O‘z maslahatlari va fikrlarini majburiy singdirish va qabul qilinishiga harakat qilish. Odatda, maslahat faqat mana shu maslahat so‘ralgan taqdirdagina berilishi lozim. Ammo ko‘pchilik hollarda biror muammo muhokama qilinayotgan bo‘lsa, o‘zini katta tutgan odam, yoki yoshi ulug‘roq odam, albatta maslahat qila boshlaydi. Maslahatni esa yo qabul qilish, yoki uni inkor qilish mumkin. Maslahat qabul qilinsa, uni bergan odam xursand bo‘ladi, maslahat ochiqchasiga inkor etilsa, uni bergan odam, eng salbiy munosabatda, “Meni mensimadi, gapimga kirmadi” deyishi mumkin. Masalan, tajribasiz yosh o‘qituvchi o‘quvchilariga avtoritar uslubda yondashgan holda, har doim o‘z topshiriqlarini majburiy bajarishga va buyrug‘ona fikrlarini o‘quvchilarga singdirishga harakat qilishini “tarbiyalash” xususiyatiga kiritadi. Yoki, qaynonaning qanday uy tutish lozimligi bo‘yicha o‘z kelinini niqtab turishi ham “tarbiyalash” xususiyatiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |