6.4.Innavatsion menejment
Innovatsion menejment
- bu kompaniyaning yuqori pog’onasidagi rahbariyati
amalga oshiradigan strategik boshqarishning bir yo’nalishidir. Uning maqsadi firmaning
ilmiy texnik va ishlab chiqarish faoliyati asosiy yo’nalishlarini aniqlashdan iborat. Buning
doiraisiga quyidagi masalalar kiradi:
chiqarilayotgan mahsulotni modernizasiyalash va takomillashtirish;
mahsulotning an’anaviy turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirib borish;
eskirgan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash.
Innovatsion faoliyat maqsadi boshqaruv jarayonini aniq vaqt oralig‘ida
shakllantirishdan iboratdir. Tashkilot yoki faoliyat maqsadlari ma’lum vaqt oralig‘ida
o‘zining aniq yo‘nalishiga ega bo‘lishi kerak. Shunday qilib tashkilot maqsadi, bir
tomondan jarayonni baholanishi va prognozi natijasi bo‘lsa ikkinchi tomondan
rejalashtirilgan innovatsion tadbirlarga chegara bo‘lib xizmat qiladi. Shu ikki funksiyaga
amal qilish uchun innovatsiya maqsadini shakllantirish bir qancha talablarga javob berishi
kerak.
Innovatsiya maqsadi aniq shaklga ega bo‘lishi va o‘lchana olishi kerak.
Ular mohiyati bo‘yicha ilmiy yangiliklar ko‘rinishida, texnik ishlanmalar misol
yangi texnikaning ixtiro qilinishi, iqtisodiy oldindan barcha daromad va xarajatlar
inobatga olingan xolda.
Maqsadli innovatsiya kerakli natijalarga erishishi uchun aniq vaqt
bo‘yicha taqsimlanmog‘i lozim. Maqsadlarni vaqt bo‘yicha yo‘nalishi oldinga
qo‘yilgan vazifalarni aniq davrlarga taqsimlagan holda amalga oshirish imkonini
82
beradi, ya’ni bosqichma-bosqich bir tekisda tashkilot rivojlanishining
to‘xtovsizligini ta’minlash imkonini yaratadi.
Innovatsiyalarni rejalashtirish resurs bilan ta’minlanganlik va bozordagi talablarga
mos va xos bo‘lgan innovatsiyaning asosiy yo‘nalishlarini shakillantirishni o‘z ichiga
oladi.
Qismlash ya’ni qanday bizga iqtisodiy nazariyadan ma’lum oddiy ishlab chiqarish
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga aylandi bunga asosiy sabab bo’lib oddiygina
innovatsiya ya’ni vositachining boshqa xududlar talabini o’rganish va o’z taklifi bilan
maxsulot xaridorini ko’paytirishi va talabning ko’payganligi sababli o’sha maxsulotni
ishlab chiqarishga bo’lgan extiyojni oshishi o‘z navbatida ishlab chiqaruvchi maxsulot
ishlab chiqarish tezligini oshirish maqsadida mexnat taqsimotini vujudga keltiradi demak
maxsulotni qismlarga bo‘lib ishlab chiqarish samara berganidek amalga oshirilayotgan
maqsadni g‘oyani xam qismlarga bo‘lgan xolda amalga oshirish talab qilinadi ya’ni har
qanday daraxt bir vaqtning o’zida ko‘karmaganidek g’oya xam birdaniga amalga
oshmaydi va ularni alohida tizim bo‘yicha bo‘limlariga yetkazish:
Innovatsiyani rejalashtirish quyidagilar bilan ta’minlanadi:
realizatsiya qilinayotgan loyihalar xajmini aniqlash;
innovatsion loyiha ishtirokchilari bo‘yicha vazifalarni taqsimlash;
har davrga belgilangan vazifalarni bajarishni ta’minlashni va alohida
ishlarni realizatsiya qilish mudatlarini hamda ketma-ketlikka rioya qilishni,
kerakli resurslar hajmini aniqlash.
Innovatsiyalarni rejalashtirish zaruriyati zamonaviy shartlarda tashkilot
raqobatbardoshligini ta’minlash bilan bog‘liq.
Ular innovatsion loyiha ko‘lamini kengayishi;
Innovatsion jarayonlarning ko‘p variantli va ehtimollik shakllari;
Innovatsion sohada korporatsiyaning kengayishi va
mahsuslashganligining o‘sishi;
Innovatsion faoliyat natijalari evaziga tashkilotning iqtisodiy
majburiyatlari ortishi va xo‘jalik mustaqilligini kengayishi bilan aniqlanadi.
83
Do'stlaringiz bilan baham: |