3.12. KANOP MAHSULOTINI QURITISH
Kanop zavodlarida kanoppoya va po‘stloqni ishlash vaqtida yuqori
namlikdagi uzun tola va tolali chiqindilar olinadi. Ularni keyingi
jarayonlarda ishlash uchun quritish kerak. Shuning uchun kanop
zavodlarida tola va tolali chiqindilarni quritish jarayoni kanopni ishlash
3.6-rasm. MKV mashinasining texnologik chizmasi:
1 — ta’minlovchi transportyor; 2 — siquvchi valiklar; 3 — ignali valiklar;
4 — panjarali transportyor; 5 — kurakli transportyor; 6 — ko‘ndalang
lentali transportyor.
1
2
4
3
5
6
3.7-rasm. AKV mashinasining texnologik chizmasi:
1 — chiqartiruvchi transportyor; 2 — o‘rish barabanlari; 3 — tebranuvchi
transportyor; 4 — ta’minlanuvchi transportyor; 5 — uzatuvchi transportyor; 6 —
siquvchi press; 7 — birinchi titish seksiya; 8 — oraliq tebranuvchi transportyor; 9 —
ikkinchi titish seksiya; 10 — chiqaruvchi transportyor.
1
2
3
4
6
5
7
8
9
10
119
texnologik jarayonlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonning to‘g‘ri va
ratsional uyushtirilishi keyingi mexanikaviy ishlashga katta ta’sir qiladi.
Shuning uchun quritish jarayoni quritiladigan mahsulotning xususiyatiga
va sifatiga qarab uyush tirilishi kerak. Uzun tola va tolali chiqindilar tabiiy
va sun’iy usullarda quritiladi.
Tabiiy usulda quritish
Tabiiy usulda quritish asosan havoning tabiiy sharoitiga bog‘liq bo‘lib,
mavsumiy xarakterda bo‘ladi. Undan tashqari, bu usul sermehnat bo‘lib,
tashish vositalari hamda katta-katta quritish maydonlari talab qiladi.
Kanop zavodlarida tabiiy usulda uzun tola, tolali chiqindilar, ivitilib tayyor
bo‘lgan past navli va chigal poyalar quritish maydonlarida quritiladi.
Keyingi yillarda bu usulda quritish tobora kamayib bormoqda. Tabiiy
usulda ho‘l uzun kanop tolasi quritish maydonlarida bir-biridan 1—1,2 m
oraliqda tortilgan, diametri 6 mm li po‘lat tross yoki sim dorlarga osib
quritiladi (3.11-rasm, a). Tola tez qurishi uchun zichlamay yupqa qilib (1
pom. m ga 1—1,5 kg dan) yoyiladi. Bu usulda tola o‘rta Osiyo sharoitida
– havo ochiq kunlari 10—12 soatda, umuman esa 1—2 kunda quriydi,
ya’ni qurish muddati kunning taftiga bog‘liq bo‘ladi.
Kanop tolasi va chiqindilarini sun’iy usulda quritish ustida ilmiy
tekshirish institutlari, konstruktorlar va kanopni dastlabki ishlash sohasida
ishlayotgan mutaxassislar ko‘p yillardan beri ish olib bormoqdalar.
So‘nggi yillarda boyitilgan, siqib namligi kamaytirilgan tolali
chiqindilarni sun’iy usulda quritish maqsadida SLG—120—L1 rusumli
quritish mashinasi yaratildi hamda u kalta tola olish oqim liniyasiga
o‘rnatildi.
Toylanmagan tolaning hajmi katta bo‘lgani uchun omborlarda
3.8-rasm. TMM—200 K rusumli ezish-titish mashinasining
umumiy ko‘rinishi chizmasi:
1 — ta’minlovchi transportyor; 2 — birinchi titish seksiyasi; 3 — uzatib turuvchi
mexanizm; 4 — ikkinchi titish seksiyasi; 5 — quvur; 6 — yuritgich.
1
3
6
2 5
4
120
saqlash, transportyor vositalari, yuk ortish va yuk tashish mexanizmlaridan
foydalanish qiyinlashadi. Shuning uchun kanop zavodida tola maxsus
presslarda toylanadi. Toylangan tolani uzoq saqlash va kanop fabrikalariga
yuborish ko‘p jihatdan qulaydir.
Nazorat savollari
1. Dag‘al poyali o‘simlik turlarini sanab o‘ting.
2. Kanop o‘simligining tuzilishi qanday kurinishga ega?
3. Birlamchi va ikkilamchi to‘qima nima?
4. Kanoppoyaning ko‘ndalang kesimi tuzilish chizmasi qanday?
5. Elementar tola nima?
6. Kanoppoya qanday baholanadi?
7. Qabul qilinadigan poyaning namligi qanday aniqlanadi?
8. Poyaning standart namunasi qanday navlarga bo‘linadi?
9. Panja va po‘stloqsimon tutamlar miqdori qanday aniqlanadi?
10. Kanopni tayyorlash va saqlash qanday amalga oshiriladi?
11. Kanop ishlab chiqarish jarayonlarining asosiy chizmasi.
12. Quruq kanoppoyadan po‘stloqni ajratish qanday amalga oshiriladi?
13. MT—100—K agregatining texnologik chizmasini chizing.
14. Kanopni ivitish usullari qaysilar?
15. Kanopni sovuq suvda ivitish usulining afzalligi nimada?
16. Kanop po‘stlog‘ini issiq suvda ivitish qanday amalga oshiriladi?
17. Ivitilgan poya va po‘stloqqa mexanik ishlov berish qanday jarayon?
18. TMM—200—K titish-yuvish mashinasining ishlash tartibi qanday?
19. ALV rusumli ezish-titish mashinasining tuzilishi va ishlash tartibi qanday?
3.9-rasm. Modernizatsiya qilingan ALV—M titish-yuvish
mashinasining texnologik sxemasi:
1 — ta’minlovchi transportyor; 2, 3 — birinchi seksiyadagi pastki va yuqorigi siqib
olib yuruvchi moslamalar; 4, 6 — birinchi va ikkinchi seksiya urgich barabanlari;
5 — bosim beruvchi moslama; 7 — tolani pressga uzatuvchi siquvchi zanjirning
mexanizmi.
2
5
1
3 4
6
121
Do'stlaringiz bilan baham: |