7.3.Markaziy Amerika subregioni turizmi
Markaziy
Amerika
subregioniga
Beliz,
Kosta-Rika,
Salvador, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua va Panama davlatlari
kiradi. Bu subregionga 2017 yilda jami 10,7 mln. turist tashrif
buyurgan.
Mazkur
subregionda
etakchilikni
Kosta-Rika
egallaydi (2,9 mln turist tahrif buyurgan). Bundan tashqari,
Panama 2 mln, Gvatemala 1,6 mln, Nikaragua 1,5 mln, eng past
102
ko`rsatkich Beliz (386 ming) va Gonduras (908 ming)
mamlakatlari egallagan. Demak bu subregion davlatlarida
xalqaro turizm juda taraqqiy etmagan va siyosiy vaziyat beqaror
ekanligi bunga sabab bo`lishi mumkin.
7.4.Janubiy Amerika subregioni turizmi
Janubiy
Amerika
subregioniga
Argentina,
Boliviya,
Btaziliya, Chili, Kolumbiya, Ekvador, Fransuz Gvianasi,
Gayana, Paragvay, Peru, Surinam, Urugvay, Venesuela
mamlakatlari kiradi. Bu subregionga 2017 yilda 32,8 mln turist
tashrif buyurgan. Mazkur subregionda eng ko`p turist qabul
qilgan davlat Braziliya (6,6 mln), Argentina (5,5 mln), Chili (4,4
mln) va Peru (3,4 mln) hisoblanadi. Eng past ko`rsatkich
Surinam (257 ming), Fransiz Gvianasi (199 ming) va Gayana
(235 ming) mamlakatlari kiradi.
Braziliya
mamlakatning umumiy maydoni 8,5 mln km
2
.
bo‗lib, bu ko‗rsatkich bo‗yicha Braziliya jahonda 5-o‗rinni
egallaydi. Aholisining soni 210
million 147 ming kishini tashkil
etadi (2019). Bularning 95% braziliyaliklardan iborat. Poytaxti-
Brazilia. Urbanizatsiya darajasi-78%. Savodxonlik darajasi-80%.
Ichki milliy mahsulotning umumiy hajmi 976,8 milliard AQSH
dollari (jon boshiga 6456 AQSH dollari).
Braziliya-Lotin Amerikasining eng yirik davlati va o‗tmishda
Portugaliyaning mustamlakasi boshqa davlatlari esa Ispaniyaning
sobiq mustamlakalari bo‗lgan. Mahalliy xususiyatlardan biri bu
mamlakatda
turli
millatlarning
madaniyatini
chatishib
ketganligidadir. Bu yerda o‗ziga xos etnoslar ham tashkil topgan,
masalan, «mulatlar» oq va qora tanlilarning avlodlari, «metislar» oq
tanlilar va hindularning avlodlari, «sambolar» qora tanlilar va
hindularning avlodlari.
Rio de Janeyro- Braziliyaning yirik turistik markazi. Bu yerdagi
tog‗da bunyod etilgan Iso haykali shaharning ramzi hisoblanib,
butun
dunyoga
mashhur.
Mahalliy
restoranlar
majmuasi
«Shurashkari» deb nomlanadi. Rio-de-Janeyroning eng yirik
restorani-«Karretao». Ovqatlanish tizimidagi o‗ziga xos xususiyat
103
ma‘lum bir taomni qanday hajmda sotib olishingizga qaramasdan
narxi bir xil va ancha arzon bo‗ladi. Bu yerda sayyohlarni
«Kopagabana», «Mirador Rio» kabi otellar qabul qilib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |