M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

agroturizm qishlog`i
ga aylantirildi. 
Mamlakatimizda qishloq turizmi ekologik turizm bilan 
birgalikda faol rivojlanmoqda. Toshkent viloyatining Bo‗stonliq 
tumani, Jizzax viloyatining Zomin tumani, Namangan viloyatining 
Pop tumani, Samarqand viloyatining Urgut tumanining dam olish 
zonalari agroturizmni rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlarga 
ega. 
Bugungi kunga kelib mamlakatimizning qishloq joylarida 
oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni samarali rivojlantirishda 
agroturizm muhim o‗rin egallaydi. Hozirda mamlakatimizda agrar 
sohani rivojlantirishda fermer xo‗jaliklarining ulushi tobora ortib, 
kengayib bormoqda. Ular tomonidan yirik tabiiy hududlar, 
jumladan: o‗rmon hududlari, baliqchilik, chorvachilik xo‗jaliklari, 
meva va uzumchilik bog‗lari, sabzavot va poliz mahsulotlari 
etishtiradigan hududlar tashkil etilib, ushbu hududlarda fermerlar 
tomonidan dala shiyponlari, xizmat ko‗rsatish komplekslari barpo 


176 
etilmoqda. Bu esa qishloq joylarda agroturizm sohasini yo‗lga 
qo‗yish va rivojlantirishda muhim omil bo‗lib hisoblanadi. 
Turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‗lamli 
tadbirlarga qaramasdan, mamlakatimizda agroturizm faoliyatini 
samarali tashkil qilishda ba‘zi muammolar mavjud ekanligini qayd 
qilib o‗tish lozim: 
– mavjud me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda ―agroturizm‖, ―qishloq 
turizmi‖, ―yashil turizm‖, ―eko-agroturizm‖, ―fermerlik turizmi‖ 
tushunchalarining mohiyati to‗liq ochib berilmagan; 
– qishloq turizmini tartibga soluvchi maxsus qonunchilik 
mexanizmi shakllanmagan; 
– 
qishloq 
joylarida 
agroturizm 
faoliyatini 
rivojlantirish 
imkoniyatlari to‗g‗risidagi axborotlar bilan qishloq aholisi etarli 
darajada ta‘minlanmagan; 
– qishloq joylarida agroturizmni samarali tashkil qilish uchun 
malakali kadrlar etishmaydi. 
Bizning fikrimizcha, yuqoridagi muammolarni bartaraf 
qilish uchun, jahon tajribasidan kelib chiqib, O‗zbekistonning 
barcha mintaqalaridagi mavjud imkoniyatlarni va o‗ziga xos shart-
sharoitlarni hisobga olgan holda, yaqin istiqbolda qishloq turizmini 
(agroturizm) quyidagi yo‗nalishlarda tashkil qilish maqsadga 
muvofiqdir: 
1. 
Mamlakatimizda 
qishloq 
turizmini 
tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlarini 
tartibga 
soluvchi 
qonunchilik 
bazasini 
shakllantirish. 
2. Qishloqlardagi mavjud turistik resurslar asosida, oilaviy biznesni 
rivojlantirish orqali kichik mehmonxonalar va agroturizmni samarali 
faoliyatini ta‘minlaydigan turli xil infratuzilma ob‘ektlar, asosan 
xususiy agroturistik xo‗jaliklarni tashkil qilish. 
3. Qishloq joylarida turizmni samarali rivojlantirish maqsadida 
ijtimoiy-madaniy muhitni shakllantirish (―tarixiy qishloq‖, ―milliy 
qishloq‖ va h.k). 
4. Turistlarni qabul qilishga mo‗ljallangan, ularni mazmunli dam 
olishini to‗liq ta‘minlaydigan kichik madaniy-tarixiy, turli xil 
etnografik markazlarni tashkil qilish. 


177 
5. Qishloq joylaridagi joylashtirish vositalari va infratuzilmalarga 
xos bo‗lgan, ko‗p tarmoqli, ya‘ni turistik, ko‗rgazmali, reklama 
namoyishli, 
madaniy-targ‗ibotli, 
ilmiy-tadqiqot 
va 
ishlab 
chiqarishga xos bo‗lgan, davlat hamda xususiy qishloq xo‗jaligi 
parklarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. 
Yuqorida qayd qilib o‗tilgan yo‗nalishlarning har birini amalga 
oshirish uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar mavjud. 
Yurtimizning yirik sarmoyadorlarini agroturizmning boshqa 
shakllariga, eng avvalo yirik xususiy agroturistik ob‘ektlarga 
mablag‗ qo‗yishga jalb qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Bunday ob‘ektlar sirasiga madaniy-tarixiy parklar, etnomadaniy 
majmualar, ilmiy-tadqiqot markazlari va boshqalar kiradi. Ushbu 
loyihalarni amalga oshirilishi, nafaqat iqtisodiy jihatdan samarali, 
balki, ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi, xususan, 
bugungi yoshlarni o‗z vatanini, tarixini, madaniyatini yaxshi 
bilishda, milliy qadriyatlarni anglashda, umuman, bir so‗z bilan 
aytganda o‗z vatanini sevish hamda vatanparvarlik tuyg‗usini 
shakllantirishda muhim rol o‗ynaydi. Mamlakatimizda qishloq 
turizmining rivojlanishi iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyat 
kasb etadi va ijobiy samara beradi. Xususan, davlatimiz uchun: 

soliq tushumlari oshadi; 

milliy urf-odatlar va an‘analarni o‗rganishga qiziqish ortadi; 

qishloq ahlining o‗ziga xos hayot tarzi va an‘anaviy qadriyatlar 
keng targ‗ib qilinadi; 

xalq hunarmandchiligi yanada rivojlanadi; 

hududlarning madaniy va tarixiy merosi asrab-avaylanadi; 

qishloq joylarida ishlab chiqarish sohasi yanada rivoj topadi. 
Qishloq aholisi uchun:

yoshlar uchun 
“kichik Vatan”
ning tarixiy-madaniy ahamiyatini 
anglatadi, uning mamlakat hamda jahonda mashhurligidan faxr 
hissini oshiradi; 

yangi ish o‗rinlari yaratilib, mahalliy aholining bandlik 
muammosi hal qilinadi; 

qishloq aholisining daromadi oshadi; 

qishloq joylarida uy-joy fondi tuzilmasi yanada rivoj topadi; 

qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining sotuv hajmi ortadi. 


178 
Turistlar uchun:

mahalliy aholining o‗ziga xos tarixi, an‘analari, urf-odatlari, 
gastronomiyasi, madaniy-ma‘naviy jihatdan rivojlanishi bilan 
yaqindan tanishish imkoniyati yuzaga keladi; 

go‗zal tabiat qo‗ynida dam olib, sog‗liqni qayta tiklash 
imkoniyati paydo bo‗ladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, 
mamlakatimizda qishloq turizmini barqaror rivojlantirish uchun 
barcha imkoniyatlar mavjud. Ushbu imkoniyatlardan samarali 
foydalanilsa, mamlakatimiz qishloqlari yanada obod bo‗ladi, 
aksariyat yoshlar yangi ish o‗rinlari bilan ta‘minlanadi, qishloq 
xalqining turmush faravonligi yanada oshadi. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish