M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

«Turizm 
sohasini 
jadal 
rivojlantirishni ta‘minlash chora tadbirlari to‗g‗risida
»gi 
Farmoni bevosita sohani kompleks rivojlantirishning yangi 
bosqichga olib chiqishni nazarda tutadi. Vaholanki, hududlarda 
turizm imkoniyatlaridan etarli darajada foydalanilmayotganligi 
sababli iqtisodiyotdagi ulushi past darajada ekanligi ma‘lumdir. 
Qolaversa 
tumanlar 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
istiqbol 
dasturlarida turizmni bosqichma bosqich rivojlantirish konsepsiyasi 
mukammal ishlab chiqilmagan. Binobarin, kichik hududlar 
darajasida turizmni majmuali tadqiq etish orqaligina sohani 
iqtisodiyotning muhim bug‗iniga aylantirish imkoniga ega bo‗lish 
mumkin. 
Ma‘lumki, yurtimizda 7000 dan ortiq tarixiy qadamjolar, 
me‘moriy-arxitektura yodgorliklari mavjud. Ammo hududlarda 
milliy va xalqaro turizmni rivojlantirishning istiqbolli modeli 
yaratilmagan. Birgina Samarqand viloyati hududida 1105 ta 
arxeologik, 60270 ta me‘moriy, 37 ta diqqatga sazovor joylar, 18 ta 
monumental, 21 memorial, jami 1851 ta moddiy-ma‘naviy meros 
ob‘ektlari mavjud. Bu ob‘ektlardan turizm maqsadida samarali 
foydalanilmayapti. 
Chunki, 
ob‘ektlarda 
infratuzilma 
shakllanmaganligi va boshqa sabablarga ko‗ra turizm maqsadida 
ishlatilmayapti. Ko‗pgina tabiat yodgorliklari inson xo‗jalik 
faoliyatida foydalanish uchun em xashak yig‗iladigan, mol 
boqiladigan, tomorqa erlari sifatida e‘tibordan chetda qolib ketgan. 
Masalan, 
tabiatning 
noyob 
yodgorliklari 
hisoblangan 
Omonqo‗tondagi Lev g‗ori atroflari odam borib bo‗lmaydigan 
darajada panjaralar bilan bekitilib, yaylov va qishloq xo‗jaligida 
foydalanadigan erlarga aylantirilgan.
Tabiatning noyob yodgorliklaridan turizmda keng foydalanish 
katta samara beradi. Binobarin, inson bu tabiat bilan chambarchas 
bog‗liq mavjudot bo‗lib, hamma vaqt uning sir sinoatlari odamni 
o‗ziga ohangrabodek tortib keladi. SHuning uchun bo‗lsa kerak, 


164 
inson tabiat qo‗ynidagi sodir bo‗lgan va vujudga kelgan xodisa va 
jarayonlarni o‗rganishga qiziqishi tabiiy xoldir. Tabiat bilan jamiyat 
o‗rtasidagi munosabatlar jiddiy tus olgan bir davrda undan oqilona 
foydalanishning eng samarali yo‗li turizm sohasidir. Evropa 
davlatlarida noyob yodgorliklardan turizm maqsadida keng 
foydalanib kelmoqda. 
Tabiatning noyob yodgorliklari atamasini birinchi bo‗lib fanga 
mashhur nemis sayyohi, geograf va tabiatshunos olim Aleksandr 
Gumboldt 19-asrda kiritgan. Tabiat tomonidan yaratilgan barcha 
obektlarni ham tabiatning noyob yodgorliklari deb bo‗lmaydi. 
Tabiatning noyob yodgorliklariga, odatda, kishini o‗ziga jalb 
qiluvchi, ichki va tashqi tabiiy kuchlar yoki insonning muhandislik 
faoliyati ta‘sirida yo‗qolib ketishi mumkin bo‗lgan, o‗tgan geologik 
davrlarda vujudga kelgan tog‗ jinslarining emirilishi natijasida 
ochilib qolgan qoya va kesmalarning er yuzasiga chiqib qolishi, 
qadimgi o‗simlik va hayvonlarning toshqotgan qoldiqlari, izlari, 
manzarali sharsharalar, g‗orlar va ular ichidagi ajoyib hosilalar, 
ko‗llar, daryolar va boshqalar kiradi. Noyob tabiat yodgorliklarining 
muhim xususiyatlaridan biri ularning ilmiy, nafosat va geologik 
tarixiy 
ahamiyatga 
egaligidir. 
Ko‗pchilik 
noyob 
tabiat 
yodgorliklarining vujudga kelishida tabiiy omillar (geomorfologik, 
arxeologik) bilan bir qatorda boshqa omillar ham qatnashadi. 
Yodgorliklarning vujudga kelishida mazkur omillar bir-biri bilan 
chambarchas bog‗liqdir. Bunga misol qilib O‗zbekiston va boshqa 
hududlarda uchraydigan geologik, geomorfologik, arxeologik 
yodgorliklari ko‗rsatish mumkin. Toshkent viloyati Xo‗jakent 
qishlog‗i yonidagi ohaktoshlardan tashkil topgan qoyalar ham 
geologik hamda geomorfologik yodgorliklar bo‗lib, bu erlarda 
qadimiy ajdodlarimiz qurol yasagan ustaxonasi va g‗or devorlariga 
chizib ketgan rasmlar saqlangan. Shuningdek, bunday yodgorliklar 
guruhiga 
O‗zbekiston 
janubidagi 
Ko‗hitang 
tizmasidagi 
ohaktoshlarda hosil bo‗lgan Zarautsoy g‗orida ibtidoiy odamlar 
tomonidan tabiiy bo‗yoq bilan 20-30 ming yillar ilgari chizilgan bir 
qancha hayvonlar, hasharotlar va ov manzaralarini aks ettiruvchi 
rasmlar ham misol bo‗la oladi. 


165 
Suv, shamol va quyosh ta‘sirida tabiatda uchraydigan noyob 
manzaralar kishini o‗ziga tortadi va bu yaratilgan tabiat 
yodgorliklari turistlarni xayratga solmasdan ko‗ymaydi. Binobarin, 
san‘at muzeylarida saqlanayotgan durdona rasmlarni zavq-shavq 
bilan tomosha qilinadi, ularni yaratgan rassomlarning mahoratiga 
qoil qolinadi. Chunonchi, tabiat ham o‗z holicha ―qudratli 
rassom‖dir. Uning uzoq geologik yillar davomida tog‗ cho‗qqilari, 
go‗zal vodiylar, chuqur daralar, ulkan sharsharalar, g‗orlar, 
qoyatoshlar, qaynoq buloqlar va boshqalar shular jumlasidandir. 
Tabiatning o‗ziga xos bu tuhfalarini tomosha qilish turistlarni 
hamma vaqt o‗ziga tortadi. 
Masalan, Bolqon yarim orolidagi bir g‗oring ichidan oquvchi 
daryoda 6 ta sharshara, Shimoliy Amerikadagi Mamont g‗orining 
ichidan oqib o‗tadigan 3 ta daryoning 8 ta sharsharasi bor. 
Fransiyadagi Bkije nomli g‗or ichidagi daryo hosil qilgan 
sharsharaning balandligi 30 m dan ziyod. Vaholanki, bunday ajoyib 
g‗orlar yurtimizda ko‗plab uchraydi. Jumladan Qirqtov platosidagi 
varonkasimon g‗orlar, Kelsi g‗ori, Lev g‗ori, Amir Temur g‗ori 
kabilar speloturizmdagi ahamiyati nihoyatda kattadir.
Yurtimiz hududlarida minglab mo‗jizaviy va g‗ayratomuz 
maskanlar mavjud. Ammo ular xalqaro turizm maqsadlarida 
foydalanilmayapti. Masalan, Misring Giarfeh vodiysida, Saksoniya 
Shveysariyasida shamol kuchi bilan vujudga kelgan tosh darvoza va 
qo‗ziqorinsimon toshlar, Shimoliy Amerikadagi Kolorado vodiysida 
―Xudolar bog‗i‖ deb atalgan joyda tog‗ jinslaridan xilma xil shakllar 
paydo bo‗lgan, bulardan eng g‗aroyibi tebranuvchi xarsangtoshdir. 
Shamollar ta‘sirida qimirlaydigan Argentinadagi Tandil toshi 
turistlarning 
eng 
gavjum 
maskanlaridir. 
Yurtimizda 
ham 
Sangijumon toshi o‗zining g‗aroyibligi bilan ulardan qolishmaydi. 
Turkiston va Morguzar tog‗lari tutashgan xushmanzara joyda Zomin 
tog‗-o‗rmon davlat qo‗riqxonasi joylashgan. Qo‗riqxonada yilning 
barcha fasllarida, yoz-u qishda, o‗zining yam-yashil libosi bilan 
atrofdagi hududdan ajralib turuvchi archazorlar o‗sadi. Go‗yoki 
tabiat o‗zining bor go‗zalligini shu erga in‘om etganday. 
Archazorlar orasidagi yolg‗iz so‗qmoqdan borar ekansiz, ko‗z 
oldingizda ajoyib manzara namoyon bo‗ladi, ya‘ni, xalq orasida 


166 
―Qirqqiz qal‘asi‖, ―Savat ko‗targan kelinlar‖, ―Kuyovtosh‖, ―Qirq 
go‗zal‖ nomlari bilan ma‘lum bo‗lgan tabiat yodgorliklariga duch 
kelasiz. Ushbu tabiat yodgorliklari vujudga kelgan hudud Guralash 
va Zomin massivlari (dengiz sathidan 2000-3200 m balandlikda) 
deb atalib, Zomin va Sangzor daryolari vodiylarida joylashgan. 
Qizilto‗rg‗ay daryosining o‗ng tomonida, uning o‗zanidan 300-700 
m balandlikda joylashgan va tabiatning nodir yodgorliklaridan 
hisoblangan ―Qirqqiz qal‘asi‖ (maydoni 3-4 gektar) bu yerda 
alohida o‗rin egallaydi. Qal‘aning janubi-sharqida qiz tasviri haykal 
sifatida (balandligi 12 m, belining diametri 1 m, yerga tegib turgan 
etagining diametri 2 m ga yaqin) ko‗tarilgan.
Molguzar tog‗ining noyob tabiat yodgorliklaridan biri 
―Kuyovtosh‖ deb ataladi. U Guralash soyining quyi oqimida, dengiz 
sathidan 1000-1900 m balandlikda joylashgan. Bu yerdagi past va 
o‗rtacha balandlikdagi tog‗lar, adirlar, keng daryo vodiylari va 
go‗zal vohalar birlashib, chiroyli manzana hosil qiladi. Vodiylarda 
keng (200-800 m) terrasalar vujudga kelgan. Geologik tuzilishiga 
ko‗ra hudud, asosan, to‗rtlamchi davrning yumshoq g‗ovak va uzoq 
tog‗ jinslaridan tashkil topgan. Daryolar o‗zanlarida qum aralash 
shag‗al toshlar bilan biriga sellar ishi natijasida keltirilgan 
xarsangtoshlar ham uchraydi. Biroq qattiq tog‗ jinslari (ohaktoshlar, 
dolomitlar, marmarlar) ko‗p tarqalmagan. ―Kuyovtosh‖ ustunsimon 
shaklga ega va Guralash soyining o‗ng qirg‗og‗idagi ikkinchi 
terrasasida, Qorashaqshaq qishlog‗idan 4-5 km sharqda hosil 
bo‗lgan. Uning balandligi va diametri 10 m lar chamasida. 
―Kuyovtosh‖ joylashgan hududning iqlimi yumshoq, yillik 
yog‗ingarchilik miqdori 400-500 mm, o‗rtacha yillik hanonat 10-11 
daraja. Yoz oylari salqin. Buloqlar ko‗p.
Jizzax viioyatining Shimoliy Nurota tog‗ tizmasidagi 
Qo‗ytosh tog‗i ham (eng baland joyi To‗ng‗izlitov, 1905 m) 
O‗zbekistondagi afsonaviy joylardan biri. Bu yerdagi xarsangtoshlar 
uyumiga uzoqdan nazar tashlansa, ular yoyilib yuigan qo‗y 
podalarini eslatadi. 
 
Tabiat yodgorliklari sirasiga noyob qoyalarni ham kiritish 
mumkin. Toshkent viloyatining Xo‗jakent qishlog‗i hududida, 
Chirchiq daryosining chap qirg‗og‗ida joylashgan qoyaning chiroyli 


167 
manzarasi uzoqlardan ko‗zga tashlanadi. Qoya toshko‗mir davri 
(taxminan 290 - 350 min yil aval) ohaktoshlaridan tashkil topgan va 
yangi tektonik harakatlar natijasida er yuzasiga chiqib qolgan. Karst 
jarayonlari rivojlanishi natijasida bu yerda turli kattalikdagi 20 dan 
ortiq g‗or paydo bo‗lgan. G‗orlaming birida tosh davrida yashagan 
ibtidoiy odamlar manzilgohi topilgan. Ushbu g‗or devorlarida ular 
tomonidan o‗yib ishlangan rasmlar saqlanib qolgan. Ajoyib 
manzarali noyob qoyalardan yana bin Jizzax viloyati hududida 
Sangzor daryosining o‗rta oqimida qad ko‗targan ―Temur 
darvozasi‖dagi qoyadir. U ham toshko‗mir davrida ohaktoshlardan 
shakllangan. Qoyaning nihoyatda ajoyib va sirli manzarasi bu 
yerdan o‗tayotgan har bir yo‗lovchining e‘tiborini o‗ziga tortadi.
Geograf M.A.Hoshimovning ta‘kidlashicha ―Temur darvozasi‖ 
qadimdan ma‘lum bo‗lgan. U haqda qadimgi yunon olimi 
Arrianning 
yozishicha, 
Iskandar 
Maqduniy 
(Zulqarnayn) 
Sug‗diyona poytaxti Marokandani bosib olgandan so‗ng, Tanais 
(hozirgi Sirdaryo) tomon yurish qilgan. Bu yurishda Iskandarning 
30 mingdan ziyod lashkari ushbu darvoza orqali o‗tgan. Chunki, bu 
joy sharqqa borish uchun juda qulay bo‗lgan.
O‗rta Osiyoning tekislik qismida uchraydigan tog‗lar 
(Qoratov, Nuratog‗, Qoratepa) 500 - 600 m dan 1000 - 1200 m 
gacha, Tyanshan tog‗larida 2000 - 2500 m dan 4000 m gacha, Pomir 
tog‗larida esa 4000 - 4600 m gacha ko‗tarilgan. Mahalliy aholi bu 
ko‗tarilishlarga ―sandiqlar‖, ―sirtlar‖, ―supalar‖ deb nom qo‗ygan. 
Ularning usti tekis yoki salgina to‗lqinsimon, yonbag‗irlari, asosan, 
darasimon daryolar vodiysi bilan kesilgan bo‗lib, o‗zanidan tik 
xarsangtosh

ko‗tarilgan. Daryolar bilan zich va chuqur kesilgan 
O‗rta Osiyo tog‗lari sharoitida bunday tekislangan yuzalaming 
mavjudligi, ulardan faqat yaylov sifatida foydalanilmoqda. Biroq bu 
manzaralar sayyohlarni maroqli dam olishini ta‘minlaydigan 
maskanga aylantirish mumkin. Shuningdek, Piskom tizmasining 
janubi-sharqiy yonbag‗irlarida joylashgan bir qancha yuzalar ―katta 
sandiq‖, ―kichik sandiq‖, ―bog‗ toi‖ nomlari bilan ataladi. Bunday 
tekis joylar Jizzax viloyatida ham bor. Ularni B.Bahritdinov va 
A.Saidovlar ―Molguzar supasi‖ deb atashgan. ―Supa‖ Molguzar 
tog‗ining shimoli-sharqiy qismida, Zomin tog‗-o‗rmon qo‗riqxonasi 


168 
hududida joylashgan nihoyatda so‗lim va orombaxsh maskanlardan 
biri. ―Supa‖ atrofidagi joylardan ancha baland (dengiz sathidan 
balandligi 2000 -2500 m), yuzasi deyarli yassi, tekis bo‗lib, sharqiy 
chegarasi Qashqasuv havzasi, g‗arbiy chegarasi Xatirchi dovonining 
meridiani bo‗ylab o‗tadi. Karst jarayonlari ta‘sirida vujudga kelgan 
voronkasimon botiqlar bor. Yuzasi ko‗plab soylar bilan kesilgan. 
―Supa‖ning asosiy boyligi va go‗zalligi-uning geografik o‗rni, 
iqlimi, o‗simlik va hayvonot dunyosidir. Hududida kamyob va nodir 
hayvonlar (tog‗ echkisi, tog‗ qo‗yi, oq tirnoqli ayiq, ko‗plab sayroqi 
va yirtqich qushlar) yashaydi. Bu erda dam olish uylari, davolash 
muassasalari tashkil etilgan. 
Janubiy Nurota tog‗larining shimoli-g‗arbiy qismidagi Oqtog‗ 
tizmasida (Samarqand va Navoiy viloyatlarida) ―Sangijumon‖, 
ya‘ni, ―tebranuvchi tosh‖ deb nom olgan xarsangtosh bor. 
Xarsangtoshning og‗irligi taxminan 225-235 tonna, aylanasi 19 m, 
diametri 9 m, balandligi 6 m ga yaqin. ―Sangijumon‖ kabi 
tebranuvchi xarsangtoshlar Zarafshoi tizmasining o‗rta qismida 
borligi ma‘lum, shuningdek, ular yer kurrasining boshqa joylarida 
(masalan, Argentinaning Buenos-Ayres shahriga yaqin joyida) ham 
uchraydi. 
Ko‗pchilik 
bunday 
maskanlar 
turizmda 
keng 
foydalanmoqda. 
Stalaktit, stalagmit va stalagnatlar yer sharidagi ko‗pchilik yer 
osti g‗orlarida uchraydi. Ularning kattaligi, yoshi ham turlichadir. 
Chexiyadagi ba‘zi bir yer osti qasrlari ichidagi stalagmitlar diametri 
0,5 m, balandligi bir necha metr bo‗lib. ularning yoshi 1250 yildan 
ziyodligi aniqlangan. AQSHdagi Karlsbad yer osti qasridagi 
balandligi 18,9 m va diametri 4,9 m stalagmitning yoshi 60 min yil 
ekanligi ma‘lum. Bu qasrda balandligi 21 m va diametri 5 m li, 
yoshi ham katta stalagmit bor. Italiya va Fransiya chegarasidagi 
Margare tog‗larida hosil bo‗lgan g‗orlardagi stalaktitlar balandligi 
50-100 m ga etadi. Avstriyadagi Katerlax g‗orida 2000 dan ortiq 
stalagmit bor. Ayrim yer osti qasrlari ichida havo harorati juda past 
bo‗lib, tomayotgan suv tomchilari bug‗lanmay, muzga aylanadi. 
M.Abdujabborov Zarafshon tog‗larida ana shunday muz g‗orini 
topib, uni «Nuriddin» deb atagan. O‗rta Osiyoning issiq iqlimli 
sharoitida muz g‗orlarining mavjud bo‗lishi kishini ajablantiradi. 


169 
Dengiz sathidan 2500 m balandlikda, qor chizig‗idan deyarli 1000 
m pastda joylashgan bu g‗orning umumiy uzunligi 45 m ga etadi. 
Yoz faslida ham g‗or ichida qor va muz saqlanib turadi. O‗rta 
Osiyodagi yana bir muzli yer osti qasri Zarafshon vodiysining 
yuqori qismida joylashgan Makshevat g‗oridir. Bu g‗or dengiz 
sathidan 3000 m baland (Yer kurrasida eng balanda joylashgan 
g‗orlardan). U murakkab tuzilishga ega bo‗lib, bir qancha yo‗lak va 
zallardan iborat. Zallarning osti va devorlari muz bilan qoplangan. 
G‗orni tekshirgan M. Hoshimovning fikricha, bu yerda muz paydo 
bo‗lishining asosiy sababi uning dengiz sathidan balandda 
joylashganligidir. Haqiqatan ham bu erda qish fasli uzoq davom 
etadi, yog‗ingarchilikning asosiy qismi qor shaklida tushadi, g‗or 
ichkarisida havo harorati doim past. Bu o‗ziga xos mikroiqlim g‗or 
turizmini rivojlantirish uchun qulaydir. Umuman olganda tabiatning 
bunday noyob yodgorliklaridan turizm maqsadlarida foydalanish 
juda katta ahamiyatga egadir. Bizningcha, kelajakda bunday noyob 
ob‘ektlarga ilmiy asoslangan reja asosida geografik va turistik 
ekspeditsiyalar tashkil etish va turistik marshrutlar ishlab chiqish 
kerak. Tabiatning nodir go‗shalari odatda insoniyatdan biroz xoliroq 
xududda joylashganligi uchun ulardan foydalanishda ilmiy 
yondoshgan xolda faqatgina turistik marshrutlar asosida turizmda 
foydalanish zarur deb hisoblaymiz.
Xulosa o‗rnida ta‘kidlash joizki, bizningcha tabiatning noyob 
yodgorliklaridan turizm maqsadida foydalanish uchun quyidagi 
masalalarga e‘tibor qaratish lozimdir: 
- «O‗zbekistonda turizmning milliy modelini» ishlab chiqishda 
tabiatning noyob yodgorliklaridan turizmda foydalanishning ilmiy 
asoslarini ishlab chiqish; 
- hududlardagi noyob yodgorliklar ruyxatini qayta ko‗rib 
chiqish va guruhlashtirish hamda eng noyob va turizmda jozibador 
bo‗lgan ob‘ektlarni turistik marshrutlarga qo‗shish; 
-mamlakatimizda «eng noyob va eng antiqa tabiat yodgorligi» 
nominatsiyasi bo‗yicha turistik aksiya o‗tkazish; 
-tumanlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning istiqbol rejalarini 
ishlab chiqishda qishloq va ovullarda turizm salohiyatini tadqiq 
etish masalasini inobatga olish va boshqalar. 


170 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish