43
3-BOB.TURIZMNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Reja:
3.1. Tabiiy geografik omillar
3.2. Iqtisodiy geografik omillar
3.3. Ijtimoiy-demografik omillar
3.1. Tabiiy geografik omillar
Turizmni rivojlantirish albatta bir qancha omillar natijasida
rivojlanadi. Xususan bu omillarga tabiiy, madaniy-tarixiy,
demografik, ilmiy-texnik rivojlanish va boshqa turizm industriyasini
hududiy tashkil etish va rivojlantirishda ahamiyatlidir. Bu omillar
ichida geografik omillarning roli, xususan hudud tabiiy sharoiti,
jumladan iqlimi, suvlari, rel`efi, fauna va florasi turizmni
rivojlantirishdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu omillar
asosida tog‗ turizmi, aplinizm, skoloturizm, speloturizm, plyaj
turizmi, serfing, dayving, safari, rafting, cho‗l, arktika va ekologik
va boshqa yuzlab turizm turlarining shakllanishiga asos bo‗ladi.
Dunyoda ko‗pgina hududlar o‗zining sog‗lomlashtirish
xususiyatlari, xususan, iqlimining o‗ziga xosligi, mineral suvlari,
balchiqlari rekreatsiya turizmini rivojlantirish uchun omil yaratgan.
O‗z navbatida, geografik omillarni ikki guruhga bo‗lish keng
tus olgan. Bular:-
tabiiy geografik omillar;-iqtisodiy geografik
omillar.
Mintaqalarda xalqaro turizmni rivojlanishiga tabiiy
sharoitning katta ta‘siri bor. Hozirgi jamiyatimizning o‗ta
sanoatlashib borishi tufayli, insonlarning yovvoyi tabiatga bo‗lgan
qiziqishi ortib bormoqda. Tabiiy geografik omillar ko‗pgina jihatlar
bilan baholanadi (Ibodullaev, 2008).
Iqlim,
turizmni davriyligiga ta‘sir ko‗rsatib, ayrim sohil bo‗yi
dam olish joylari yil bo‗yi issiq iqlimga ega ekanligi (misol
tariqasida Mavrikiy orollarini ko‗rsatish mumkin) tufayli, uzluksiz
turistlar bilan gavjum bo‗lishiga olib kelgan. Tabiiy iqlim sharoiti
turizm harakatini mavsumiy xarakterga aylantiruvchi asosiy omil
bo‗lib hisoblanadi. Tabiatda ob-havoning o‗zgarishi, tabiiy
ofatlarning tez-tez takrorlanish hodisalari, tabiat injiqliklari turistlar
oqimining keskin kamayishiga sababchi bo‗ladi. Shu sababli
44
turizmning eng rivojlangan mintaqalari yer sharining mutadil iqlim
zonalariga to‗g‗ri keladi. Jumladan, O‗rta dengizi, Qora dengiz,
Karib dengizi, Adriatika dengizi, Boltiq dengizi, Yapon dengizi,
Janubiy Xitoy dengizi qirg‗oqlarida joylashgan mamlakatlarda
turizm xalqaro ahamiyatga ega.
O„simlik va hayvonot olami
ham katta qiziqish uyg‗otuvchi
omildir. O‗rmonlar dam oluvchi va tabiat qo‗yniga sayr qiluvchi
sayyohlarni o‗ziga tortadi. O‗rmon o‗zining kislorodga boy zahirasi
bilan, sog‗ligini tiklovchilar uchun muhim turistik obekt
hisoblanadi. Shu bois, botanika bog‗lari, turli oromgohlar, milliy
bog‗lar sayyohlarning gavjum joylari hisoblanadi. Xorijiy
sayyohlarni o‗ziga ko‗proq jalb qiluvchi omillardan biri - bu ekzotik
(g‗alati, ajoyib) hayvonlar yashaydigan joylar qo‗riqxonalar, davlat
buyurtmalari, milliy bog‗lar, ov qilish uchun ajratilgan maxsus
hududlardir. Bunday hayvonot va o‗simlik dunyosining markazlari
yuzdan ortiq bo‗lib, Afrika, Osiyo, Yevropa, Avstraliya, Amerika
(AQSH, Kanada) ning sayyohat qilish mintaqalari va hududlari
hisoblanadi.
Suv resurslari
hisoblangan okean va dengizlar, daryolar, ko‗llar
ham katta turistik imkoniyatlarga ega. Keyingi paytlarda dunyo
okeani bo‗ylab sayohatga chiquvchilar soni oshmoqda. Daryo va
ko‗llar ham o‗ziga xos mikroiqlim xususiyatlariga ega bo‗lib,
kishilarning asosan mavsumiy dam olishi, suv sporti, baliq tutishi
uchun obekt vazifasini bajaradi. Shuning uchun hozirgi paytda
ko‗plab dam olish uylari ushbu turistik ob`ektlarga qurilmoqda.
Okean va dengiz suvlarining cho‗milishi uchun qo‗lay bo‗lgan
qirg‗oqlari tarkibiga quyidagi elementlar kiradi. Mikroiqlim, dengiz
va okean suvlarining quruqlikka tutash bo‗lgan joylarida suvning
harorati, chuqurligi, suv to‗lqinlari, ko‗tarilishi, qaytishi, oqimlar,
suvning shifobaxshligi, tozaligi, tiniqligi, dengiz suvi tagining relefi,
suvdagi yirtqich qonxo‗r baliqlar (akula) va hayvonlarning bor-
yo‗qligi h.k., qirg‗oq chiziqlarining tuzilishi, plyajlardagi qumlar va
yotqiziqlarning sifati, rangi, shakllari va qolaversa bir qator omillar
ta‘sir etadi.
Rel`ef
ikki xil ta‘sir ko‗rsatuvchi xarakterga ega bo‗lib, uning
noqo‗layligi tufayli transport tarmoqlarini rivojlantirishga
45
qiyinchilik
to‗g‗diradi
va
turizm
infratuzilmasini
to‗liq
shakllanishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Ikkinchi tomondan,
tog‗li hududlar asosiy rekreatsiya resurslaridan biri bo‗lib xizmat
qiladi. Tog‗li, xush manzarali, murakkab rel`ef tuzilishiga ega
bo‗lgan o‗lkalar turistlar oqimini o‗ziga ko‗proq jalb qilishadi.
Murakkab tog‗ rel‘efi landshafti estetik jihatdan tekislik, yassi
hududlarga nisbatan turistlarni ko‗proq jalb etish imkoniyatiga ega.
Tog‗li o‗lkalar o‗zining toza va sof havosi bilan ajralib, tog‗ sportini
rivojlantirish imkonini tug‗diradi. Shveysariya, Fransiya, Avstriya,
Germaniya, Italiya, Chexiya mamlakatlarida joylashgan dunyoga
mashhur Alp sayyohlik kurortlari bunga tasdiq bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |