Konfliktli vaziyatni hal qilish:
1. Konflikt mavjudligini tan olish. Opponentlarning qarama-qarshi maqsadlari, uslublari mavjudligini e’tirof etish, ana shu ishtirokchilarni o‘zini aniqlab olish. Ba’zan konflikt ko‘pdan mavjud bo‘lishiga qaramay, ammo u ochiq e’tirof etilmagan bo‘lib, har bir tomon boshqa tarafga ta’sir ko‘rsatish yo‘li va uslubini tanlaydi hamda yuz bergan vaziyatdan chiqib ketishning iloji yo‘q.
2. Muzokaralar imkoniyatini aniqlab olish. Konflikt mavjudligi e’tirof etilib, uni “yo‘l-yo‘lakay”, birdaniga hal qilish imkoni yo‘qligi aniqlanganidan so‘ng muzokaralar, aynan qanday, ya’ni vositachilar ishtirokidagi yoki ularsiz muzokaralar o‘tkazish, kim har ikki tomonni ham qoniqtiradigan vositachi bo‘la olishi mumkinligi to‘g‘risida kelishib olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |