M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)


 O‗zbekiston turistik rayonlariga umumiy tavsif



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

 
12.3. O‗zbekiston turistik rayonlariga umumiy tavsif 
 
12.3.1.Toshkent turistik rayoni 
 
Toshkent turistik rayoni o`z ishiga Toshkent shahri va Toshkent 
viloyatlarini birlashtiradi.Bu turistik rayon mamkalatimiz turizm 
salohiyati va turistik tashrif va xizmatlar sohasida etakchilik qiladi. 
Binobarin, turistik rayonda mamlakat poytaxti joylashganligi, 
xalqaro 
aeroportning 
mavjudligi, 
tabiatining 
nihoyatda 
jozibadorligi, umuman turistik resurslarga boyligi uning boshqa 
turistik rayonlardan ancha ustunligini belgilaydi. 
Toshkent viloyati
1938 yil 15-yanvarda tashkil topgan. Uning 
maydoni 15,3 ming km
2
bo`lib, aholisi 2018 yil 1 yanvar holatiga 
ko`ra
2876,7
ming kishi tashkil etadi. Viloyatda jami 15 ta tuman, 
16 ta shahar va 97 ta shaharcha hamda 885 ta qishloqlar bor. 
Toshkent shahri
tarixiy manbalarda bundan 2000 yil avval 
hozirgi Toshkent shahri o‗rnida yirik va obod shahar bo‗lganligi 
qayd etiladi. V-VIII asrlarda esa Toshkent Choch, Shosh, 
Shoshkent, Binkat degan nomlar bilan atalgan hamda shu nomlar 
bilan atalgan davlatlarning poytaxti bo‗lgan. VI asrda Toshkent 
Turk xoqonligi tarkibiga qo‗shib olingan. VIII asrda Toshkentni 
arablar bosib olgan. O‗zaro urushlar, ko‗chmanchilarning 
hujumlari oqibatida Toshkent bir necha marotaba vayron etilgan. 
Natijada, IX asrda Toshkent avvalgi joyida emas, Bo‗zsuv etagida 
qayta bunyod etilgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha Toshkent 
hozirgi nomi bilan XI asrdan boshlab atala boshlangan. XIII asrda 
Toshkentni Xorazmshoh istilo qilgan va u l2l4-yilda mo‗g‗ul 
qo‗shinlarining yo‗lini to‗sish maqsadida shaharga o‗t qo‗ydirib 
yuborgan. Shundan so‗ng shahar faqat temuriylar davrida qayta 
tiklangan. Ulug‗bekning vafotidan so‗ng 
toju-taxt 
uchun 
boshlangan o‗zaro urushlardan foydalangan mo‗g‗il xoni Yunusxon 
Toshkentni bosib olgan. l503-yilda Shayboniyxon Toshkentni 


192 
bosib olgan va shaharni o‗z amakilari Ko‗chkunchixon va 
Suyunchxo- jaxonlar (Ulug‗bekning nabiralari)ga topshirgan. 
XVI asrning birinchi yarmida Toshkentda qurilish ishlari 
jonlangan. Jumladan, Baroqxon va Ko‗kaldosh madrasalari qurilgan, 
bu binolar hamon qad ko‗tarib turibdi. l597-yilda qozoq xoni 
Tavakkal, l6l3-yilda esa ashtarxoniylar Toshkentni o‗ziga 
bo‗ysundirgan. l723-yilda Toshkentni ko‗chmanchi jung‗orlar 
egallagan va ularning hukmronligi l758-yilgacha davom etgan. 
l8l0- yilda Toshkent shahri Qo‗qon xonligiga qo‗shib olingan. 
Toshkent shahri hayotining markazi Chorsu bozori bo‗lib, bu yerga 
turli shahar va mamlakatlardan savdogarlar kelishgan. Ularga 
shaharda va shahar atrofida qurilgan karvonsaroylar xizmat 
ko‗rsatgan. Shaharlarning xo‗jalik hayoti qishloq aholisining 
faoliyati bilan chambarchas bog‗lanib ketgan, chunki shahar 
hunarmandlari atrof qishloqlardan xomashyo keltirsa, ayni paytda 
qishloq aholisi o‗zining ehtiyojini shaharda qondirgan. 
Me‘moriy va tarixiy yodgorliklar: Oqtepa (VI-VIII va XI 
asrlar), No‗roz tepa (X-XII va XV asrlar), Tarnoush tepa (VII-
VIII va X-XI asrlar), Qo‗rg‗ontepa manzilgohi (III-XIII asrlar), 
Ming o‗rik (I-VIII asrlar). 
Jome masjid (XV-XIX asrlar), O‗rta Osiyoda eng yirik 
madrasalardan biri Ko‗kaldosh (XVI asr) ham kiradi. Mashhur 
Shayxontohur majmuasiga shayx Xovandi Tohur maqbarasi 
(XIV-XIX asrlar), Qaldirg‗ochbiy maqbarasi (XV asr), 
Yunusxon maqbarasi (XV-XVI asrlar) kiradi. Yuqoridagilardan 
tashqari qator boshqa yodgorliklarni ham ajratib ko‗rsatish 
mumkin, masalan, Hazrati Imom majmuasi. Bu majmuaga 
Kaffol Shoshiy va Suyunchxo‗ja- xon maqbaralari (XVI asr), 
Baroqxon madrasasi (XVI 
asr), Shayx Zayniddin bobo 
maqbarasi (XII-XV asrlar), Xayrobod eshon maqbarasi va 
masjidi (XVIII-XIX asrlar), Sayid Abulqosim madrasasi (XIX 
asr), Nuriddin bobo maqbarasi (XVI asr), Cho‗pon Ota (XVIII-
XX asrlar) majmuasi va boshqa yodgorliklar kiradi. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish