M. T. Xodjiyev, M. I. Hikmatova tabiiy tolalarga


 ZIG‘IRNI O‘RIB OLISH VA YIG‘ISHTIRISH



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/54
Sana14.01.2022
Hajmi1,8 Mb.
#363995
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
Bog'liq
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

4.1. ZIG‘IRNI O‘RIB OLISH VA YIG‘ISHTIRISH
Unib chiqqandan 8—10 kundan keyin asta-sekin o‘sayotgan zig‘ir 
poyasida sekin uzayayotgan katakchalarni – ingichka devorchalarni va 
katta kanalli tolalarni ko‘rish mumkin.
Tola  2—3  qatorli  xatosiz  qo‘shma  zanjirday  tarqaladi.  Gullash 
davrida tolalar soni tez ko‘payadi va tutam shaklini oladi, tola devorlarni 
qalinlashadi, ichki o‘lchamlari qisqaradi.
Gullash  oxirida  tolalar  soni  ko‘paymaydi,  lekin  elementar  tolalar 
pektin moddasi yordami bilan aloqalar kuchayadi. Bu aloqa gullashdan 
2—3 hafta keyin yoki ekishdan 11—12 hafta keyin juda mustahkamlikka 
erishadi. Bu paytda tolalarning daraxtlanishi (dag‘allashuvi) kam bo‘ladi. 
Shuning uchun tola olinadigan zig‘irni ana shu davrda yig‘ishtirib olish 
kerak, bu davrda zig‘ir tolasining umumiy ko‘rinishi yaltiroq-sariq, pastki 
qism  barglar  so‘ligan,  qolgan  barglar  sarg‘ayayotgan,  faqat  eng  ustki 
3.10-rasm.  ALT rusumli titish-yuvish mashinasining texnologik chizmasi:
1 — ta’minlovchi transportyor; 2 —qayiruvchi mexanizm (poya uchun);  
3, 6 — titish barabanlari; 4, 7 — birinchi va ikkinchi seksiyadagi qisib olib yuruvchi 
transportyorlar; 5 — seksiyalararo uzatuvchi mexanizm;  
8 — pressga o‘tkazuvchi transportyor; 9 — siquvchi press.
2
1
4
3
6
5
7
8
9


123
barglar hali yashil holida bo‘ladi. Bu esa yuqori hosildorlik va sifatli tola 
olishni  ta’minlaydi,  garchi  urug‘ni  ishlatib  bo‘lmasa  ham,  lekin  qurish 
to‘g‘ri  olib  borilsa,  bu  urug‘lar  to‘lishishi  va  ularni  ekishda  ishlatish 
mumkin.  Keyinroq,  zig‘ir  sariq  holida  urug‘  batamom  olib  tashlanadi, 
lekin tola tezda yopishqoq legnin moddasi borligi tufayli dag‘allashadi 
(yopishqoq – tez qotuvchan).
Zig‘irni  yig‘ishtirib  olishda  uning  to‘liq  uzunligini  saqlab  qolish 
uchun  ildizi  bilan  qo‘porib  olinadi,  bog‘lab  keyingi  ishlov  uchun 
dalada qoldiriladi. Buning uchun zig‘ir qo‘poruvchi mashinalar va zig‘ir 
kombaynlari ishlatiladi.
Zig‘ir poxoli — urug‘ boshog‘i olingan zig‘ir. Ular kaltak lash jarayonida 
ajratiladi. Ajratishda poyadan avval boshoqlar, keyin esa urug‘ olinadi. 
Kaltaklashda boshoqlar buziladi va urug‘lar ajratiladi. Olingan zig‘ir poxoli 
yerga yotqiziladi (tresta olish uchun) yoki birinchi ishlov berish uchun 
zavodlarga yubo riladi.
Poya va zig‘ir tolasi
Zig‘ir poyasining o‘rtacha uzunligi 60—100 sm, o‘rtacha diametri esa 
d = 0,8 - 1,4 mm. Poyaning o‘rtacha sifati  M = Lt/d = 400 - 700. M > 700 
bo‘lganda poyadan eng sifatli tola olinadi, M < 400 bo‘lsa, sifatsiz tola 
bo‘ladi. Poyaning diametri d < 1,5 mm gacha kattalashsa, tola ko‘payadi 
(kattalashadi), diametr d > 1,5 mm dan keyin tolalar soni o‘zgarmaydi.
Poyaning ust qismi plyonka bilan qoplangan (4.4-rasm).
Uning tagida teri va o‘zak joylashgan bo‘lib, bular birgalikda (zig‘irni) 
3.11-rasm. a — uzun kanop tolasi quritiladigan dorlar.  
b — tuzilish chizmasi:
1 — tros yoki sim uchun teshiklar; 2 — tirgak.
f
50
800
600
1
25x25
d
T
=50
2
400
1700
2100
350
a
)
b
)


124
lubni  tashkil  qiladi.  O‘zak  ingichka  devorli  parenxim  katakchalardan 
tuzilgan.  Ular  o‘zakning  hamma  elementlarini  birlashtirishga  xizmat 
qiladi, o‘zakda, shuningdek, prozenxim (uzaytirilgan) katakchalar bo‘ladi, 
ular o‘zlarida elementar tola larni ushlab turadi.
Po‘stloq tagida, markazga yaqin joyda o‘simta (4.4-rasm) joy lashgan, 
u  qalin  devordan  iborat  va  po‘stloqdan  yupqa  qatlam  bilan  ajralib 
turadi. O‘simta tolali tutamlar bilan birgalikda poyani sinishdan saqlaydi. 
Poyaning o‘rtasida o‘zak joylashgan.
Elementar tolalar 10—25 mm uzunlikka ega, diametri 15—20 mkm 
va chiziqli zichligi 0,125—555 teks. Qisqa tola bitta dalada yetishtirilgan 
uzun poyalardan 3—5 mm uzunlik ajratiladi. Yo‘g‘onlik va mustahkamlik 
poyaning  pastki  qismidan  tepaga  qarab  kamayib  boradi.  Birinchi 
ishlov  berish  bilan  poyadan  olinadigan  texnik  tola  bir-biri  bilan  yon 
shoxobchalar  va  po‘stloq  qatlamlari  bilan  birlashgan  elementar  tola 
tutamlari  kompleksini  namoyon  qiladi.  Elementar  tola  tutamlarining 
aralashuvi  bilan  uning  uzunligi  50 dan  250 mm  gacha  yetadi.  Ba’zan 
yakka tutam lar bir-biriga tegib turgan ust qismlari yoki yon shoxobchalari 
bilan birlashgan elementar tolalari orqali birlashib, texnik tolani tashkil 
qi ladi.  Uning  uzunligi  40—125  sm,  o‘rtacha  o‘lchami  d = 150—250 
mkm,  chiziqli  zichligi  1,8—8  teks. Texnik  tolaning  mustah kamligi 
tutamning  mustahkamligiga,  uzunligiga,  qalinligiga,  ele mentar  tola 
soniga bog‘liq.
Zig‘ir poxoliga birinchi ishlov berish quyidagi jarayonlardan iborat: 
tresta  olish;  quritish;  trestani  ezish;  zig‘irni  kaltaklash;  chiqindilardan 
tozalash;  navlarga  ajratish;  qisqa  va  uzun  tolalarga  ajratib,  toylarga 
presslash. Birinchi ishlov berishda, 2/3 qism uzun tola va 1/3 qism qisqa 
tola olinadi.
Zig‘irga  ishlov  berish  zig‘ir  zavodlarida  va  jamoa  xo‘jaliklarida 
boshlanadi. Xomashyo zavodga poxollar shaklida yoki tresta shaklida 
kuzda va qishning boshlarida olib kelinadi, u bir necha oy mobaynida 
yopiq joylarda saqlanadi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish