M. T. Ahmedova tdpu pedagogika kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi


Birovning his-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish



Download 6,27 Mb.
bet188/525
Sana11.01.2022
Hajmi6,27 Mb.
#352832
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   525
Bog'liq
Пед конф. УМК-2020.docx

Birovning his-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish. Konfliktlarda manfaatlar to‘qnashuvidan tashqari emotsional-hissiy to‘qnashuv ham yuz beradi. Ya’ni, emotsional-hissiy qarama-qarshilik mavjud nizoning tashqi ko‘rinishi sifatida o‘zini namoyon etadi. Konfliktda ham o‘z manfaatlarini ifoda etish maqsadida, ham o‘zini himoya qilish uchun har bir inson o‘z his-tuyg‘ulariga berilib, esankirab qolishi mumkin. Emotsional esankirash esa konflikt jarayonining to‘g‘ri va adolatli hal etilishiga zarar yetkazishi mumkin. Shu bois, konfliktning yechimida bir tomondan, o‘zining his-tuyg‘ularini jilovlay bilish, ikkinchi tomondan, o‘z opponentining his-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish talab qilinadi. Birovning his-tuyg‘ulari mazkur konkret(aniq) shaxsning aynan konkret shart-sharoitdagi ahvolining namunasi sifatida baholanishi ma’lum xulosalar qilinishiga yordam beradi. Ya’ni, konfliktdagi his-tuyg‘ular insonning boshqa insonga yo‘naltirilgan doimiy mavjud munosabatini emas, balki birdaniga uyg‘ongan va portlash orqali o‘zini ifoda etayotgan tuyg‘ularini ifoda etadi, xolos. Emotsional portlash - o‘tib ketadi. Ularning ortida insonning azaliy, shakllangan va hurmatli munosabati yotgan bo‘lishi mumkin. Shu bois, diqqatni bir soniyada vujudga kelib, jo‘sh urgan emotsiyalarga emas, balki azaliy mavjud bo‘lgan hurmatli munosabatlar va emotsiyalarga qaratishga harakat qilishga yo‘naltirish lozim. Hurmat va e’tibor ishonchga olib kelishini yodda tutish lozim. Birovning his-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish, faqat konflikt sharoitiga nisbatan emas, balki umuman hayotdagi barcha bosqichlarga nisbatan qat’iy qoidalardan biri bo‘lishi lozim.

Masalan, o‘z otangiz bilan siz uchun muhim bo‘lgan masalada bahslashib qoldingiz. Masalan, siz o‘zingiz yoqtirgan qizga uylanmoqchisiz, ammo otangiz bunga qarshi. Otangiz sizni tushunishni istamaydi. Orada janjal yuzaga keladi. Siz jahl qilib, ko‘chaga chiqib ketasiz. Otangiz orangizda bo‘lgan hodisadan qiynalib, uyda qoladi. Otangiz aslida sizga yomonlik istamaydi. Otangiz, balki siz tanlagan qizning qaydayligini bilsa, o‘z fikrini o‘zgartirar. Bunga esa vaqt talab etiladi. Kechqurun kelsangiz, otangiz hafa. Ammo siz chekinishni istamaysiz. Siz yana unga nisbatan o‘z so‘zingizda qolganingizni ko‘rsatmoqchi bo‘lib, bee’tibor bo‘lasiz.

Ammo otangizning kechqurundagi salbiy kayfiyati kunduzi bo‘lgan janjal oqibatida o‘zini yomon his qila boshlagani natijasi bo‘lishi mumkinligini hayolga ham keltirmaysiz. Siz, o‘zingizni o‘z baxti ustida kurashayotgan odam sifatida qabul qilasiz, o‘z so‘zingizdan qaytmasligingiz aniq. Ammo, bu degani, umuman bee’tiborlilik degani emas-ku?! Otangiz sizni hafa qilmaslik uchun o‘z ahvoli haqida so‘z demaydi, u indamaydi, o‘zini yomon his qilayotganligini yashiradi. Uning yurak huruji og‘irlashadi. Siz esa o‘zingiz bilan o‘zingiz ovora bo‘lib qolaverasiz. Bunday, yaqinlaringiz emotsional holatiga bo‘lgan bee’tiborlilik juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini siz hali bilmaysiz.

Konflikt sharoitida har ikki tomon ham ishonchga muhtojdir, o‘zaro ishonch esa konflikt yechimini topishga imkon beradi. Yuqoridagi holatda, kechqurun uyga qaytgandan so‘ng, (aslida ko‘chada yurganda ham bir telefon qilib ahvol so‘rasangiz bo‘ladi), “Dada, mayli hafa bo‘lmang. Bu masalalar birdaniga hal bo‘lmaydi. O‘ylashib ko‘rarmiz... Biror chorasi chiqib qolar... Siz menga yaqin odam.. O‘zingizni avaylang...”, desangiz, otangiz yurak xuruji bezovta qilayotganligini ochiq aytadi. O‘rtada, ikki tomon orasida yana ishonch vaziyati tug‘iladi. Inson insonga har jihatdan zarur va muhtoj ekanligini yodingizdan chiqarmang. Chunki inson axloqi uning boshqalarga bo‘lgan munosabati orqali bilinadi, o‘zini ko‘rsatadi, ammo uning axloqiyligini yaratuvchi mohiyat inson ichki olamida tarbiyalangan bo‘lsagina, u yuzaga chiqadi.




  1. Download 6,27 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish