5.1. JUNNING TURLARI. RUNO VA UNING ELEMENTLARI
Jun tashqi ko‘rinishdan hamda tuzilishi bo‘yicha quyidagi asosiy
turlarga ajraydi.
Mayin jun turi — ushbu jun turi qalinligi 30 mkm bo‘lib, u juda mayin
bo‘ladi. Bu turdagi junda faqatgina sirtqi va ichki qatlam mavjud xolos.
Bunday junlardan yuqori sifatli matlar to‘qiladi.
Oraliq jun turi — ushbu jun turi mayin va o‘qloqsimon tiplar orasida
joylashgan bo‘lib, uning qalinligi 30—50 mkm ni tashkil etadi.
O‘qloqsimon jun turi — ushbu turdagi junning qalinligi 50—
150 mkm ni tashkil etadi. Bu jun tipi 32 qatlam sirtqi, ichki va o‘zak
qatlamlardan tashkil topgan.
O‘lik tola turi — ushbu jun turi nihoyat dag‘al bo‘lib, o‘zak qatlami
katta miqdorni, salkam 90 % ni tashkil etadi.
Hayvon junini bahor faslida katta tutamda olingan massasida runo
deb ataladi.
Junning turlari va xususiyatlari
4.7-rasm. Chiqindilarni silkitish va savash mashinasining chizmasi:
a — yuqori qo‘zg‘almas panjara va pastki tebranuvchi taroq; b — yuqori tebranuvchi
taroq bilan pastki qo‘zg‘almas panjara; d — yuqori tebranuvchi taroq va pastki
qo‘zg‘almas ninali panjara.
2
1
a
2
a
1
1
2
2
1
a
)
b
)
d
)
133
Junni teridan ajratib olishga qarab, jun quyidagi turlarga bo‘ linadi:
Tabiiy jun — mavsum paytida jonivorlar terisidan qirib olish natijasida
barpo etilgan jundir.
Korxona sharoitidagi jun — korxonada terilardan kimyoviy usul bilan
ajratib olingan jun.
Tabiiy holda junlar asosan qirib yoki qirqib olinadi. Jun turlari
quyidagicha bo‘ladi:
a) yilqi juni — ushbu jun asosan so‘yilayotgan yilqilarning terisidan
qirib yoki bahor va kuz mavsumida ulardan qirqib oli nadi. Ushbu jun
xalq xo‘jaligida asosiy manba hisoblanadi;
b) echki juni — ushbu jun nihoyat mayin hisoblanib, nihoyatda pi shiq,
yaltiroq hamda yengil bo‘ladi. Ayniqsa, kashmir, angor jun lari yuqori sifatli
hisoblanadi. Ularning keng tarqalgan joyi Shimoliy Kavkaz, Ozarbayjon
va Qozog‘iston hisoblanadi. Ushbu junlar aso san ko‘ylak, qo‘lqop, trikotaj
matolar tayyorlashda keng qo‘llaniladi;
d) tuya juni — bu jun tuyalardan olinib, ularning uzunligi 40—60 mm
ni tashkil etadi. Ular asosan O‘zbekiston, Turk manis ton, Rossiyaning
Volgograd va Saratov viloyatlarida yetishtiriladi;
e) ot va mol juni — ushbu jun uzunligi bo‘yicha kalta hisob lanadi
(30—40 mm). Qalinligi esa 40—70 mkm bo‘ladi. Boshqa junlarga
qaraganda dag‘alroq hisoblanadi;
f) kiyik juni — bu junlar ancha kam yetishtirilib, ular asosan astar
uchun qo‘llaniladi.
Yilqi juni asosan xususiyatiga ko‘ra, merinos, nomerinos, ingichka,
sigay; tolasining qalinligi bo‘yicha esa — ingichka, yarim ingichka, yarim
4.8-rasm. Kalta tolani yanchish va ezish qurilmasi chizmasi:
1 — qabul qilish vallari; 2 — plankali savash barabanlari; 3 — ajratuvchi barabanlar;
4 — qabul qiluvchi val.
1
2
3
1
2
3
134
dag‘al va dag‘al turlariga bo‘linadi.
D 14 – 25 mkm, 1 = 20 - 31 mm < 60
k
.
D 25,1 – 31 mkm, 1 = 58 - 50
k
.
D 31,1 – 40 mkm, 1 = 48 - 44
k
.
Bahor faslida qirqib olinadigan jun ancha mayin hisoblanib, asosan
xom to‘qima ip uchun ishlatiladi. Kuz faslidagisi esa ancha dag‘al
hisoblanib, astar uchun ishlatiladi. Barcha yilqilarni to‘rt guruhga bo‘lib,
junni ajratiladi:
1. Ingichka mayin tur
— D 14,5 – 25 mkm 80 — 60
k
.
2. Yarim ingichka mayin tur — D 25,1 — 29 mkm 58 — 50
k
.
3. Yarim dag‘al tur
— D 30 –37 mkm 48 — 40
k
.
4. Dag‘al tur
— D 38 – 67 mkm 36 — 32
k
.
Junning asosiy tabiiy xususiyatlari:
1. Qalinligi — asosan tolaning ko‘ndalang yuzasining mkm dagi
o‘lchami hisoblanadi. Jun tolasining ko‘ndalang kesimi uzunligi bo‘yicha
bir xilda emas. Shu sababli qalinligi o‘rtacha arifmetik qiymatda,
koeffitsiyenti qiymati orqali aniqlab topiladi. O‘rtacha arifmetik qiymat
quyidagicha ifodalanadi:
, mkm
(5.1)
o‘rtacha kvadratik qiymat esa quyidagicha ifodalanadi:
, mkm
(5.2)
bu yerda: a
1
= x
1
- x ; a
2
= x
2
- x ; a
n
= x
n
- x
Variatsiya koeffitsiyenti:
, %;
(5.3)
bu yerda: d va C qancha kattalashsa, notekislik shuncha oshib boradi.
Tolaning qalinligi chiziqli zichlik orqali aniqlanadi:
(5.4)
bu yerda: m — massa;
L; L
1
— tola uzunligi, km.
2. Tolaning buraluvchanligi.
135
1
2
3
4
5
6
7
1. Silliq.
5. Qisilgan.
2. Cho‘ziluvchan.
6. Yuqori.
3. Tekis.
7. Halqasimon.
4. Me’yorli.
Me’yorli:
Me’yorsiz:
yon balandligi asos
yon balandligi asos
balandligidan qisqa
balandligidan katta
1—2-guruh — dag‘al jun.
3-guruh
— yarim ingichka jun.
4-guruh
— ingichka merinos jun .
5—6—7-guruh
— merinos, lekin junning nuqsonli qismi dan
tashkil topgan.
Tola uzunligi
Tolani tekislab, uni chizg‘ich yordamida mm da o‘lchash nati jasida
aniqlanadi. Nihoyat darajada ingichka mayin junning uzunligi kichik
bo‘ladi. Nihoyat, bir tekis jun — bu merinos juni bo‘lib, uning uzunligi
uzun bo‘ladi. Notekis uzunlikdagi jun dag‘al bo‘lib, uning uzunligi kichik
bo‘ladi.
Uzilish kuchi va cho‘zilish
Agar bitta tolaning bir uchini mahkamlab, ikkinchi uchiga yuk
bog‘lansa, u avvalo cho‘ziladi, so‘ngra yukning massasi oshirib borilsa,
uzilib ketadi.
Shu uzilish davridagi kuch miqdori tolaning chegaraviy uzilish kuchi
deb ataladi. Cho‘zilish natijasida esa tolaning uzayishi ro‘y berib, u
uzilishdagi cho‘zilish deb ataladi.
136
Nisbiy uzilish kuchi
, [cH\
teks]
(5.5)
bu yerda: 1
—
bir to‘plam tola
uzunligi, mm;
n
—
to‘plamdagi tolalar soni;
R
r
—
to‘plam uzilish kuchining
o‘rtacha arifmetik qiy mati, N;
m
—
to‘plamning umumiy
massasi, mg.
Cho‘zilish quyidagicha aniqlanadi:
l = 100 (1
1
- 1)\1; %;
bu yerda: 1
1
—
uzilish paytidagi
tola uzunligi, mm;
1
—
cho‘zilishdan oldingi tola
uzunligi, mm.
Tolaning bikrligi va ilashuvchanligi
Tolaning bikrligi — unga ta’sir etayotgan kuchlar ta’sirida tolaning
o‘z xususiyatini saqlashga intilish qobiliyati.
Ilashuvchanlik — bir tolaning ikkinchi tolaga nisbatan sir panishda
ta’sir etuvchanlik xususiyati me’yorli bosim kuchi hi sobga olinmagan
holda.
Gigroskopik xususiyati va namlik — tolaning tashqi muhitdan
kerakli namlikni tortib olish yoki unga berish xususiyati gigro sko pik
xususiyatidir.
Jun tarkibidagi suyuqlik massasini uni absolut quruq mas sasiga
nisbatan foizda hisoblanadi. Haqiqiy namlikni aniqlash formulasi:
, %
(5.6)
bu yerda: m
1
— quritishdan oldingi massa;
m
2
— qurigandan keyingi massa, namuna massasi (100—110
gr).
Elektrlanish xususiyati — junning eng asosiy xususiyatlaridan biri
bo‘lib, uni hisobga olmaslik mumkin emas.
Junga ishlov berish natijasida statik zaryadlanish vujudga kelib,
natijada jun elektrlanish holatida bo‘ladi.
5.1-rasm. Jun tolasi
piyozchasining tuzilishi:
1 — piyozcha; 2 — to‘q pi-
yozchasi; 3 — sterjen (o‘zak);
4 — ustki qop lama; 5 — yog‘
bezlari; 6 —ter bezlari
kanalchasi.
1
2
3
4
6
5
137
Ushbu holatning bo‘lishi junning ishchi a’zolarga yopishib qolishiga
sabab bo‘ladi. Bu holatni yo‘qotish uchun maxsus emulsiya bilan junga
ishlov beriladi.
Tolaning zichligi — zichlik deb birlik hajmdagi tola massasiga
aytiladi.
(5.7)
Kimyoviy xususiyatlari — jun asosan issiq suvda yuqori haro ratda
yemirilish holatiga uchraydi. T = 220° da yemirilish ro‘y beradi. Olovda
(T = 100°) jun to‘qimalari yemirila boshlaydi. Ayniqsa, kislotada junning
yemirilishi tez amalga oshadi.
Junning nuqsonlari — asosiy nuqsonlarga tolaning uzunligi bo‘yicha
ingichkalashib ketishi, ifloslik darajasi, o‘lik tola massa sining va quruq
tola massasining oshishi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |