M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

Indoneziya
ni «ming orollar mamlakati» deb ataydilar. 
Aslini olganda bu ibora bo‗rttirish emas, aksincha, Indoneziya 
l3667 orollarda mujassamlashgan. Orollarning faqat 6044 tasida 
o‗z nomi mavjud va 992 tasida aholi istiqomat qiladi. 
Mamlakatning umumiy maydoni 1,9 mln km
2
. Indoneziya
insoniyatning eng qadimgi markazlaridan biri hisoblanadi. 
Aholisining soni 266 million 357 ming kishi (2018). Poytaxti 
Jakarta shahri. Urbanizatsiya darajasi 35%. 
Indoneziya jahondagi eng yirik islom davlati bo‗lib, 
aholining 84% musulmonlardan iborat. Davlat xazinasiga mablag‗ 
tushirish bo‗yicha turizm sohasi 5- o‗rinda turadi (neft, gaz, 
yog‗och va to‗qimachilik mahsulotlaridan keyin). l980-yillarda 
turizm tez rivojlandi. l992-yili xorijlik mehmonlarning soni 3 
millionga yetdi. Turistlar asosan Singapurdan tashrif buyuradilar. 
Keyingi o‗rinlarda Yaponiya, Malayziya, Avstraliya, Tayvan, 
AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Janubiy 
Koreya mamlakatlari turadi. Ichki turizm nisbatan past 
rivojlangan. Masalan, l99l-yili xorijga 450 ming indoneziyaliklar 
safar qildilar. Indoneziya 2018 yilda 12,948 ming turist qabul 
qilib, undan kelgan daromad 14,110 mln AQSH dollarini tashkil 
etgan 
Tailand
mamlakatning yana bir nomi «Pratet-tay». Umumiy 
maydoni 5l3,l km
2
. Aholisining soni 71 million 37 ming kishi 
(2018). Poytaxti Bangkok shahri. Janubi-Sharqiy Osiyoda 
yevropaliklar orasida eng mashhur mamlakat. Safarlar soni 
bo‗yicha keyingi o‗rinlarni Malayziya, Yaponiya va Tayvan 
egallaydi. Yevropaliklar Tailandga nisbatan uzoq muddatga (o‗rtacha 
9-l4 kun) kelgani bilan birga, kam pul sarflaydilar. Tailand 2018 
yilda 36,483 ming turist qabul qilib, undan kelgan daromad 
63,042 mln AQSH dollarini tashkil etgan 


114 
Malayziya
maydoni 329,7 ming km
2
. Aholisining soni 41 
million 700 ming kishi (2018). Poytaxti Kuala-Lumpur shahri. 
Urbanizatsiya darajasi 54%. Mahalliy turizm bozori birinchi 
navbatda Singapur bilan bog‗liq. Masalan, l99l- yili xorijlik 
mehmonlarning 58,3% aynan shu mamlakatdan tashrif buyurdi. 
Tashrif sonlari bo‗yicha keyingi o‗rinlarda Tailand (9,3%), 
Yaponiya (7,l%), Yevropa mamlakatlari (7%) mintaqalari turadi. 
Oxirgi yillarda Xitoy va Tayvandan kelayotgan sayyohlarning 
soni orta boshladi. Ichki turizm ancha yaxshi rivojlangan. Mahalliy 
aholi asosan Singapurda dam olishni xush ko‗radi. l99l-yili 
Singapurga borgan sayyohlarning soni 9,5 millionga yetdi. 
Shuningdek, 
Tailand 
va 
Indoneziya 
mamlakatlariga 
ham 
malayziyaliklar ko‗p tashrif buyuradilar. Malayziya 2018 yilda 
25,832 ming turist qabul qilib, undan kelgan daromad 19,143 
mln AQSH dollarini tashkil etgan 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish