlashadi. Agar bunda markazda joylashgan naychalarning
devori erib ketsa, ildiz markazida bitta yirik naycha hosil bo‘ladi. Bu
xodisani ikki pallali o‘simliklardan qovoq va piyoz ildizida kuzatish
mumkin. Bir pallali o‘simliklar ildizida yog‘ochlikni tashkil qiluvchi
ksilema elementlari markazda kuzatilmaydi, shuning uchun markazda
o‘zak hosil bo‘ladi. Makkajo‘xori, arpa, bug‘doy, sholi kabi o‘simliklar
ildizi bunga misol bo‘la oladi.
ILDIZNING IKKILAMCHI TUZILISHI
Bir pallali o‘simliklarda ildizning birlamchi tuzilishi o‘sish davrining
oxirigacha saqlanib qoladi. Ikki pallali o‘simlik ildizida ikkilamchi
tuzilish unda kambiyning paydo bo‘lishi bilan boshlanadi (29- rasm).
Dastlabki barg paydo bo‘lgandan keyin kambiy hosil bo‘ladi.
Ochiq urug‘li va ikki pallali o‘simliklarda floema bilan ksilema
orasidagi meristema hujayralar prokambiyning bo‘linishi natijasida
112
ikkilamchi tuzilishga o‘tadi. Ildizning markaziy silindrida ksilema va
floema oralig‘idagi parenxima hujayralari meristematik xususiyatga ega
bo‘lib, bo‘linish natijasida bir qator tirik parenxima hujayralaridan
tashkil topgan yoysimon kambiyni hosil qiladi.Yoysimon kambiy
hujayralari o‘sish natijasida kengayib, birlamchi floemaning peretsiklga
taqalishiga sababchi bo‘ladi. So‘ngra peretsiklning yoysimon kambiy
oralig‘idagi hujayralar bo‘linib, kambiyga aylanadi. Natijada kambiy
halqasi hosil bo‘ladi. Demak, kambiyning hosil bo‘lishida parenxima
to‘qimasi hamda peretsikl hujayralari ishtirok etadi. Kambiyning tashqi
tomonida joylashgan qismida ham o‘zgarish sodir bo‘ladi. Po‘stloq
parenximasining tashqi hujayralaridan yoki kambiydan tashqarida qolgan
peretsikldan, ba’zan endodermadan probka kambiysi yoki fellogen hosil
bo‘ladi. Fellogen hujayralari bo‘linib tashqi tomonga o‘lik
hujayralardan tashkil topgan fellema yoki po‘kakni, ichki tomonga esa
tirik hujayralardan iborat fellodermani hosil qiladi, ya’ni periderma bilan
qoplanadi (29-rasm).
Periderma hosil bo‘lgach, birlamchi po‘stloq epiblema bilan birga tushib
ketadi, lekin ba’zi o‘simliklarda uzoq vaqt ularning qoldiqlari saqlanadi.
Peretsikldan hosil bo‘lgan kambiy hujayralarining bir qismi o‘tkazuvchi
to‘qima elementlarini hosil qilish qobiliyatiga ega bo‘lmay, ular o‘zak nurlarini
tashkil etuvchi parenxima hujayralarini vujudga keltiradi. Bularga birlamchi
o‘zak nurlari deb ataladi. Ikkilamchi o‘zak nurlari esa kambiydan hosil bo‘ladi.
Shunday qilib, ikkilamchi hosil kiluvchi to‘qima (kambiy) o‘zidan markazga
tomon ikkilamchi ksilema va uning elementlari — suvli naylar, traxeidlar,
yog‘ochlik tolasi — libriform, yog‘ochlik parenximasi, shuningdek, o‘zak
nurlarini, po‘stloqka tomon esa ikkilamchi floema, uning elementlari —
elaksimon naylar, yo‘ldosh hujayralar, lub tolasi va lub parenximasini hosil
qiladi.
113
A. B.
Do'stlaringiz bilan baham: |