5-jadval
Karib xavzasi mamlakatlari turizm statistikasi
Karib havzasi
mamlakatlari nomi
(inglizcha nomi)
2018 yildagi xalqaro
turistik tashriflar (ming
kishi hisobida)
2018 yildagi xalqaro
turizmdan kelgan
daromad (ming AQSH
dollari hisobida)
Angilia
55
131
Antigua va Barbuda
269
557
Aruba
..
1,855
Bagam orollari
1,627
2,996
Barbados
680
1,081
Bermud orollari
282
508
Britaniyaning Virgin
orollari
192
..
Kayman orollari
463
..
Kuba
4,684
3,186
Kyurasao
432
551
Dominica
63
121
Dominican Resp.
6,569
7,184
Grenada
161
144
Guadelupe
..
..
Gaiti
..
459
Jamaica
2,473
2,809
Martinika
537
510
Montserrat
9
8
Puerto Riko
3,068
3,848
Saint Lucia
396
754
Kitts va Nevis
116
157
Maarten
178
630
Vincent va Gren.
80
95
Trinidad va Tobago
375
453
Turks va Caicos
..
571
Virgin orollari
381
1,202
jami
25,678
31,802
Jadval.UNWTO Tourism Highlights 2018 edition ma‘lumoti asosida tuzilgan
105
Nazorat savollari:
1.Amerika regioni nechta subregionga bo„linadi?
2.Amerika regioni 2017 yilda jami qancha turist qabul qilgan?
3.Amerika regioni 2017 yilda qancha daromad olgan?
4.Amerika regionida xalqaro turizm qachondan boshlab rivojlana
boshladi?
5.AQSHda milliy bog„larni asrash to„g„risidagi qonun qachon
qabul qilingan?
6.AQSHda qancha milliy bog„lar tashkil etilgan?
7.Florida shtatida qaysi shahar yirik dam olish markazi sifatida
shuxrat qozongan?
8.Grand-Kanon turistik maskani qaysi shtatda joylashgan?
9.Kanadaning Toronto shahri hindular tilida qanday ma‟noni
anglatadi?
10.Braziliyaning yirik turistik markazi qaysi shahar hisoblanadi?
11.Karib havzasi subregioniga nechta mamlakat kiradi?
Foydalangan adabiyotlar:
1. Александров А.Ю. ―Международний туризм‖ Учебник. М.
Аспект пресс 2002.
2.Gulmetor F. E., Allabergenor A. A. Turizm geografiyasi: Kasb-
hunar kollejlari uchun o‗quv qo‗llanma. - T.: «Talqin», 2004
3.Глушко А. А., Сазыкин А. М. География туризма
Издательство Дальневосточного университета. Владивосток-
2002.
4.Кружалин В.И. География туризма: учебник -М. :
Федеральное агентство по туризму, 2014.
5.UNWTO Tourism Highlights 2018 edition
106
8-BOB.OSIYO –TINCH OKEANI REGIONI
MAMLAKATLARI XALQARO TURIZM GEOGRAFIYASI
Reja:
8.1.
Osiyo-Tinch okeani turistik regioniga umumiy tavsif
8.2. Shimoli-Sharqiy Osiyo subregioni mamlakatlari turizmi
8.3.Janubi-Sharqiy Osiyo subregioni turizmi
8.4.Avstraliya va Okeaniya subregioni turizmi
8.5.Janubiy Osiyo subregioni turizmi
8.1.
Osiyo-Tinch okeani turistik regioniga umumiy tavsif
Butunjahon turistik tashkilotining ma‘lumotlariga ko‗ra, Osiyo-
Tinch okeani regioniga 2017 yilda jami 323 mln turist qabul qilgan
bo‗lib, o‗tgan yilga nisbatan +6% o‗sgan. Mazkur regionda
turizmdan kelgan daromad miqdori esa 390 dlrd AQSH dollarini
(+3%) tashkil etgan. Demak, boshqa regionlarga nisbatan Osiyo-
Tinch okeani regioni turistlarni qabul qilish va daromad
ko‗rsatkichlarining o‗sish bo‗yicha eng yuqori bo‗lganligini
ko‗rsatadi.
Geografik jihatidan bu region Shimoli-Sharqiy Osiyo (soni +3%,
tushum-5%) subregioni (Xitoy, Koreya, Yaponiya davlatlari),
Janubiy Osiyo (+6%, +13%) subregioni, Janubi-Sharqiy Osiyo
(+9%, +9%) subregioni, Okeaniya subregioni (+6%, +6%), Janubiy
Osiyoga bo‗linidi. Bu turistik makroregion ko‗lamining kattaligi
bilan ajralib tursada, bu jihatdan region ichida turist ayriboshlashda
ma‘lum darajada qiyinchilik tug‗diradi. Shuningdek, turizmda
etakchi hisoblangan Yevropadan ancha olisda ekanligi ham ta‘sir
ko‗rsatadi. Osiyo-Tinch okeani regionining o‗ziga xos geografik
joylashuvi iqlimiy, rekreatsion, madaniy-tarixiy va boshqa turistik
resurslarning turlicha bo‗lishiga sharoit yaratadi.
Osiyo-Tinch okeani regioni bugungi kunda iqtisodiy rivojlanish
ko‗rsatkichlari bo‗yicha turlicha bo‗lib, jumladan iqtisodiy jihatdan
rivojlangan Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zellandiya, tez rivojlanib
borayotgan XXR, Koreya Respublikasi, Singapur, Malayziya,
Tailand kabi davlatlar, iqtisodiy rivojlanishi nisbatan past
107
Kombodja, Laos, Vetnam, Okeaniya mamlakatlarining mavjudligi
bilan boshqa turistik makroregionlardan farq qiladi.
Osiyo-Tinch okeani regionining yana bir jihati aholisi tez
sur‘atlar bilan o‗sib borayotganligidir. Bu ham turizmning shiddat
bilan rivojlanib borishiga ma‘lum darajada ta‘sir ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |