2.3.Xorij tajribasiga asoslangan zamonaviy metodika
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shuning uchun hozirda Xitoyda tarbiyachidan rasm chizish mahoratiga ega bo’lish talab qilinadi. Bu nafaqat o'qitishning qiyinchiliklarini qisqartiribgina qolmay, balki o'quvchilarni o'rgangan bilimlarni asta-sekin mustahkamlashga yordam beradi. O’quvchilar ingliz tilini o'rganish jarayonida o’zlaridagi yutuqlarni his etishlari uchun har bir o'quv mashg'ulotiga mukammal yondashish kerak. Ana shundagina bolalarda o’rganishga motivatsiya uyg’onadi.Hozirgi kunda Xitoylik bog’cha yoshidagi bolalar yangi bilimni qabul qilish imkoniyatlari juda ilgarilab ketganligi sababli bog’chalardagi o’qitish dasturlari shunga mos ravishda intensivlashtirilgan.
Hozirgi kunda Xitoydagi barcha bog’chalar multimedia qurilmalari bilan ta’minlangan. Bolalar uchun ingliz tili qo’shiqlaridan tortib she’r va hikoyalar, videoroliklar orqali o’rgatib kelinmoqda. Bu zerkilarli til darslarini qiziqlarli kunlik o’yinga aylantiradi. Xitoy bog’chalarida bir gruhda 10 ga yaqin tarbiyalanuvchi bo’lib, tarbiyachi muntazam har bir bolani pisixologiyasidan kelib chiqqan holda ularga tarbiya usuli qo’llaniladi. Bu tarbiyachidan faqatgina tarbiyachi bo’lib qolishni emas bir vaqtning o’zida rassom, musiqachi, chet tili o’qtuvchisi, va yaxshigina psixolog ona bo’lishni ham talab qiladi. Albatta hozirgi rivojlanib borayotgan zamonda Xitoyliklar yosh avlodlarga bu borada juda katta qulayliklarni yaratib berishmoqda. O’qitish samaradorligini oshirish uchun multimediadan foydalanish.
Multimedia orqali o’qitish tarbiyachiga katta imkoniyatlarni beradi. Bunda bollalarning qiziqishini yuqori darajagacha ko’tarish va ularning e’tiborini uzoq vaqt jalb qilib turish mumkin. Bu orqali bollarning tilga bo’lgan ko’nikmalarini yanayam ortganini korishimiz mumkin. Agarda mavzuyimiz “Animals” bo’lsa biz har xil hayvonlarni nomlarini o’qitishda avval ularning tovushlaridan foydalanamiz bolalar bunga qattiq e’tibor qaratishadi, va shu zahotiyot cat, tiger,bear….deb hayvonlar nomlarini ayta boshlashadi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi.
Xitoy maktabgacha ta’lim tizimidan tashqari Germaniya, Janubiy Korea, AQSH da, Osiyo va Yevropa ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan yangiliklar va islohatlar ta’lim tizimiga texnologiyalarni joriy etish bolalarni qamrovi kabilar bilan birgalikda xorij mamlakatlarida pedagogik faoliyat suksala borayotgani hamda bolalarni mustaqil faoliyati muhim rol o’ynaydi. Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi.
Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi.
Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek,
“Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi.
Barcha sohalar qatori tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boshqa sohalar qatori Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida yil yakuni bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarning qamrovi 10 foizga oshishi, 2018 yilda esa maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash harajatlari joriy yilga nisbatan 32 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo‘yildi.
Xulosa
Mamlakatimizda ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Talim tashkiloti faoliyatini boshqaruvini mukammal rivojlantish pedagog kadrlarni salohiyatli tayyorlash. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo'Ijallangan Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko'rib chiqish va uni yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berildi. Bu muammolarni to'laqonli hal etishda o'qituvchi-pedagogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ishlarni pedagogik tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarining samarali kechishini ta'minlash zaruriyati yuzaga keldi. Bu talablar pedagogika oliy o'quv yurtlarining maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga ham taalluqli bo'lib, bu ixtisos beradigan fanlarning nazariy jihatdan yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Bo’lajak tarbiyachilarni boqaruvchi menejment sifatida tayyorlash maqsadga muvofiq.
Shu o’rinda mavzuyimizga xulosa sifatida quyidagilarni takidlamoqchimiz.
a. Xitoyda yangi ommaviy multimedia vositalari ta’lim sohasida keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda o'quv vositalari sifatida, Internet va multimedia texnalogiyalari bolalar bog’chalarida samarali qo’llanilib, kichik yoshdagi bolalarning ta’limiga yangi ko’nikmalarni olib kelmoqda. O’zbekistonda bolalar bog’chasida yangi multimedia texnologiyalari dasturni rivojlantirish hozirgi kunda eng muhim mavzudir. Raqamli texnalogiyalar maktabgacha ta'limning asosiy modelidir, bolalikdan boshlab sifatli ta’lim asosida bolalarni tarbiyalash va o'qitish zarur. O’zbekistonda yangi ommaviy multimedia vositalarini bog’chalarga tadbiq qilish, bu kelajak avlod chet tilini o'rganishga katta hissa qo'shadi.
b. Biz maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarda chet tilida eshitish qobilyatining oqsoqligini ko’p uchratishimiz mumkin, bu bolalarning yetarli darajada eshitish darslarini egallamagini bildiradi. Real hayotda bolalalarimiz televizor ostida animatsion multfilmni jimgina tamosha qilishlarini ko’rishimiz mumkin. Bugungi kunda bog’chalarning yuqori texnalogiyalar bilan taminlash vaqti yetib keldi. Ularga doimiy chet tillaridagi multfilm darslani eshitirish lozim, bolaning bo’g’cha davridan chet tili qobilyatini rivojlantirish uning keyingi bosqichda barcha bilimlarni yengil qabul qilishiga yordam beradi.
c. Bog’cha yoshidagi bosqichda til qobiliyatining rivojlanishi asosan doimiy taqlid orqali shakllantiriladi va ko'pgina ro’llar ko'pincha multfilmlarda taqlid orqali paydo bo'ladi, Shuning uchun, multfilmni tomosha qilayotganda, bolalarning harakatlardagi o'zgarishlarni ko’rishimiz mumkin. Shu sababli, multfilmni samarali ta’lim vositasi sifatida qo’llashimiz mumkin, bu esa bolalarning ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradi. Hozirgi kunda ba’zi ota-onalar bolalarning multfilmga bo’lgan qiziqishidan juda tashvishga tushishadi, ammo aslida, yosh bolalarning rivojlanishidagi ularning fantaziya dunyo qarashini shakllanishining asosiy omili bo’lib hizmat qiladi. Shuning uchun, o'qitishda biz Amerika Qo'shma Shtatlarining masofadan boshqarish usuli ya’ni, multfilmlarni bolalarning til taraqqiyotiga ta’sir ko'rsatish usuliga aylantirishimiz mumkin. Barchamiz bilamizki, bu bosqichda yosh bolalar o’zlarining fikrlash qobiliyatlari va tilni qo’llash qobiliyatini haqiqiy hayot tajribasidan o'rganib boradilar, ayniqsa bu bosqichdagi yosh bolalar uchun multfilmlar bilan muloqot qilish, Masofadagi masovaviy hissiy jihatini kengaytirib, bolalarning til bilimi darajasini oshirish uchun hizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
O.U.Hasanboyeva, M.X.Tojiyeva, SH.K.Toshpo‘latova, M.M. Pirmuhamedova, R.T. Akbarova I, M .Sh. Nurmatova, N .M . Qayumova, N.N. Jamilova, X. Sariboyev, L.A. Kulay. “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”. Toshkent - «ILM ZIYO» - 2011
N. M. Qayumova Maktabgacha pedagogika
Nizomiy nomidagi TDPU rasmiy sayti
R.T. Akbarova , N. N. Jamilova, N.M. Qayumova Maktabgacha ta’lim pedagogikasi (Ilm Ziyo 2012)
Movlonova R, To’rayeva O, Xaliqberdiyev K Pedagogika
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uslubiy qo’llanma
Internet saytlari:
1. ziyo.net
2. aim.uz
3. arxiv.uz
4. TDPU rasmiy sayti
5. Pedagog.www.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |