M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)


 Iqtisodiy geografik omillar



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

 
3.2. Iqtisodiy geografik omillar 
Iqtisodiy geografik omillarga turizmning moddiy texnika 
bazasi, ya‘ni mehmonxonalar fondi, umumiy ovqatlanish 
korxonalari (restoran tarmoqlari), sport inshootlari, tomosha va sayr 
qilish, dam olish, bir qator servis xizmati ko‗rsatish obektlari ichki 
va tashqi kommunikasiya tarmoqlari avtomobil, temiryo‗l, havo 
yo‗llari, dengiz va daryo transporti, aloqa vositalari, internet 
tarmog‗i kiradi. Iqtisodiy geografik omillar mavjud resurslardan 
unumli foydalanishga ta‘sir ko‗rsatib, o‗z navbatida quyidagilar 
orqali aniqlanadi: 
- turstlarni qabul qiluvchi mamlakatlar, mintaqalar, hududlarning 
iqtisodiy geografik o‗rni, joylanishi; 
- sayyohlarni qabul qiluvchi mamlakat (mintaqa, rayon)ning 
umumiqtisodiy 
darajasi; 
- ichki turizmni rivojlanish darajasi; 
- urbanizatsiya darajasi; 
- turistlarni qabul qiluvchi mamlakatlarning mehnat resurslari bilan 
ta‘minlanish darajasi (malakali kadrlarning soni, ularning 
tayyorgarlik darajasi ); 
- ma‘lum bir hududda rekreatsion resurslarning qiymati, transport 
xizmatlari turi, oziq-ovqat mahsulotlarning narxi, mehmonxonalarda 
joylashish narxlari (xizmat ko‗rsatish tarmoqlarini saviyasi); 


46 
- transport, aloqa vositalarining hududda tutgan o‗rin va holati bilan 
xarakterlanadi. 
Yuqoridagilarning har biri o‗ziga xos ahamiyatga ega. Misol 
uchun, iqtisodiy geografik o‗rnini qulayligi, mintaqaning asosiy 
turistik bozorlar, dunyo transport tarmoqlariga nisbatan qulay 
joylashganligini bildirib, shu mintaqa turizmini rivojlanishiga ta‘sir 
ko‗rsatadi. Xalqaro turizmni rivojlantirishda mamlakat va 
hududning 
geografik o„rni 
ya‘ni uning dengiz va okeanga yaqinligi, 
qirg‗oq chiziqlarining xususiyati, turli xil suv, avtomobil va temir 
yo‗llar bilan kesishish joyi, tog‗li va o‗rmon manzarali joylarga 
yaqinligi, ular bilan ta‘minlanganlik darajasiga ham bog‗liq bo‗ladi. 
Xalqaro turizmning rivojlanishida madaniy-tarixiy shart-sharoitlar

etnik shart-sharoitlar bilan qo`shilib ketadi. Arxitektura ob`ektlari, 
muzeylar, rasmlar galereyasi, mahalliy musavvirlar ishlari, tarixiy 
yodgorlik va obidalari ham xorijiy turistlarni o‗ziga jalb qiladilar. 
Tarixiy yodgorliklar va boshqa xalqlar madaniyatiga qiziqish 
xalqaro turizmning eng muhim extiyojlaridan biridir. 
Davr mobaynida o‗zgaruvchanlikka ega omillarga 
siyosiy, 
ijtimoiy-demografik, moliyaviy-iqtisodiy va texnikaviy 
omillar 
kiradi. Turistik biznesni rivojlantirishda, mamlakatdagi siyosiy 
vaziyatning qay ahvolda ekanligi katta ahamiyatga ega. Chunki, 
xalqaro munosabatlarning rivojlanganligi, havfsizlik kafolati 
turizmni bir moramda rivojlanishiga olib keladi.
Ma‘lumki, mamlakatdagi ichki vaziyatning qay darajada 
turg‗unligi ko‗p hollarda xalqaro turizm oqimining yo‗nalishini 
belgilaydi. 
Tabiiyki, 
davlatlararo 
turistlarni 
almashtirishda, 
mamlakatlar o‗rtasidagi o‗zaro kelishuvchilik munosabatlari ham 
muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Odatdagi diplomatik aloqalar, 
turizm sohasidagi kelishuvlar, shartnomalar, kommunikasiyalar va 
transport 
vositalaridan 
hamkorlikda 
foydalanish, 
turistik 
reklamalarni bir-birlari bilan almashtirish - bularning hammasi 
turizmning rivojiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish