M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)


Janubiy Osiyo subregioni turizmi



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

8.5.Janubiy Osiyo subregioni turizmi 
Janubiy Osiyo subregioni yer sharida aholi eng zich 
yashaydigan hududlar qatoriga kiradi. Bu regionda aholi soni 1,5 
mlrd. kishiga yaqinlashmoqda. Ushbu regionga Afg‗aniston, 
Bangladesh, Hindiston (17,4 mln turist qabul qilgan bo‗lib, u 
subregionda etakchi davlatdir), Butan (274 ming) Nepal (1,173 
ming), Shri-Lanka, Maldiv orollari (1,484 ming), Eron (7,296 
ming)ni o‘z ichiga oladi. 2018 yilda subregionga jami 32,817 ming 
turistlarni qabul qilgan bo‗lib, undan kelgan daromad ko‗rsatkichi 
43,620 mln AQSH dollarini tashkil etgan.


117 
Janubiy Osiyo subregioni turizmi tarixiga nazar tashlasak, bu 
mintaqada turizm juda sekinlik bilan rivojlangan. Masalan, 1970 
yildan 1996 yilgacha, ya‘ni 26 yil davomida xalqaro turizm 20% ga 
o‗sganligi kuzatilgan. 1970 yilda bu mintaqaga 0,9 mln. xorijiy 
turistlar tashrif buyurgan bo‗lsa 1996 yilda 4,5 mln. turistlar tashrif 
buyurgan. 1985-1993 yillarda turistik tashriflar soni o‗sgan bo‗lsa 
ham tushumlar miqdori bo‗yicha pasayish kuzatilgan. 1994 yildan 
boshlab sekinlik bilan bo‗lsa ham o‗sish kuzatilgan. 1996 yil 
Janubiy Osiy mamlakatlariga 4,4 mln. xorijiy turistlar tashrif 
buyurgan. Turizm tushumlari 3.963 mlrd. AQSH dollarini tashkil 
etgan. 
Mazkur subregion 2000 yillarda jahon turizm tashriflarining 
0,76% jahon turizm tushumlarining 0,94%i to‗g‗ri kelgan. Bu 
mintaqada siyosiy barqarorlik, o‗zaro kelishmovchiliklar, turizm 
sohasi bo‗yicha sarmoya siyosatini yaxshi yo‗lga qo‗yilmaganligi 
sababli xalqaro turizm sust darajada rivojlangan.
2002 yilda Janubiy 
Osiyo mintaqasi mamlakatlariga 6,079 mln. xorijiy turistlar tashrif 
buyurgan. 1996 yilga nisbatan o‗sish sur‘atlari 24,4% ni tashkil 
etgan. Jahon bo‗yicha turizm tashriflarining 0,88% Janubiy Osiyo 
mintaqasi mamlakatlariga to‗g‗ri kelgan. Xalqaro turizm tushumlari 
5,367 mlrd.AQSH dollarni tashkil qilgan. Har bir turistik tashrif 
2000 yilda 882 AQSH dollarga to‗g‗ri kelgan.
Janubiy Osiyo 
mintaqasi xorijiy turistlarni o‗ziga jalb qilish bo‗yicha 2002 yilda 
tarixiy ahamiyatga molik muvaffaqiyatlarga erishdi. 2002 yilda 
jahon turizm harakatlari 2,7% ga o‗sishga erishilgan edi. Janubiy 
Osiyo mintaqasida oldingi yilga nisbatan o‗sish sur‘atlari 6,8% ni 
tashkil etdi. Bu yillik o‗sish dunyo bo‗yicha o‗rtacha o‗sishdan 
yuqori ekanligini ko‗rsatadi.
 
Bu regionda xalqaro ahamiyatga molik tadbirlar bo‗lib 
o‗tmagan bo‗lsada. Eron va Hindistonning ekzotik dam olish joylari 
xorijiy turistlarning diqqat e‘tiborini o‗ziga jalb etib kelmoqda. 
 
Mintaqaga nisbatan turizmni rivojlantirish geografik o‘rinda 
joylashgan. Mintaqaning asosiy qismida joylashgan davlatlar 
okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. Faqatgina Butan va Nepal 
quruqlikning 
ichki 
qismida 
joylashgan.Osiyoning 
janubida 
joylashgan 
davlatning 
iqtisodiy 
jihatdan 
yuqori 
darajada 


118 
rivojlanmagan. Shu bois turizm bu mintaqada turizm rivojiga salbiy 
ta‘sir ko‘rsatadi. Mintaqa juda katta maydonni egallaydi. Bu esa 
turizmni rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlarni ochib beradi. 
Bu yerda cho‘l namtropik o‘rmonlari,tog‘ tundra va tog‘ muzliklari 
keng tarqalgan.Himolay tog‘ida dunyoning eng baland cho‘qqisi 
Jamolungma cho‘qqisi (8848m). Bu yerda sport, alpinistik turizmini 
rivojlantirish imkoniyatini beradi.
Maldiv orollari mamlakatning asosiy daromad manba dengizda 
cho‘milib dam olishdan iborat. Hindiston davlati tanishuv, 
sog‗lomlashtirish turizmi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. 
Hindiston buddaviylik dini markazlari sifatida mashhurdir. Islom 
madaniyatiga xos madaniy arxitektura markazlaridan biri Boburiylar 
tomonidan qurilgan Toj-mahal ansambli jahonning etti mo‗jizasi 
sifatida mashhurdir. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish